"Al Ittihod" Benzemaga yangi shartnoma taklif qilmadi
10 dek 2025 22:15
Yangiliklar
"Al Ittihod" Benzemaga yangi shartnoma taklif qilmadi
Avvalroq, klub futbolchi bilan yangi shartnoma imzolagani aytilgandi.
"Al Ittihod"ning 37 yoshli hujumchisi Karim Benzema Saudiya Arabistoni klubi bilan shartnomasini uzaytirmadi. Bu haqda Footmercato xabar bermoqda. Amaldagi shartnoma 2026 yil iyun oyigacha mo'ljallangan.
Manba malumotlariga ko'ra, shartnomani uzaytirish haqidagi mish-mishlarga qaramay, futbolchi hali o'z klubidan rasmiy taklif olmagan. Joriy mavsumda Benzema barcha musobaqalarda 12 ta o'yinda ishtirok etib, 11 ta gol urdi. Hujumchi 2023 yildan beri "Al Ittihod" safida to'p surmoqda. U "Real" bilan shartnomasi tugaganidan so'ng yangi jamoaga erkin agent sifatida qo'shilgan edi. Transfermarkt portali malumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 7 million evroni tashkil etadi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar