So’nggi yangiliklar

19:50"Реал" Негрейра иши бўйича терговни яна ярим йилга узайтиришни сўрамоқда  1 19:32"Динамо" хорижда йиғин ўтказади  1 19:09"Лион"нинг Лига 1даги тақдири ҳал бўлди  0 18:31Фабрицио Романо Элдор Шомуродов трансфери бўйича маълумот берди  5 17:45КЖЧда энг кўп мухлис қайси жамоа ўйинига тушмоқда?  5 17:35Дублга эришган легионер, "Навбаҳор"ни мағлуб этган мураббий, гол ўтказмаган посбон ва 25 ёшли ҳимоячи — Суперлигада 15-турнинг энг яхшилари  1 17:29Мирко Еличич - "Локомотив" бош мураббийи  2 17:12Рустам Ашурматов "Истиқлол" футболчисига айланди  1 17:08Расман: Бобир Абдихолиқов "Пахтакор" футболчиси  7 16:58Мали, Фламарион, Качорри, Ратиньо, Дориев ... Суперлига 15-тур рамзий терма жамоаси  1 16:20"Андижон"га янги дарвозабон ва мураббий келмоқда  9 16:069 нафар ҳакам ўйин натижаларига таъсир кўрсатишда гумонланмоқда  6 15:55Эшитдик-да! "Навбаҳор" яна икки нафар бразилиялик футболчини олиб келмоқчи  11 15:32Улар ҳақида эртага ҳам гапиришади: биринчи давранинг кашфиётлари кимлар бўлди?  1 15:10Авазбек Ўлмасалиев: "Иккинчи даврада ўз ўрнимизни қайтарамиз, ОКМК курашдан чиққани йўқ"  0

Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo'lmaydi, oldingi mag'lubiyat uchun revansh olmoqchimiz" Yangiliklar

Vadim Abramov: "Futzalchilar bilan shou bo'lmaydi, oldingi mag'lubiyat uchun revansh olmoqchimiz"

24 fevral, chorshanba kuni futbol va futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoalari o'zaro o'yin o'tkazishadi.

Ushbu uchrashuv o'zbek futboli va sporti rivojiga katta hissa qo'shgan inson Mirabror Usmonov xotirasiga bag'ishlab o'tkaziladi. Ana shu o'yin oldidan katta futbolchilarimiz bosh murabbiyi Vadim Abramovning fikrlari bilan o'rtoqlashdik.

"Biz bu uchrashuvda shou uyushtirmasligimiz aniq. Yani, oldindan kelishilgan hisob uchun o'ynalmaydi. Bu haqda gap-so'z bo'lishi mumkin emas. Jang bo'ladi. Yodingizda bo'lsa, Mirabror Zufarovich hayot paytlarida ham futzal terma jamoamizga qarshi o'ynaganmiz. O'shanda 5:8 hisobida imkoniyatni boy berganmiz, shu sabab bu safar revansh olishni xohlaymiz. Bu bellashuvda hech qanday kelishib olingan hisobga o'ynash yoki shou uchun to'p tepish bo'lmaydi. Sportchilar ham nimaga qodirligini ko'rsatishni xohlaydi.

To'p kichikroqligi va qoidalar boshqacharoq ekanligi biz uchun odatiy emas. Lekin, qolgan jihatlarda juda katta farq yo'q. Futbolni ulardan yaxshiroq o'ynay olishimizni isbotlash uchun harakat qilamiz.

Uchrashuvda jamoasi Toshkentda bo'lgan terma jamoaga nomzod futbolchilar ishtirok etishadi. Biz 15 nafar o'yinchini faqat o'sha kuni kechga qo'yib yuborishlarini klublaridan so'radik. Menimcha, bu borada muammo bo'lmaydi", - dedi Abramov.


Eslatib o'tamiz, 24 fevral kuni bo'lib o'tadigan uchrashuvga kirish bepul. Bahs poytaxtimizdagi "O'zbekiston" sport majmuasida bo'lib o'tadi va 18:00da start oladi.




REKLAMA



Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика