So’nggi yangiliklar

13:50Энрике: "Ҳайратланарли томоша кўргингиз келса "Дю Солей Цирки"га боринг"  0 13:426+4+3. Кузги имтиҳондан яхши ўтдик  2 13:16Родри Пеп ва Симеоне ўртасидаги фарқни айтди  0 12:11"Реал" 11 ойдан бери "Бернабеу"да 15 млн. евро даромад келтириши кутилаётган бар-ресторанни очолмаяпти  0 11:39Пети: "Анчелотти ва яна бир неча футболчилар Мбаппе "Реал"га ўтишини хоҳламаганига ишончим комил"  14 10:54Аморимнинг МЮдаги илк трансфери бразилиялик футболчи бўлиши мумкин  1 10:20Кейн Холландга тегишли бўлган Бундеслига рекордини янгилади  2 09:47Лунин А Серияга кўчиб ўтиши мумкин  1 09:11Goal мундиал фаворитлари рўйхатини янгилади. ТОП-10да ўзгаришлар бор  6 08:45Аморим «Манчестер Юнайтед»да нималарни ўзгартириш кераклигини айтди  1 08:18Sofascore. «Ал Ваҳда» дуранг ўйнади. Ҳожимат Эркиновнинг ҳаракатлари неча баҳога лойиқ кўрилди?  3 07:46Суперлига. Бугун турнинг қизиқарли баҳсига гувоҳ бўламиз  5 03:00Франция. ПСЖ "Тулуза" дарвозасига 3та гол урди  0 03:00Бундеслига. "Бавария" йирик ғалабага эришди, Кейндан хет-трик  1 01:47Арне Слот: "Гвардиоланинг қолишидан хурсанд бўлдим"  0

Vadim Abramov: "Ketishimni istashgan ekan, buni ortiqcha muhokama qilmadim" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Ketishimni istashgan ekan, buni ortiqcha muhokama qilmadim"

Oliy liganing 25-turi doirasidagi “Qo'qon-1912” – “Lokomotiv” uchrashuvi (2:2)dan so'ng “temiryo'lchilar” rahbariyati jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramovni istefoga chiqardi.

CHempionlik uchun kurashayotgan jamoaning Qo'qonda qoqilishi klub rahbariyatining sabr kosasini toshirdi. Garchi, o'yinda 2:0 hisobida oldinda borishayotgan bo'lsada, “Lokomotiv” futbolchilari bu ustunlikni final hushtagi yangraguniga qadar saqlab qola olmadilar. Natijada, o'yinning ertasi kuni navbatdan tashqari yig'ilish o'tkazilib, bosh murabbiy Vadim Abramovga chiqish eshiklari ko'rsatildi. Vadim Karlenovich bilan birga uning yordamchisi Marat Miftaxutdinov ham jamoani tark etdi. G'alvir suvdan ko'tariladigan paytda har bir ochkoning qiymati oltindan ham qimmatlashib ketadi. SHuni inobatga olgan “Lokomotiv” rahbariyati Qo'qondagi durangni hazm qila olmadi. Biz Vadim Abramovdan ayni mavzuda intervyu oldik.

- Vadim Karlenovich, Qo'qondagi o'yinda hisobda oldinda bora turib, yakunda g'alabani qo'ldan chiqardinglar. Bunga hotirjamlikka berilish sabab bo'ldimi?
- Bilasizmi, hisob 2:0 ko'rinishiga kelganidan keyin ham mezbonlar darvozasini ishg'ol qilishimiz kerak edi. Buning uchun imkoniyatlar ham yuzaga kelgandi. Afsuski, vaziyatlardan foydalana olmaslik bizga pand berdi. O'yinning 70-daqiqasidan keyin yigitlar hotirjamlikka berilishdi va buning natijasidan o'z darvozamizdan ikkita to'p olib chiqdik. SHu kuni mag'lubiyatga ham uchrashimiz mumkin edi. Yaxshiyam, maydon egalari yuzaga keltirgan havfli vaziyatlarini golga aylantira olishmadi.


- Bu natijada sizning aybingiz ko'proq bo'ldimi yoki 2:0 hisobidan havolanib ketib, hotirjamlikka berilgan futbolchilaringiznimi?
- Har qanday holatda ham natijaga murabbiy javobgar bo'ladi. Bu futbol qonuni. Lekin umumiy olib qaraydigan bo'lsak, safarda durang qayd etish bu fojeali natija emas. Jahon futboliga etibor qarating. Londonning “CHelsi” klubi mavsumni qanday boshladi va davom ettiryapti. Turnir jadvalining quyi pog'onalarida bormoqda. “Milan” klubi qanday kunlarni boshidan o'tkazyapti. Franciya chempionatiga nazar tashlang, grand jamoalarni qaysi o'rinlarda borishyapti. “PSJ” bunga kirmaydi. Futbolda bunday holatlar bo'lib turadi. “Qo'qon-1912” jamoasi ham “sovg'a” emas. Yaxshi shakllangan jamoa. Stadion to'la muxlislari jamoani qo'llab-quvvatlab, futbolchilarning faqat oldinga intilishini taminlayapti.

- Istefoga chiqarilganingiz haqidagi malumotni qaerdan eshitdingiz?
- Klub rahbariyatidan istefoga chiqishimiz haqida ariza yozishimni so'rashdi. O'yinning ertasi kuni majlis bo'lib o'tgan. O'sha majlisda bu masala hal etilgan. Jamoa rahbarlari murabbiylikdan ketishimni istash ekan, buni ortiqcha muhokama qilmadim. Men bilan birga katta murabbiy Marat Miftaxutdinov ham “Lokomotiv”dan ketdi. Endi boshqa tomondan olib qarasak, chempionlik uchun bizda hali imkoniyat bor edi. “Paxtakor”ni oldinda “Bunyodkor”, “Nasaf” jamoalariga qarshi safarda o'tkaziladigan o'yinlar kutib turgandi. CHempion jamoaning bu o'yinlarda ochko yo'qotishi mumkinligini inobatga olsak, bizda hali hech narsa yo'qotilmagan edi. Kurash oxirigacha davom etardi. O'zbekiston kubogi finalida mag'lubiyatga uchragan “Bunyodkor” chempionatda kuchli uchlikdan joy olishi evaziga OCHLda qatnashishi mumkin. Ularda hali bu imkoniyat bor edi va tabiiiyki, “Paxtakor”ga qarshi kechadigan o'yin (suhbat 20 oktyabr kuni uyushtirilgan, - muallif) “Bunyodkor” uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega uchrashuv bo'lardi. Qolaversa, “Nasaf”ning ham chempionlik uchun kurashish imkoniyati bor. Garchi ular O'zbekiston kubogida zafar quchish orqali OCHL guruh bosqichida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritishgan bo'lsada, bu ularning to'xtab qolishini anglatmaydi.


- “Lokomotiv” jamoasidagi ichki muhit yaxshimi?
- Albatta yaxshi. Bu borada muammo yo'q. Biz 25ta o'yindan 2tasida mag'lubiyatga uchradik. O'ylashimcha, bu normal holat. Futbol o'syapti. Boshqa jamoalar ham bir joyda qotib qolishgani yo'q. Ha, biz o'yin jihatidan oliy ligadagi eng kuchli jamoamiz. Lekin bu hamma o'yinda g'alaba qozonishimizni kafolatlamaydi. Ochko yo'qotmaydigan jamoaning o'zi yo'q. So'nggi turlarda turnir jadvalining quyi pog'onalarini egallab turgan jamoalar juda kuchli o'yin namoyish etishadi. Bu ananaga aylanib qolgan. SHunday ekan, hali kutilmagan natijalar qolgan tur o'yinlarida etarlicha bo'ladi.

- Eshitishimizcha, klub rahbariyatining futbolchilar oldida qarzi bo'lib, bir nechta o'yinning mukofot pullari haligacha berilmagan ekan. Balki, ana shu holat ham futbolchilarning o'yiniga salbiy jihatdan tasir o'tkazgandir?
- Men bunday deb o'ylamayman. Futbolchi har qanday holatda ham o'zi vazifasi va majburiyatiga professional tarzda yondashishi shart. Malasan, men bir paytlar “Traktor” klubida ishlab yurgan kezlarim 5 yil maosh olmaganman. Futbolchilar ham to'kis emasdilar. Lekin bunga chidardik. Menimcha, bu narsa natijaga salbiy tomondan tasir o'tkazmasa kerak.

- “Lokomotiv” tarkibida o'z vaqtida katta maoshga o'ynagan futbolchilar etarli. Maoshlardagi biroz uzilishlarga chiday olishmagandir. Bu borada nima deb o'ylaysiz?
- Futbolchilar haqida fikr bildira olmayman. Bu haqida ularning o'zlaridan so'rash kerak. Yuqorida aytganimdek, natijada maosh va mukofot pullari rol o'ynamagan. SHunchaki, “Qo'qon-1912” jamoasi ikkinchi bo'limni yuqori notada o'tkazdi. Yuzaga keltirilgan vaziyatlardan unumli foydalandi. Biz esa o'yin suratini pasaytirib yubordik va raqibga tashabbusni topshirib qo'ydik.

- So'nggi paytlarda kelishilgan o'yinlar haqida ko'p gapirilyapti. Xatto bu borada jazo ham qo'llanildi. Futbolimizdagi bunday illatlar haqida shaxsiy fikringiz qanday?
- O'FF qoshida kelishilgan o'yinlarga qarshi kurashish qo'mitasi bor. Bu bo'lim kelishilgan o'yinlarni aniqlash, aybdorlarni topish va aybini bo'yniga qo'yish bilan shug'ullanadi. Agar “Qo'qon-1912” jamoasini mag'lubiyatga uchratganimizda, ishoning, “Lokomotiv” raqib jamoani sotib olibdi, degan gap-so'zlar urchib ketardi. Rustam Abdullaev jamoasi toza o'ynagani uchun, bugun “Lokomotiv”dan ochko tortib oldi, deganlarni ham eshitdim. Bu bilan biz aynan shunday gap-so'zlarning oldini olish uchun durang o'ynadik demoqchi emasman. SHunchaki, tilning suyagi yo'q, odamlar og'ziga kelganini qaytarmay gapiraveradi. Boshqalar ham shunga ishonadi.


- Umuman, milliy chempionatimizning bu yilgi mavsumi sizdan qanday taassurot qoldiryapti?
- Agar so'nggi turdagi natijalarni inobatga oladigan bo'lsak, yomon emas. Kutilmagan natijalarning qayd etilishi chempionatimizda o'sish ko'zga tashlanayotganidan darak beradi. Oliy liganing mavsum boshidagi o'yinlari ham xuddi so'nggi tur uchrashuvlari kabi o'tganida yana ham yaxshiroq bo'lardi.

- “Lokomotiv”dagi faoliyatingizga nazar tashlab, qanday xulosaga keldingiz?
- Inson hech qachon o'ziga-o'zi baho bermasligi kerak. Lekin shunday insonlar ham bor (kuladi). Endi har bir murabbiyning qismatida istefo bor. Bunga biz murabbiylar har doim tayyor turamiz. Agar sizning o'rningizga kelgan murabbiy kerakli natijani qayd eta olsa, unda biz ich-ichimizdan xursand bo'lamiz. Umumiy olganda, “Lokomotiv” bilan u darajada yomon natijalarga erishmadik. OCHLning guruh bosqichida ishtirok etdik. Garchi guruhdan chiqa olmagan bo'lsakda, Qatarning “Al Sadd” klubi yirik hisobda mag'lub etildi. Bu yil jamoamiz tarkibida yangi istedodlar kashf qilindi. Xususan, bugungi kunda jamoa to'purari bo'lib turgan Sanjar SHoahmedov yaxshigina o'sishga erishdi. U milliy terma jamoaga ham taklif etildi. Uning hisobida hozircha oliy ligada 13ta gol bor. Yarim himoyachi uchun bu ajoyib natija SHuningdek, Ikrom Aliboev haqida ham ijobiy fikrdaman. Uni ham mavsum kashfiyotlari safiga qo'shish mumkin. Marat Bikmaev yana to'purarlik mahoratini namoyish eta boshladi. Yutuqlar bo'ldi va buni hech kim inkor qila olmaydi.

- Endigi rejalar qanday?
- Hozir biroz dam olishim kerak. Mavsum oxirlab qoldi. Yangi yildan umidlarim katta. Murabbiylik faoliyatim davom etadi. Albatta yangi takliflarni kutib qolaman.

 Kamoliddin ALIMOV suhbatlashdi

Reyting: +27   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика