So’nggi yangiliklar

02:57Ла Лига. "Барселона" "Сельта"га қарши ўйинда сўнгги дақиқаларда иккита гол ўтказиб, ғалабани қўлдан чиқарди  55 02:06"Челси" 100 миллионлик форвардни харид қилмоқчи?!  2 00:29А Серия. "Милан" ва "Ювентус" ўртасидаги ўйин нурсиз дуранг билан якунланди  9 00:26АПЛ. "Манчестер Сити" ўз уйида "Тоттенхэм"га йирик ҳисобда таслим бўлди  26 23:11Битта гол урилган Тошкентдаги "Олимпик" — "Бунёдкор" ўйинидан ФОТОГАЛЕРЕЯ  0 23:00Франция чемпионати. "Ланс" Ҳусановсиз ўз уйида "Марсель"дан учта тўп ўтказиб, мағлуб бўлди  7 22:49Моуринью "Реал" собиқ ўйинчисини нишонга олди  2 22:11АПЛ. "Арсенал"дан йирик ғалаба, лондонликларнинг сўнгги голини ўтган йили Ўзбекистонга қарши баҳсда ҳаракат қилган 17 ёшли ўйинчи урди  9 22:06Бундеслига. "Байер" 0:2ни 5:2 қилди, "Боруссия Дортмунд"дан жавобсиз 4та тўп, "Хоффенхайм" — "Лейпциг" ўйинида 7та гол  0 22:00Суперлига. Экстра-тайм: жорий мавсум узоқ давом этган ўйинлар  0 20:57А Серия. "Интер" "Верона"га қарши ўйин тақдирини биринчи бўлимнинг ўзида ҳал қилди  0 20:40Вадим Абрамов: "Барча голларни қарши ҳужумлар туфайли ўтказиб юбордик, ўйин учун режамиз умуман бошқача эди"  3 20:27Александр Хомяков: "Раҳбарият янги мутахассис излаётган экан, демак улар мендан мамнун эмас"  8 19:44"Арсенал" - "Ноттингем Форест". Таркиблар билан танишинг  0 19:35"Челси" ғалаба қозонди ва жадвалда 3-ўринга чиқиб олди  2

Vadim Abramov: “Meni ruhshunos deganlar adashadi, men futbolni tushunaman!” (1-qism) Yangiliklar

Vadim Abramov: “Meni ruhshunos deganlar adashadi, men futbolni tushunaman!” (1-qism)

“Kecha, Bugun, Ertaga” loyihasining bu safargi mehmoni, siz kutgan mutaxassis – Vadim Abramov bo'ldi.
Uzoq vaqt davomida OAV bilan jonli muloqotga kirishmagan MTJning sobiq bosh murabbiyi, "CA" mehmoni bo'ldi. Baxtiyor Boboev bilan bo'lgani kabi avvalo Vadim Karlenovichning biz bilgan kungacha hayotini tingladik.

“Men Ozarbayjonda oddiy oilada tavallud topdim. Otam ham futbolga juda qiziqqanligi bois o'zi ham to'p tepardi. Sobiq Ittifoq CHexoslavakiyani egallaganidan keyin u harbiy xizmatni o'sha erda o'tagan. Harbiy xizmatni Ukrainada davom ettirayotganida mahalliy jamoaga taklif qilishgan. U "Tomer" jamoasi to'purari bo'lgan. Harbiy xizmat vaqti yakuniga etishiga qaramay, futbolni deb ortga qaytmagan. Undan xavotirga tushgan buvim, Sobiq ittifoqning o'sha davrdagi harbiy kuchlar raisi bo'lgan Jukovga xat yozadi va otamni orqaga qaytarishadi. Uyga kelgan otamga Ukrainaga qaytib ketishga ruxsat berishmadi. Katta farzand bo'lganligi uchun oilaga yordam berishi kerak edi. Keyin u zavodda ishlay boshladi. Bobom urushdan jarohat bilan qaytganligi uchun otam 14 yoshidanoq zavodda ishlagan. Umri davomida xizmat daftarchasida faqat bitta joy qayd etilganligi bilan doimo faxrlanib yurardi”.

“Onam rus millatiga mansub, tabiiyki otam arman. Ularning ikkisi ham Bokuda tavallud topishgan. Qizig'i ular Celenoda (hozirgi Astana hududi yaqinida joylashgan) tanishishgan. 1962 yilning 5 avgustida men tavallud topdim. 8 yoshimda onamdan futbol maktabiga olib borishlarini so'ragandim. Bokuning "Neftchi" jamoasiga olib borishdi. Eduard Oganesov Grigorievich qo'l ostida "Neftchi-2" jamoasi safida futbolning dastlabki sir-asrorlarini o'rgana boshladim. 1976 yil Ozarbayjon o'smirlar terma jamoasi safidan joy oldim va 1979 yilgacha o'smir va yoshlar terma jamoalarida mamlakat sharafini himoya qildim. Terma jamoaning sardori edim. 5 avgustda tavallud topganim uchun 1963 yilda tavallud topgan terma jamoa sharafini ham himoya qilish imkoniyatiga ega edim”.



“Terma jamoa safida "Nadejda" Kubogida o'ynaganimda "Tavriya" bosh murabbiyi Anatoliy Zayaev men jamoasiga taklif qildi. Bokuga qaytganimdan keyin harbiy xizmatga yo'l olib, Boku harbiy kuchlari jamoasida to'p tepishim mumkin edi. Otam bilan maslahatlashib Simferopolga borishga qaror qildim. Ammo Zayaev Atlantika (Sevastopol, bugungi "CHayka") jamoasiga ketdi. Bu jamoa ikkinchi ligada ishtirok etardi. Zayaev meni u erga olib ketdi. U paytda ikkinchi ligada bitta yosh futbolchi maydonga tushishi kerak edi. Mening yoshligim Zayaevga qo'l keldi. Mavsum boshida g'alati bir jarohatga yo'liqdim. O'zimni yaxshi xis qilardim-u, ammo ko'p o'ynamay oyog'imda og'riq turardi”.

“SHikoforlar ham bunga aniqlik kirita olmadilar. Murabbiy esa meni o'ylab topyapti degan fikrga ham keldi. Xullas, mavsum yakuniga etdi. Aslida men bu paytda harbiy xizmatga borishim kerak edi. Mahalliy qismni ogohlantirmay boshqa shaharga ketayotganimda, bu erda institutga kirishni maqsad qilgan edim. Sababi institut talabani harbiy xizmatdan ozod etardi. Ammo o'yin bilan bo'lib o'qishga vaqt bo'lgani yo'q. Mavsum tugagach, harbiy xizmatga borishga qaror qilib Odessaga uchdim. U erda SK "Odessa" safidan o'rin olishni rejalashtirgan edim. Jamoa safida aka-uka Malovlar harakat qilardi. Jamoa bosh murabbiyiga mening kelishim haqida xabar berishgan edi. CHempionat boshlanib ulgurganligi uchun "SK Odessa" safar o'yiniga ketishi kerak bo'lgan. 1-ligada jamoa safarda ketma-ket ikkita o'yin o'tkazib qaytardi”.

“Men esa hali tarkib azosi emasman. Bazada qolay desam, baza bir o'zim uchun ishlamaydi. SHunda jamoa boshlig'i meni sport rotaga joylab ketdi. Ertasi kuni rotada kichik janjal chiqdi. Men yaxshisi jamoa qaytgunicha Bokuga borib kelaman dedim-da, uyga ketdim. Bokuga qaytganimdan keyin "SK Boku"ga borishni maqul ko'rdim. Jamoa rahbarlari menga qaydnoma bilan kelishimni aytishdi. Qaydnomani esa tuman harbiy xizmatining tuman bo'limidan olishim lozim. U erda meni necha yillardan beri kutib turishgan edi (kuladi). Meni tibbiy ko'rikdan o'tish uchun olib qolishdi. Sog'ligim joyida. Keyin o'zim haqida so'ray boshladilar. Oilam, ota-onam. Ularning barcha savollariga qoniqarli javob berdim va meni so'roq qilgan harbiy "afsuski, siz bizning talabimizga ko'ra, Afg'onistoga ketadigan ro'yxatga to'liq to'g'ri kelasiz", dedi”.

“SHunday qilib 1981 yil 100 nafar askar bilan Qobulga uchdim. Urush 1979 yil boshlangan, men borgan davr esa urush ancha qizigan yillar edi. Ikki yil davomida harbiy xizmatni o'tadim. Katta-kichik ordenlarni qo'lga kiritdim. Uyga qaytganimda 85 kg vaznga ega edim. Futbol o'ynagim keldi va yana Zayaevning oldiga bordim. Harbiy xizmat davomida bir marotaba Toshkentga kelgandim. O'shandayoq menga O'zbekiston yoqib qolgan. SHuning uchun o'zimga O'zbekistondan jamoa qidira boshladim. Tanishim orqali Evgeniy Valickiy bilan bog'landim. 1984 yil unga qo'ng'iroq qildim. U kishi "Narimonov" jamoasi bosh murabbiyi edi. Menga "O'zbekiston" mehmonxonasiga kelishimni aytdi. Toshkentga dam olgani kelganimda, Toshkent viloyatida "Narimonov" degan taxtachani ko'rgandim. SHuning uchun jamoa Toshkentda faoliyat olib boradi deb o'yladim”.



“Mehmonxonaga keldim, maoshim ham zo'r edi. Bunday maoshni oliy liga futbolchilari olishmasdi. Jamoaning "Ikarus" rusumdagi avtobusi bor edi. Toshkentga tashrif buyurgan kunimning ertasiga mashg'ulotga borish uchun ko'chaga chiqsam, avtobusimizni o'g'irlab ketishibdi (kuladi). Keyin uni CHinozdan topib kelishdi. O'g'rilar CHinozgacha haydab borib, u erda avtobus ichidagi qimmatbaho narsalarni echib olishgan ekan. SHundan keyin haydovchimiz tunni ham avtobusda o'tkazadigan bo'ldi. Debyutim "Celinograd" jamoasiga qarshi bo'ldi. Ular Qozog'istonda birinchi o'rinni olgan edilar. Biz 2:0 hisobida g'alaba qozondik. Balki ishonmaysiz, Evgeniy Borisovich hayotlar, o'zidan so'rab olishingiz mumkin. O'sha yili meni "Paxtakor"ga chaqirishdi. SHunda murabbiyim "Vadim, bilasanmi, to'g'ri "Paxtakor" oliy liga jamoasi, lekin sen bizda 500 so'm maosh olasan, mukofot pulimiz ham bor. "Paxtakor"ga borsang 160 so'm. Farqini ko'ryapsanmi?", - dedi”.

“SHu tariqa "Paxtakor"ga borganim yo'q. Toshkentdagi mashg'ulotlar yakuniga etdi. Avtobusga chiqib yo'l yuryapmiz, yo'l yursak ham mo'l yuryapmiz (kuladi), ammo manzil ko'rinmaydi. Jamoadoshimdan yana qancha yuramiz desam, tunni ham avtobusda o'tkazishimizni aytdi. Men shundan keyin bildim-ki, "Narimonov" Xorazm jamoasi ekan. SHu tariqa 1984 yilni "Narimonov"da o'tkazdim. Bir yil o'tib Valickiy o'rniga Pshenichnikov keldi. Men esa Tojikistonning "Leninobod" jamoasiga bordim. Pshenichnikov "Narimonov"da yordamim tegishini aytdi, ammo 1-turdan keyin menga ketishimni aytdi. Afsuski, endi biron jamoada o'ynashim mumkin emasdi. SHuning uchun yanada quyiroq ligada o'ynashga majbur bo'ldim”.

“SHu tariqa Aktobedagi mahalliy jamoa safidan joy oldim. Keyin "Sohibkor"ga keldim. Bu paytda jamoani Grigoriy Ceytlin boshqarardi. Aynan uning qo'lida men futbolchilik faoliyatimga yakun yasadim. "Paxtakor"ning o'sha yillardagi jamoa boshlig'i bo'lib faoliyat olib borgan Sergey Docenko meni klubga chaqirdi. 1987 yil "Paxtakor" birinchilardan bo'lib professional klub maqomini oldi. Endi jamoa o'zini-o'zi taminlashi kerak edi. Docenko prezident, men vice-prezident lavozimiga tayinlandim. Pul ishlab topish uchun biz O'zbekistonning turli hududlarida turnir tashkil etib, u erga Sobiq ittifoqning turli jaomalarini taklif etdik. U paytlar hozirdagidek Turkiyaga hech kim bormasdi. Jamoalar uchun esa O'zbekistonning iqlimi ayni muddao bo'ldi. O'sha yili klub ishlagan pulni bugunga "chaqadigan" bo'lsak, 1 million AQSH dollariga teng edi. SHu erda bitta muammoga duch keldik. Garchand pulni o'zimiz ishlab topsak-da, prezident va vice-prezident katta maosh hamda mukofot puli ololmasdilar”.



“SHunda men mamurlik lavozimiga o'tdim. Bugun ko'pchilik o'ylaganidek, men o'sha paytlar formalarni yuvmasdim. Ularni yuvdirishga aqlim etardi. Mamurni ishi keng edi. Barcha tashkiliy ishlar, jamoani safarga yuborish va kutib olish. Xuddiki, bugungi menejerning vakolati. Ishim qiziq edi. O'zimga ham yoqardi. "Paxtakor" oliy ligaga chiqqanidan keyin meni Yuriy Vazgenovich "Neftchi"ga chaqirdi. U erda selekciya bo'yicha murabbiy etib tayinlangan bo'lsam-da, boshqa ishlarni ham bajardim. 4 yil davomida mustaqil O'zbekiston oliy ligasida chempionlikni qo'lga kiritdik. Keyin esa futboldagi faoliyatimda tanaffus paydo bo'ldi. O'zimning shaxsiy biznesimni boshlab yubordim”.

- "Neftchi"da Nematullo Quttiboev va Andrey Fyodorov uzoq muddatga futboldan chetlatilgan edilar. Aynan shu yili Siz Farg'onada faoliyat olib borgansiz. Mana shu davrni eslasak...
- OFK o'shanda bizning futbolchilarga nisbatan adolatsizlik qilgandi. U paytlarda OFKning tajribasi ham katta emas edi. OFKning yangi azolari bo'lgan O'zbekiston va Qozog'iston futbolni tushunish va o'ynash borasida ulardan bir kalla ustun turardi. Ammo ular bizni nazarga ilmay boshladilar. Bir safar O'zbekistondagi o'yinga anchagina ortiqcha vaznga ega bo'lgan BAAdan hakam kelgan. 1994 yili "Neftchi" Osiyo CHempionlari Kubogi saralash musobaqasining birinchi bosqichida "Elimay" klubiga qarshi bahs olib borishi kerak edi. Bu juftlik g'olibi "Al Nasr" bilan o'ynashi kerak bo'lgan. Hali qozoqlar bilan o'ynamay turib, bizga "Al Nasr" vakili mehmon bo'lib kelgan va keyingi bosqichdagi ikkita o'yinni ham Ar Riyodda o'tkazish taklifi bilan chiqdi. Buning uchun ular barcha sharoitlarni muhayyo qilishlari, hattoki charter reys tashkil qilib berishga vada berishdi. Ammo "Neftchi" bunga rozi bo'lmagan. Biz uchun o'z maydonimizda muxlislarning tutgan o'rni katta bo'ldi. "Al Nasr" vakilidan nima uchun bizga murojaat qilyapsizlar, hali o'yin bo'lmagan bo'lsa, balki "Elimay" keyingi bosqichga chiqishi mumkin degan savolimizga, ular "Neftchi"ni keyingi raundga chiqishiga shubha qilmayotganliklarini aytishdi. Keyin bilsak, ular xuddi shunday taklif bilan Qozog'istonga ham borgan ekanlar.

"Elimay"ni o'z maydonimizda 3:1 hisobda mag'lubiyatga uchratdik. Javob uchrashuvida tojikistonlik hakam o'yinni “buzib” yubordi. Asosiy daqiqa 3:1 hisobida yakuniga etdi. Qo'shimcha daqiqada esa penalti o'ylab topildi. Bundan g'azabga kelgan futbolchilarimiz, Quttiboev va Fyodorov hakamni urib, nokdaun holatiga tushirdilar. Keyin maydonda janjal chiqdi. Ko'p o'tmay bu ikki futbolchimizni 2 yildan 3 yilgacha futboldan chetlatishdi. SHunda men o'yin kassetasini olib OFK general sekretari Peter Velappan bilan uchrashdim. Ammo u o'yin kassetasini ko'rishni istamadi, uchrashuv komissarining arizasining o'zi etishini aytdi. SHu tariqa futbolchilarimiz uzoq muddatga safdan chiqdilar”.



- Keyin kasbingizda tanaffus bo'ldi va bir necha yil o'tib "NBU-Osiyo" jamoasida faoliyatingizni tikladingiz?

- Tanishlarim bilan hamkorlikda jamoa tuzishga muvaffaq bo'ldik. Ikkinchi ligada muvaffaqiyat qozondik va birinchi ligaga chiqdik. Jamoa yomon emasdi. Idiatulin, Solomin, Navkarov va Ayzatulov katta futboldagi dastlabki qadamlarini "NBU-Osiyo" orqali boshladilar. Toshkentda juda ko'p istedodlar bor, faqat ular hech kimga kerak emasdek. Aniqrog'i, ularni tanlab olish qiyindek. Bu futbolchilar klub ochilganligi haqidagi xabarni eshitib, bizni topib kelishgan. Keyinchalik barchasi oliy ligada o'ynab ketishdi.

- Keyin "Traktor"...

- "Traktor" oliy ligadan chiqib ketishga yaqin turgan paytda meni jamoaga taklif etishdi. SHu tariqa ancha yil davomida hayotim shu klub bilan bog'landi.

- Bugungi kun futbolida biron narsani o'ylab topish shart emas. Barcha "ixtirolar" qilinib bo'lingan, faqatgina ish to'g'ri yo'lga qo'yilsa bo'lgani. Sizning qo'l ostingizda MTJ "Barselona" uslubida to'p tepdi, lekin hamma ham bilmaydi, o'z paytida "Traktor" Londonning "Arsenal" jamoasi uslubidan foydalanar edi. O'sha yillari "Arsenal" Evropaning eng kuchli klublari qatoridan joy olardi. SHaxsan o'zimga "Traktor" g'alaba qozonadimi yoki yo'q, mazza qilib futbol ko'rardim...
- Ko'rganmisiz yoki yo'q "NBU-Osiyo" ham "Traktor"ga o'xshab o'ynar edi. Men ishimni bu erda davom ettirdim. 2003 yilni ikkinchi davrasida "Traktor"ga keldim. Ko'plab futbolchilar jamoani tark etishni istashdi. Men bolalarni yig'dim-da, kim jamoada qolishni istasa xursand bo'lishimni aytdim, xolos. Avvaldan hamma bilardi, "Traktor"da pul yo'q. Jamoa bilan xayrlashishni istaganlarni bepul qo'yib yuborishimni aytdim. Ketadiganlar ketishdi.

- Jamoani tark etgan futbolchilar keyinchalik o'z o'rinlarni topib ketishdimi, sir bo'lmasa o'sha futbolchilar kim edi?

- Buning hech qanday siri yo'q. Bular - G'ulom Halimtoev va Akmal Risqullaev. Risqullaev bilan qiziq holat yuz bergan. Risqullaev 2000 AQSH dollari miqdorida ko'tarma puli berishga vada qilinganligini eslatdi. SHu kungacha u 3ta gol urgan edi. Agar mavsum yakuniga qadar 10ta to'p ursa, 10 000 AQSH dollari berishimni aytdim, rozi bo'lmagach 5ta golga tushdim. U "Dinamo"ga o'tdi. Qizig'i shunda-ki, "Dinamo" - "Traktor" uchrashuvida biz 1:0 hisobida yutqazdik, yagona golni o'sha o'yinda Risqullaev kiritdi. Mavsum davomida u jami 6ta gol urdi va keyinchalik himoyachi ampluasida harakat qila boshladi.



- Uslubingizdan kelib chiqib shuni aytishim mumkinki, siz uchun futbolchining yoshi ahamiyat kasb etmaydi. 2006 yil "Traktor"da Oybek Qilichev 17 yoshida debyut qilib, deyarli barcha o'yinlarda maydonga tushardi. No'mon Hasanov esa ikkinchi yoshligini aynan sizning qo'l ostingizda o'tgazgan. 2007 yil u 36 yosh edi.

- Gap pasportdagi yoshda emas, uning istedodida. Murabbiyning istedodi esa futbolchini ko'ra bilishda. Masalan, siz o'z gavdangizdan kelib chiqib, ming mashg'ulot qilmang 3-4 smga o'sa olasiz. Tabiatni aldab bo'lmaydi. Har bir insonning o'z yuqori cho'qqisi bo'ladi. CHo'qqidan yuqorisini esa talab qilib bo'lmaydi. Biz futbolchilik faoliyatini tugatishni istayotgan Hasanovni juda katta summaga "SHo'rtan"ga sotganmiz. Meni asosiy mijozim "Paxtakor" edi, ularda ko'plab futbolchilar bo'lsa-da, doimiy ravishda "Traktor"dan futbolchi sotib olishardi.

- "Traktor" futbolchilar uchun tramplin vazifasini bajarardi...

- Birovga kerak bo'lmay qolgan futbolchilar "Traktor"ga kelishardi. Qishki mashg'ulotlarda 100dan ortiq futbolchilar sinovimizdan o'tardilar. Bir kunda "Traktor" uchtagacha o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazardi. Bazilar kulardi.

- Aslida bunday o'yinchilar yuz emas, minglab. Afsuski murabbiylarimiz ko'rishmaydi...
- Bo'lmasam-chi? Futbol - bu jamoaviy o'yin. Agar siz o'yinni to'g'ri yo'lga qo'ya olsangiz, tarkibdagi ikki nafar o'ynashni bilmaydigan futbolchi ham umumjamoa ichida ko'rinmay ketadi. O'z paytida bir nechta chempion jamoalarning safida ham zo'r bo'lmagan o'yinchilar bo'lgan.

Davomi bor...

Nodirxo'ja Yuldashev suhbatlashdi.
Foto: Tolibjon Qosimov.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика