So’nggi yangiliklar

02:17Африка Миллатлар Кубоги. Осимхендан дубль, Лукмандан "гол+пас": Нигерия Мозамбикни тор-мор этди  1 01:13"Андижон" Абдуманнопов билан шартномани узайтирди  0 01:06"Челси" янги устози номи маълум. У шанба куни жамоани майдонга бошлаб тушади  4 00:14Африка Миллатлар Кубоги. Салоҳ гол урди, Миср эса қўшимча таймларда Бенин тўсиғидан ўтди  0 23:42"Барселона" "Ал Ҳилол"дан Канселуни сотиб олишга яқин  1 23:19Эндрик "Реал"даги ўйин амалиёти йўқлиги ҳақида: "Бу ҳаётимдаги энг яхши олти ой бўлди, уй қуришга улгурдим"  2 22:55Сульшер МЮга вақтинчалик мураббий сифатида қайтишга тайёр  11 22:12"Барселона" Канселу бўйича "Ал Ҳилол"га таклиф юборди  0 22:01МЮ Аморимга истеъфо учун 10,05 млн фунт тўлаб бериши керак  3 21:18РАСМАН: Беҳруз Асқаров — ОКМК футболчиси!  1 20:52"Интер" Канселу трансфери бўйича "Ал Ҳилол" билан келишувга эришди, аммо...  2 20:24"Ман Сити" Гвардиол ва Диашнинг жароҳати сабаб қишки трансфер ойнасида ҳимоячи сотиб олмоқчи  17 19:50"Бавария"нинг порлаб келаётган юлдузи "Реал"да ўйнашни орзу қилади  3 19:22Ашортиа: "Андроникашвили билан биргаликда "Андижон" яхши натижаларига эришиши учун ёрдам берамиз"  1 18:57Вадим Абрамов: "Аввал бизга етарлича баҳо беришмасди, энди эса даража кўтарилди"  5

"UzDongJu" - "Obod" uchrashuvidan fotomaqola Yangiliklar

"UzDongJu" - "Obod" uchrashuvidan fotomaqola

Kecha O'zbekiston birinchi ligasi ikkinchi bosqichidan o'rin olgan "UzDongJu" - "Obod" uchrashuvi bo'lib o'tdi.


Abdurashid Ismoilov shu kuni "UzDongJu"ni maydonga bosh murabbiy sifatida olib tushdi



"Obod"ning amaldagi bosh murabbiyi. Bobur ismli ushbu yosh murabbiy butun o'yin davomida futbolchilarga tinimsiz yo'l-yo'riq ko'rsatib turdi


"Obod"ning 11-raqamli futbolchisi SHoxruz Norxonov shu kuni qanotlarda tezkor xarakatlari bilan raqiblarini sarosimada ushlab turdi. Lekin "UzDongJu"ning 2-raqamli himoyachisi SHoxrux Ergashev unga deyarli imkon bermaslikka intildi. Har xolda u buni uddaladi.


Uchrashuvning ikkinchi bo'limi yanada tomoshabop ruh ostida o'tdi. Ammo g'alaba to'pini kiritish hech bir jamoaga nasib etmadi.


"UzDongJu"ning sobiq murabbiyiga aylangan Nozim Mullaoxunov (o'ngdan ikkinchi) shu kuni o'yinni chetdan turib, kuzatib bordi


#10 Islom Karimov hisobni tenglashtirish bilan birga, butun o'yin davomida katta mehnat qilgan futbolchilardan biri bo'ldi.


#12 Akmal Jo'raboev jarohatidan forig' bo'lib, yana jamoasiga yordam bera boshladi


Mehmonlarning aksariyat hujumlari jamoa sardori Doniyor Hasanov orqali tashkil etiladi.


Aytishlaricha "Obod" futbolchilari oldiga elitaga chiqish vazifasi qo'yilgan


Ushbu insonni "UzDongJu"ning chinakam muxlisi deyish mumkin. Har bir o'yinga kelib, eng yaxshi futbolchiga o'z yonidan pul mukofotini joriy etadi va uchrashuvdan so'ng o'ziga o'yini yoqqan futbolchini rag'batlantiradi. Kecha "Obod"ga qarshi bahsdan oldin, agarda "UzDongJu" g'alaba qozonsa butun jamoaga osh qilib berishga vada berdi. Lekin o'yin yakunda durang bilan intiho topdi.


#10 Islom Karimov hisobni tenglashtirgach, jamoadoshi Fehruzbek Salohiddinov bilan uni nishonlamoqda.


#4 Kamoliddin Tojiboev boshchiligidagi "Obod" himoya chizig'i shu kuni ko'pchilikda ijobiy taassurot qoldirdi.


#7 "UzDongJu" sardori Bekzod G'ozievda jamoadoshlarini oldinga etaklash xususiyati mujassam.


"UzDongJu"ning video tasvirchisi SHerzodbek Mamadaliev nafaqat jamoasining uy o'yinlarida balki safardagi bahslariga ham borib, o'yinni videoga oladi.


SHu kuni maydonning har bir qarich erida to'p uchun jiddiy kurash kechdi.


"Obod" FK rahbariyati

Abdurashid Ismoilovning debyuti durang bilan tugadi


Islombek Rustambekov

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика