So’nggi yangiliklar

15:34Мўмин Мелиев Ўзбекистонга қайтди  2 15:08"Барселона" "Ливерпул"нинг трансфер нишонини мерсисайдликлар бурни остидан тортиб олди  0 15:00Суперлига. Плей-офф: "Қўқон-1912" — "Хоразм" 0:1, "Машъал" – "Бухоро" 0:0 (онлайн натижа)  11 14:32Даврон Файзиев: "Аргентина, Англия, Гана ёки Сенегал билан бир гуруҳга тушишимизни хоҳлайман"  8 13:46Равшан Ҳайдаров: "Ўзбекистон Жаҳон чемпионатида майдонга шунчаки тўп тепиш учун чиқмайди"  1 13:18Кападзе икки шогирдини "Навбаҳор"га жалб этмоқчи  16 12:51Виталий Денисов: "Кўпроқ топ-терма жамоа бўлишини истардим. Бразилия дейсизми, Франция дейсизми. Фарқи йўқ"  5 12:25Александр Гейнрих: "Қуръада тўртинчи саватчадан Гаити ёки Кюрасаони кутиб қоламиз"  14 12:03Бахтиёр Ашурматов: "Қуръа яхши келса, гуруҳдан чиқиш имкониятимиз янада ортади"  4 11:38TVCOM'да бугунги тақвим: ЖЧ-2026 қуръаси, ўтиш ўйини ва бошқалар  0 11:30Бугун ЖЧ-2026 қуръаси. Ўзбекистонга кимлар рақиб бўлади?  34 11:05Мавсум якунлари туркумидан. Суперлиганинг энг яхши дарвозабони ким бўлди?  0 10:42Расман. "Арсенал" 16 ёшли эгизак футболчиларни трансфер қилди  2 10:15"Шўртан" футболчиси "Бухоро"га ўтмоқда  1 10:01Фабио Каннаваро қуръа ҳақида қисқа фикр билдирди  8

Vadim Abramov: "Nega hakam bizning o'yinchini haqorat qiladi?" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Nega hakam bizning o'yinchini haqorat qiladi?"

Soca Cola O'zbekiston Kubogining chorak finalidan o'rin olgan So'g'diyona - Bunyodkor (1:2) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Vadim Abramov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

- Fikrimcha, bugun muxlislarga yoqadigan uchrashuv bo'ldi. Murabbiylar esa, asabiylashishdi. Avvaliga o'zimizning xato sababli gol o'tkazib ahvolimizni qiyinlashtirdik, lekin keyin vaziyatni o'nglay oldik. 

Meni tushunmaganim shuki, To'raevga nima sababdan ikkinchi sariq kartochka bilan qizil ko'rsatildi? Bizning foydamizga jarima to'pi belgilanib, bizning o'yinchiga qizil kartochka ko'rsatilyapti. Bu nima? Futbolga yangi qoida kiritilganu, men bilmaymanmi? 

O'zi To'raevning birinchi sarig'i nima sababdan ko'rsatilganini ham tushunmadim?! Raqib o'yinchisi bizning futbolchiga qo'pollik ishlatyapti, hakam har ikkala o'yinchiga ham sariq kartochka ko'rsatyapti. Jabrlanuvchi sariq kartochka olishi ham futbolning yangi qoidasimi? Qizig'i, To'raev hakamga shu vaziyatni tushuntirmoqchi bo'lgani uchun sariq kartochka oldi. 

Yana bir gap: hakamga futbolchini haqorat qilishga kim ruxsat bergan? Nega hakam bizning o'yinchini haqorat qiladi? Bu nima degan gap? Yaqinda hakamlar haqida iliq fikrlar bildirgandim, shundan beri hammasi biz uchun teskari ketyapti. SHuni umuman tushunmayapman!?

Reyting: +81   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика