So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

“UzDongJu” futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi Yangiliklar

“UzDongJu” futbol qoidalari bo'yicha seminar o'tkazdi

Birinchi liga ishtirokchisi Andijonning “UzDongJu” jamoasi chempionatga astoydil tayyorgarlik ko'rmoqda.
Jamoa bu yil kishki mavsumlar oralig'ida o'z qarorgohida yig'in o'tkazishdan tashqari malum muddat Toshkentda ham hozirlik ko'rdi. PFL Kubogida ishtirok etdi. Ayni damda esa o'z qarorgohida ekanligini aytish lozim.

“Bo'yoqchilar” qishki yig'in chog'ida selekciyaga alohida etibor qaratdi va o'z safiga birinchi liga toifasida tajrabali bo'lgan o'yinchilarni qo'shib oldi.



Yangi mavsum oldidan jamoa professionallarcha ish tutgan xolda, futbol qoidalari bo'yicha seminar tashkil etdi. Uni andijonlik hakam Akmal Rahimov olib bordi. O'z vaqtida Malayzida, OFK shtab-kvartirasida bo'lib mahoratini oshirgan Rahimov “UzDongJu” futbolchilariga futboldagi qoidalar haqida maruza o'qidi bu borada etarli tushuncha berishga xarakat qildi.



Unda Nozim Mullaoxunov va Abdurashid Ismoilov boshqaruvidagi jamoaning barcha futbolchilari ishtirok etdi va futboldagi yangi kashf etilayotgan qoidalardan boxabar bo'ldi. Bu kabi seminarlar mavsum davomida futbolchilarga asqotishi tayin.



Albatta bugungi kunda birinchi liganing ko'plab jamoalari chempionatda ishtirok etishi qiyin bo'lib turgan bir paytda “UzDongJu”ning bunday seminar tashkil etgani tahsinga loyiqdir.

Aytgancha “UzDongJu” bu yil “Joma” liboslaridan foydalanishni maqul ko'rdi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика