So’nggi yangiliklar

13:16Расман: "Андижон" ярим ҳимоячиси жамоада қолди  0 12:53"Локомотив"га сербиялик ярим ҳимоячи келади  0 12:25"Сурхон" Ҳамиджоновни "Хоразм"га ижарага берди  2 12:07Бугунги ўйинлар: U-23 Осиё Кубоги очилиш ўйинлари, “Ювентус” сафарда ва бошқалар  3 11:55"Насаф" бор-йўғи 4 ўйинда қатнашган легионер дарвозабони билан хайрлашди  2 11:40"Нефтчи" Анталияда "Шахтёр", "Динамо" Батуми ва "Қорабоғ" билан тўқнаш келади  8 11:22Мбаппе — 2025 йилнинг энг яхши пенальтичиси  5 10:45Раҳимжон Давронов: “Ажойиб муҳит бўлади. Шу томонлама менга қизиқ ва ёқимли бўляпти”  1 10:18"Манчестер Сити" АПЛнинг энг қиммат ҳимоячиларидан бирини сотиб олмоқчи  7 09:51"Локомотив" яна бир собиқ футболчисини ортга қайтаришга яқин  2 09:23"Сурхон" U-21 чемпионати тўпурари билан шартнома имзолади  4 08:57Виталий Левченконинг навбатдаги жамоаси деярли аниқ  13 08:30Расман. Гвардиол узоқ муддатга сафдан чиқди  10 08:04Алижоновнинг трансфери нима учун барбод бўлди?  12 07:45Суперлигадаги трансферлар бир саҳифада  37

Uzoq yillar "Paxtakor"ga xizmat qilgan avtobus yonib ketdi Yangiliklar

Uzoq yillar "Paxtakor"ga xizmat qilgan avtobus yonib ketdi

Teglar :  PaxtakorAvtobus
Bugun, 15 dekabr kuni Yunusobod tumani Yangi shahar ko'chasi 7-uyda joylashgan 8-sonli Avtosaroyda yong'in sodir bo'ldi.

Yong'in haqidagi xabar Toshkent shahar IIBB Yong'in xavfsizligi boshqarmasining Kuch va vositalarini boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga soat 13:32 da kelib tushgan.

Voqea joyiga Toshkent shahar garnizonidan 6 ta asosiy va 2 ta maxsus yong'in o'chirish ekipajlari yo'naltirilgan. Voqea joyiga yong'in o'chirish avtomobillari soat 13 dan 41 daqiqa o'tganda etib borgan vaqtida avtosaroy avtomobillarining kuzov qismini tamirlash boksining ichki qismi ochiq alanga bilan yonayotganligi va u erdan qora tutun  chiqayotganligi aniqlangan.

Ko'rilgan tezkor harakatlar natijasida yong'in soat 14:01 da qurshab olinib, soat 14:08 da to'liq bartaraf etilgan.

Yong'in oqibatida avtomobillarning kuzov qismini tamirlash boksining 50 kv.metr maydonda ichki va tom qismi hamda ichidagi 1 MAN va 1 ta Mercedes benz rusumli avtobuslarning salon va kuzov qismi yonib zararlangan.

Tan jarohati olganlar yo'q. Taxminlarga ko'ra yong'inga Mercedes benz rusumli avtobusga texnik xizmat ko'rsatish uchun payvandlash ishlarini olib borishda yong'in xavfsizligi qoidalarining buzilishi bo'lgan.

Hozirda voqea yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda. Yong'indan avtomobillarning kuzov qismini tamirlash boksining 800 kv.metr maydoni hamda tamirlash boksida bo'lgan ISUZU rusumli yuk avtomobili va Damas rusumli avtomobili saqlab qolingan.



Mazkur avtobus uzoq yillar davomida "Paxtakor" klubi va O'zbekiston terma jamoasiga xizmat qilgandi.

Reyting: -36   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика