“UzDongJu” 2 dekabrdan yig'inni boshlaydi
26 noy 2015 09:00
Yangiliklar


“UzDongJu” 2 dekabrdan yig'inni boshlaydi
Birinchi liga ishtirokchisi bo'lgan “UzDongJu” futbolchilari ayni damda tatilda.
Jamoa 2 dekabrdan ilk yig'inini boshlaydi. SHu kuni futbolchilar klub qarorgohida to'planib, tiklanish mashg'ulotlarini o'tkazadi. Joriy mavsumni 3-o'rinda yakunlagan “bo'yoqchilar” safini tark etgan yoki tarkibga kelib qo'shilishi mumkin bo'lgan futbolchilarning nomi hozircha aniq emas. Aytishlaricha “UzDongJu”ning ayrim futbolchilari kelasi yil viloyatning bosh jamoasi bo'lmish “Andijon”ga ko'chib o'tishi kutilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar