So’nggi yangiliklar

22:51"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  22 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  1 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  8 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16 17:27Ўзбекистонда футболнинг янги қоидалари кучга киради  10 17:11Расман: "Машъал" Яшинни трансфер қилди  4 16:57Япония U-23 терма жамоасининг Мираброр Усмонов Кубоги учун қайдномаси маълум  2

Vadim Abramovning terma jamoaga qaytishi qanday bo'ldi yoxud raqamlar tilga kirganda Yangiliklar

Vadim Abramovning terma jamoaga qaytishi qanday bo'ldi yoxud raqamlar tilga kirganda

Teglar :  Vadim Abramov
JCH-2022 saralashining ikkinchi bosqichi birinchi turidan o'rin olgan Falastin bilan o'yindagi mag'lubiyatdan so'ng terma jamoa murabbiylik postiga Vadim Abramov tayinlangandi.

Ushbu voqeaga sentyabr oyida roppa-rosa 2 yil to'ladi. Xo'sh, mana shu davrda Vadim Abramov terma jamoa bilan nimaga erisha oldi va qanday natijalar qayd etdi, uning qo'l ostida qaysi futbolchilar debyut qildi? SHu va boshqa statistik malumotlarni etiboringizga havola qilamiz.

Milliy terma jamoamiz argentinalik murabbiydan so'ng Abramov qo'liga o'tgach shu vaqtga qadar 21 ta uchrashuvda ishtirok etdi. SHulardan 7tasi rasmiy o'yin (5ta g'alaba, 2ta mag'lubiyat), 14 tasi o'rtoqlik bahsi hisoblanadi (7ta g'alaba, 7ta mag'lubiyat). Mazkur bellashuvlarda vakillarimiz raqiblar darvozasini 37 bor aniq nishonga olishdi. O'z darvozalaridan 27 ta to'p olib chiqishdi. 

Mana shu davrda Abramovning murabbiylar shtabida Timur Kapadze, Mirko Yelichich, Antonio Sorioglu, Viktor Tishenko, Anvar G'ofurov, Denis Ivankov, Ravshan Haydarov — jami 7 nafar mutaxassis faoliyat olib bordi. 

1. O'zbekiston - Yaman 5:0 (rasmiy)

2. Singapur - O'zbekiston 1:3 (rasmiy)

3. O'zbekiston - Qirg'iziston 3:1 (o'rtoqlik)

4. O'zbekiston  - Saudiya Arabistoni 2:3 (rasmiy)

5. O'zbekiston - Falastin 2:0 (rasmiy)

6. Belarus - O'zbekiston 1:0 (o'rtoqlik)

7. O'zbekiston - Tojikiston 2:1 (o'rtoqlik)

8. O'zbekiston - Eron 1:2 (o'rtoqlik)

9. BAA - O'zbekiston 1:2 (o'rtoqlik)

10. Iroq - O'zbekiston 2:1 (o'rtoqlik)

11. Suriya  -  O'zbekiston 1-0 (o'rtoqlik)

12. "Zenit" - O'zbekiston 4:0 (o'rtoqlik)

13. O'zbekiston - Iordaniya 2:0 (o'rtoqlik)

14. "SHaxtyor" - O'zbekiston 3:0 (o'rtoqlik)

15. O'zbekiston - Gana 2:1 (o'rtoqlik)

16. O'zbekiston - Iroq 0:1 (o'rtoqlik)

17. O'zbekiston - Turkmaniston 2:1 (o'rtoqlik)

18. Tailand - O'zbekiston 1:4 (o'rtoqlik)

19. O'zbekiston - Singapur 5:0 (rasmiy)

20. Yaman - O'zbekiston 0:1 (rasmiy)

21. Saudiya Arabistoni - O'zbekiston 3:0 (rasmiy)


Vadim Abramov boshchiligida terma jamoada 2 yil ichida quyidagi futbolchilar debyut qildi: Igor Golban, Sanjar Qodirqulov, Farrux Ikromov, Abduvohid Nematov, Abror Ismoilov, Umar Eshmurodov, Akmal Mozgavoy, Husniddin Aliqulov, SHahzod Ubaydullaev, Nurillo To'xtasinov, Xojimat Erkinov, Oybek Bozorov, Iskandar SHoyqulov, Ibrohimhalil Yo'ldoshev, Mirjahon Mirahmadov, Javohir Ilyosov, Jasur Jaloliddinov, Humoyun Murtazoev, SHohruz Norxonov, SHarof Muhiddinov. 

Abdulaziz Iskandarov tayyorladi

Reyting: -45   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика