“Andijon”: So'nggi nazorat uchrashuvida g'alaba
05 avg 2017 00:25
Yangiliklar
Kelasi hafta birinchi ligada ikkinchi davra o'yinlari start oladi. O'z oldiga elitaga chiqishni asosiy maqsad qilib qo'ygan “Andijon” ikkinchi davraga astoydil hozirlik ko'rmoqda. Usmon Toshev boshqaruvidagi “burgutlar” juma oqshomida o'quv-yig'in chog'idagi so'nggi sinov-nazorat uchrashuvini o'tkazdi. Bu safargi raqibimiz mahalliy – “UzDongJu” jamoasi bo'ldi. Garchi o'rtoqlik uchrashuvi maqomidagi bahs bo'lsada, o'yin haqiqiy derbiga mos tarzda o'tdi deyish mumkin. Tajriba va mahorat bobida anchagina ustun bo'lgan “Andijon” yakunda 3:1 hisobida g'alaba qozondi. Asosiysi bahs mobaynida har ikkala jamoa murabbiylari ham qo'l-ostidagi futbolchilarning imkoniyatlarini yana bir bor ko'zdan kechirib oldi.
04.08.2017 yil
Nazorat uchrashuvi.
“Andijon” – “UzDongJu” 3:1.
Bo'ston. “BO'FM” stadioni.
Hakam: SHamshir Qo'ldoshev.
Gollar: Akmal Xolmatov, Ibrohim Otaxonov, Maqsud Mahmudov – Ozodbek Komilov (pen).
“Andijon”: Akmal Ortiqov, Ravshan Aslanov, Farhod Bekmuratov, Furqat Hasanboev, Abdulaziz Yoqubov, Akmal Xolmatov, Ibrohim Otaxonov, Sobir Hamidov, Avaz Olimjonov, Anvar Berdiev, Firdavs Asadov.
Zaxiradan tushganlar: Dilmurod Mahmudov, Qahramon Mahamadjonov, Baxtiyor Qosimov, Farrux Bekmuratov, Alisher Abduvohidov, Rafik Karimov, Jahongir Mahsudov, SHahboz Jumaboev, Oybek Nurmatov, Maqsud Mahmudov, Farrux Mirzaev.
“UzDongJu”: Dilmurod Mamayusupov, Jo'rabek Yoqubov, Asror Rahmonov, Aziz Qayumov, Aziz Mahmudov, Fehruz Solohiddinov, Oybek Ahmatov, Bahodir Qodirov, Asilbek Azizov, Suhrob No'monov, Ozodbek Komilov.
Zaxiradan tushganlar: Ilyos Ismoilov, Abdurahmon Komilov, Usmonali Ismonaliev, Solohiddin Solohiddinov, Islom O'rmonov...
"Andijon" matbuot xizmati.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ЕЧЛ. "Реал Мадрид" бор аламини "Монако"дан олди
ЕЧЛ. "Барселона" бироз асабий ўтган ўйинда "Славия"ни мағлубиятга учратди
Саудиянинг "Ал-Аҳли" клуби Винисиус Жуниорга 1 миллиард евро миқдорида шартнома таклиф қилмоқчи
2024/2025 йилги мавсумнинг энг сердаромад 20 та футбол клуби эълон қилинди
Fikrlar