So’nggi yangiliklar

00:54Расман: "Вильярреал" ва "Барса" ўртасидаги Ла Лига ўйини Майамида ўтказилади  2 00:28ЖЧ саралаши. Саудия Арабистони Индонезияни қийинчилик билан мағлубиятга учратди  13 23:40Ўзбекистон – Кувайт учрашувини бошқариб борувчи ҳакамлар маълум  4 23:25Миср ўз тарихида тўртинчи бор Жаҳон чемпионати йўлланмасини қўлга киритди  0 23:16Расман: Консейсау "Ал Иттиҳод"га бош мураббий этиб тайинланди. Клуб қишда "Насаф"га қарши майдонга тушади  1 22:54Ўзбекистон термасининг Кувайтга қарши расмий машғулотидан ГАЛЕРЕЯ  3 22:30Ўзбекистон терма жамоаси Кувайтга қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотини ўтказди  1 22:11ЖЧ саралаши. Ўмон Доҳада Қатар билан дуранг ўйнади  15 21:37Осиёда ЖЧ саралашининг тўртинчи босқичи бошланди. Бу ҳақда нималарни билишимиз лозим?  37 21:01"Реал" "Сантьяго Бернабеу" стадиони номини ўзгартириши мумкин  1 20:38Ансу Фати Францияда рекорд натижа қайд этди  6 19:40Ҳожимат Эркинов ЖЧда қайси жамоалар билан рўбарў келишни хоҳлайди?  12 18:43Кувайт терма жамоаси бош мураббийи: "Мен ЎФА шорт-листида бўлганман?"  8 18:19"Реал" футболчиси Испания терма жамоаси сафида жароҳат олди  3 17:40Сайфиев ва Ҳамробековлар терма жамоа машғулотида иштирок этишмади  3

Akinfeevga zamonaviy sport jurnalistikasi yoqmayapti Yangiliklar

Akinfeevga zamonaviy sport jurnalistikasi yoqmayapti

Teglar :  Igor Akinfeev
Igor Akinfeev zamonaviy sport jurnalistikasi unga yoqmasligini aytdi.

– Jurnalistika – juda qiziqarli omil, siz unga qanday munosabatdasiz?

– Xo'sh, bu endi jurnalistika bo'lmasa kerak. Siz hozir "mikrofon" dedingiz, lekin mikrofonni faqat matbuot anjumanida yoki o'yindan keyingi flesh-intervyuda ko'raman. Qolgan barcha holatlarda – bu ayfon, samsung yoki boshqa telefon bilan peshonangga, ko'zingga, burunga tiqish, ahmoqona savollar berish. Men buni jurnalistika deb hisoblamayman. Bu odam jurnalist sifatida talim olmagan... Bilmayman, balki talimi bordir.


Lekin, birinchiidan, bu odobsizlik – bu bir. Ikkinchidan, doimo provokacion savollar – bu ikki. Futbolchi jurnalistga qo'pol javob bersa, uni jarimaga tortishadi. Bu xokkeyda ham bormi? Nega provokacion savollar, telefonni buringa tiqish uchun jarima yo'q.


Kelishadi va telefonini burunga tiqishadi. Xo'sh, bu odam bilan qanday muloqot qilish mumkin? Mening telegram-kanalim bor, u erda o'z his-tuyg'ularimni ayta olaman, o'yinni tasvirlayman yoki yaxshi bir video yozib qo'yaman, tamom. O'yindan keyingi intervyular va boshqa barcha narsa – men faqat yonidan o'tib ketaman. Shunday deyman: "Yigitlar, kechirasizlar, u erda hozir yoshlar bor, ular sizga hammasini aytib berishadi".


Yani, birinchidan, menda ularga aytadigan narsa yo'q, g'alaba qozonsak ham, mag'lub bo'lsak ham, seyv qilsam ham, gol o'tkazib yuborsam ham. Men yosh boladek turib, qandaydir alamli gol yoki seyv uchun uzr so'rashni xohlamayman. Yana bir bor: bu to'g'ri bo'lmasligi mumkin, bu mening fikrim, lekin buni istamayman. Rostdan ham, men bundan charchadim.


Ikkinchidan, doimo qandaydir provokaciyada yashash menga qiziq emas. Yani men o'yindan keyin tinchgina mashinamga o'tirib, uyga ketishni xohlayman.


Ehtimol, men [faoliyatimni] boshlagan paytdagi odamlardan faqat bir-ikkisi qolgandir. Ha, sport jurnalistlari bor, ular bilan hozirgacha intervyusiz, faqat suhbatlashish yoqimli. Va sen u biron yomonlik qilmasligini, mikrofon tutmasligini yoki seni yashirincha yozib olmasligini tushunasan. Mana shunday odamlar bilan mutlaqo normal muloqot qilaman.


Qolgan barcha narsaga kelsak, men buni to'g'ridan-to'g'ri super jurnalistika deb hisoblamayman, – dedi CSKA darvozaboni SKA xokkey jamoasi murabbiyi Igor Larionovga bergan intervyusida.

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика