Vadim Abramov: "Bunday issiqda o'ynagan ikkala jamoa futbolchilariga rahmat"
27 iyu 2014 21:24
Yangiliklar
Vadim Abramov: "Bunday issiqda o'ynagan ikkala jamoa futbolchilariga rahmat"
"Lokomotiv" - "Paxtakor" (1:0) uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanida "Lokomotiv" bosh murabbiyi Vadim Abramov ishtirok etdi.
"Oldindan kutilganidek qiyin o'yin bo'ldi. Muxlislarga yoqadigan bahs bo'ldi. Biroq bunday issiq havoda futbolchilar o'zlarini to'liq namoyish eta olishmadi. Hisob adolatli bo'ldi", - deb gap boshladi Abramov.
"Bugungidek issiqda futbolchilarning holdan toyishlari tabiiy holat. Men o'z shogirdlarimga hech qachon yotib olishlari haqida ko'rsatma bermayman. Kerak bo'lsa o'zim futbolchilardan tezroq turib o'yinni davom ettirishini so'rayman".
"Agar natija boshqacha bo'lganida boshqacha o'ynagan bo'lardik. Bosim kuchli bo'ldi".
"Dastlabki o'yinda 1:0 hisobida yutib final haqida o'ylash kerakmas. Sababi birinchi bahsda 3:0 hisobida yutib ikkinchisida bundan kattaroq hisobda yutqazib qo'ygan ko'plab jamoalarni misol qilib aytib berishim mumkin", - deydi Vadim Abramov.

Fikrlar