So’nggi yangiliklar

13:42Мбаппенинг клуби Лига 2 га қайтмоқчи  0 13:15Холанд 5.5 миллиард сўмга сумка сотиб олди, Мбаппе ва Ашраф домино ўйнади. Футбол юлдузлари ўтган ҳафтани қандай ўтказди?  2 12:48"Ливерпуль" Исак учун рекорд сумма тайёрламоқда  1 12:20"Сабаби фақат бошда эмас. Бу ерда омиллар мажмуаси бор". Россиялик шифокор Остон Ўруновнинг жароҳатлари ҳақида гапирди  2 11:57"Реал" асосий жамоанинг 5 нафар футболчиси, жумладан, Родриго билан хайрлашишга тайёр  4 11:30Зайнутдинов тиббий кўрикдан ўтди — трансфер якуний босқичда  0 10:36"Манчестер Юнайтед" - "Вест Хэм" учрашувида рекорд қайд этилди  5 09:58"Насаф" ярим ҳимоячиси "Бунёдкор"га ўтиши мумкин  3 09:20"ФарДУ" иккинчи даврада Суперлиганинг бир нечта футболчиси билан шартнома имзолаши мумкин  1 08:46Назорат учрашуви. "Қўқон-1912" "Арал"ни мағлуб этди. Қўқонликлар сафида ОКМК футболчиси ҳаракат қилди  2 08:13ЦСКА директори Файзуллаев трансфери ҳақида гапирди  9 07:48Мираброр Усмонов хотира турнири. Бугун чемпион аниқланади  4 00:01Англия финалда Испанияни мағлуб этиб, аёллар ўртасидаги Евро-2025 ғолибига айланди  7 23:38Артур Испанияга қайтиши мумкин  0 23:15Доннарумма "Галатасарой"дан таклиф олган. Истанбулликлар дарвозабоннинг ПСЖ билан музокараларидаги қийинчиликдан фойдаланмоқчи  0

"Uxlab qolgan" Stanisavlevich, gol ura olmayotgan chet el "xo'rozqandlari" Yangiliklar

"Uxlab qolgan" Stanisavlevich, gol ura olmayotgan chet el "xo'rozqandlari"

Coca Cola Superligada 5ta tur ortda qoldi. Biz etiborimizni legionerlarga qaratmoqchimiz.

Biroz avval legionerlarning 5ta turdagi to'liq statistikasi taqdim etilgandi. Endi biroz mulohaza yuritamiz. 

Ortda qolgan 5ta tur davomida legionerlar orasida Dragan CHeran, Silvanus Nimeli, Igor Ivanovich va Oleksey Larin ajralib turdi.

Masalan, so'nggi uch yilda Superliga to'purari bo'lgan CHeran beshta gol bilan to'purarlar poygasida birinchi o'rinda bormoqda. "Surxon"ning liberiyalik hujumchisi Nimeli esa 5ta o'yinda jamoasi urgan 7ta goldan 5tasida ishtirok etdi. Yani uchta gol urdi va ikki marta jamoasiga penalti ishlab berdi.

Ukrainalik himoyachi Oleksey Larin "Neftchi"ning peshqadamlar safida bo'lishiga katta xissa qo'shmoqda. U nafaqat himoyadagi ishonchli o'yini, balki hujumda ham jamoadoshlariga yordam bermoqda. Larin ortda qolgan 5ta turda raqiblar darvozasiga 2ta gol urib bo'ldi. Oxirgi yillarda bazi hujumchilar mavsum davomida 2ta gol ura olmayotganiga guvohi bo'lyapmiz.

Bu mavsum "Bunyodkor" klubiga kelib qo'shilgan serbiyalik Igor Ivanovich 5ta turda 2+2 natijasini qayd etdi. O'zi ikkita gol urdi va sheriklariga ikkita golli uzatma berdi.




Quyidagi hujumchi legionerlar Aleksandr Kasyan ("Buxoro"), Marko Obradovich ("Metallurg"), Milan Boyovich ("Turon"), Dzenan Zaymovich ("So'g'diyona"), Rubin Xebay ("Andijon") dastlabki 5ta turda raqiblari darvozasiga gol ura olishmadi.

Bular orasiga "Nasaf" vakili Muhammadjon Rahimov hamda "Paxtakor" azosi Pshemislav Banashakni ham qo'shsak bo'ladi, biroq ikkala hujumchi ham dastlabki 5 turda atigi 1ta o'yinda maydonga tushishdi xolos.




O'z imkoniyatidan pastroq o'ynayotgan legionerlar ham bor. Masalan, "So'g'diyona" safida bir necha yillardan buyon o'ynab kelayotgan darvozabon Milan Mitrovich dastlabki 5ta turda o'z darvozasidan 10ta gol olib chiqdi. Bu hozirgacha darvozabonlar orasidagi eng yomon ko'rsatkich bo'lib turibdi. Jizzax klubiga yaqindagina bosh murabbiy bo'lgan Ivan Boshkovich ijobiy natijalarga erishishi uchun birinchi navbatda Mitrovichni yana avvalgi darajasiga olib chiqishi kerak bo'ladi.

"Navbahor"ga ko'chib o'tgan chap qanot himoyachisi Luka CHermel mavsumni asosiy himoyachi sifatida boshlagandi, ammo 1-turdagi jarohatdan keyin o'ziga kelishi qiyin bo'lmoqda va raqobatda Ibrohim Yo'ldoshevga yutqazmoqda.

O'tgan yil "Qizilqum" safida 24ta o'yinda 6ta gol urgan va 12ta golda qatnashgan Aleksandar Stanisavlevich uchun yangi mavsum juda yomon boshlandi. "Buxoro"ga ko'chib o'tgan 33 yoshli futbolchi hozirga qadar 3ta o'yinda maydonga tushdi xolos (2tasida zaxiradan) va hech qanday samarali harakatni amalga oshirgani yo'q. O'tgan yilgi Stanisavlevich hozircha qishki uyqudan uyg'onmagan shekilli.

Jarohati bois bir qator legionerlar hozircha juda kam o'yin amaliyotiga ega bo'lmoqda: Mateus Lima ("Nasaf"), Ivan Yosovich ("Metallurg"), Giorgi Papava ("Paxtakor").

Irakli Ruxadze (OKMK), Zakariya Beglarishvili ("Turon") va Yuriy Batyushin ("Neftchi") kabi legionerlarning O'zbekiston chempionatiga moslashib ketishlari biroz cho'zilmoqda.




Dastlabki 5ta turda besh nafar legioner maydondan chetlatildi. Etiborlisi ularning 3 nafari "Andijon" futbolchilari hisoblanadi: Nodar Kavtaradze, Levan Arveladze va Rubin Xebay. "Qizilqum" himoyachisi Nikolay Tarasov va "Surxon" vakili Tamirlan Jamalutdinov ham qizil kartochka olib o'z jamoasini qiyin ahvolga tushirib qo'ydi.


Bugungi kungacha 4 nafar legioner Superligada umuman maydonga tushgani yo'q. "Nasaf" yarim himoyachisi Marko Stanoevich jarohatini davolayotganidan xabaringiz bor. OKMKning tunislik himoyachisi Muhammad Ali Salem va "Surxon"ning rossiyalik himoyachisi SHamil Gasanov esa hozircha raqobatda yutqazmoqda. "Turon"ning 19 yoshli hujumchisi Ngu Abega Enyang esa hozircha U-21 chempionatida 3ta o'yinda maydonga tushdi xolos.


Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика