Vadim Abramov: "Terma jamoamizning g'alabasidan xursandman"
10 sen 2015 10:45
Yangiliklar


Vadim Abramov: "Terma jamoamizning g'alabasidan xursandman"
- Mashg'ulot o'tkazganimiz bois Filippin - O'zbekiston uchrashuvini jonli ko'ra olmadim. Ammo o'yinni takroran tomosha qilib jamoamizning yirik g'alabasidan xursand bo'ldim, - deydi Vadim Abramov.
- Yaman bilan o'yinda terma jamoamiz yomon harakat qilgani yo'q. Faqat shu kuni futbolchilarning o'yini u qadar qovushmadi. Terma jamoada yangi murabbiy ish boshladi va futbolchilar uning o'yin uslubiga moslashishlari uchun biroz vaqt kerak edi. SHu bois Yaman bilan bellashuvda vakillarimizga nima etishmaganini aytishim qiyin. Filippinda terma jamoamiz yaxshi o'yin namoyish etdi. Keyingi uchrashuvlarni jamoamiz qanday o'tkazishini vaqt ko'rsatadi, - deydi "Lokomotiv" klubi bosh murabbiyi "Futbol Ekspress" gazetasiga bergan intervyusi chog'ida.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar