"UzReport TV" futbol bo'yicha U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyaciya qiladi
18 may 2023 22:31
Yangiliklar


"UzReport TV" futbol bo'yicha U-20 jahon chempionatini jonli efirda translyaciya qiladi
Millionlab o'zbekistonlik futbol muxlislarining talab va istaklaridan kelib chiqqan holda hamda yosh futbolchilarimizni jahon maydonlarida qo'llab-quvvatlash maqsadida “UZREPORT TV” telekanali 20 maydan 11 iyungacha Argentinada bo'lib o'tadigan U-20 Jahon chempionatini translyaciya qilish bo'yicha eksklyuziv huquqini qo'lga kiritdi.
Turnir Santiago Del-Estero, San-Xuan, La-Plata hamda Mendoza shaharlarida o'tkaziladi. Ravshan Haydarov boshchiligidagi amaldagi Osiyo chempionlarimiz Argentina maydonlarida ham shunday muvaffaqiyatli yurishlarini davom ettiradi deb umid qilamiz.
Etiborlisi, U-20 terma jamoamiz azolari musobaqani mezbon bo'lmish Argentinaga qarshi bahs bilan boshlaydi. O'yin 21 may kuni Toshkent vaqti bilan tungi 02:00 da start oladi.
O’xshash yangiliklar
16:12
O'zbekiston U-18 terma jamoasi Dohada "Aspire" akademiyasiga qarshi nazorat bahslarida qatnashadi 3

Fikrlar