So’nggi yangiliklar

18:21Лапорта "Барселона" қачон асосий стадионига қайтишини тушунтирди  4 17:53"Манчестер Юнайтед" Родриго учун таклиф тайёрламоқда  2 17:25Эмилиано Мартинеснинг хизматлари "Барселона" ва МЮга таклиф қилинди  6 16:57BBC канали Исроилнинг Ғазо секторидаги ҳаракатларини танқид қилган Линекерни ишдан бўшатмоқчи  11 16:30Чемпионликни бой берган "Аякс" бош мураббийи истеъфога чиқди  2 16:03"Манчестер Сити" Украина терма жамоаси ҳимоячисига қизиқиш билдирмоқда  0 15:34Роналду яқин орада фаолиятини тугатиш ниятида эмас  6 15:08Артета: "Арсенал" сўнгги уй ўйинида АПЛни ютишини орзу қилгандим"  4 14:45Breaking! "Манчестер Юнайтед" Матеус Кунья билан шартнома имзолашга яқин!  4 14:27"Лочинлар" "қалдирғочлар"нинг "қанотини қайирган" ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  3 14:18Валерий Седунов вафот этди  1 13:51"Қолишимни кутмагандим". Салоҳ – шартномаси ҳақида  1 13:22"Айнтрахт" Беллингемга кўз тикди  12 12:56"Манчестер Сити" икки футболчи учун 180 млн фунт сарфлайди  19 12:29Камолиддин Тожиев: "Педро Морейра клубдан кетдими? Раҳбариятдан сўраганингиз маъқул"  9

Usmon Toshev: "Jamoa o'sishda davom etyapti" Yangiliklar

Usmon Toshev: "Jamoa o'sishda davom etyapti"

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Yaponiyadan uchralgan mag'lubiyat haqida fikr bildirdi.

Xabaringiz bor, 15 oktyabr kuni JCH-2022 saralash bosqichining ikkinchi raund 4-tur uchrashuvlari o'tkazildi. O'z maydonida Yaponiyani qabul qilgan Tojikiston terma jamoasi 0:3 hisobida mag'lubiyatga uchradi. Bu Tojikistonning saralashdagi birinchi mag'lubiyati bo'ldi. 

O'yinda Takumi Minamino ikkita gol urgan bo'lsa, yana bir gol Takuma Asano hisobiga yozildi. Tojikiston terma jamoasi bunga qadar Yaponiyaga qarshi oxirgi marta 2011 yil bahs olib borgan va o'shanda 0:8 hisobida mag'lubiyatga uchragandi. Garchi navbatdagi mag'lubiyat ham yirik ko'rinish olgan bo'lsa-da, bosh murabbiy Usmon Toshev jamoa o'sishda davom etayotganini bildirdi. 

"Tayyorgarlik bo'yicha kam vaqtga ega bo'lganimizni hisobga olib bu mag'lubiyatni vahimali demagan bo'lardim, - deydi Usmon Qudratovich. - Futbolchilarimiz kuchli jamoaga qarshi bor kuch bilan o'ynashdi. Afsuski, har ikki jamoaning saviyasi baribir farq qiladi. Natijadan xafamiz, lekin jamoa o'sishda davom etyapti deb bemalol ayta olaman. Futbolda poydevorsiz jamoa qurib bo'lmaydi. Qachonki kuchli raqiblarga qarshi o'ynab o'sishga erishamiz. Yaponiya bilan bahs biz uchun yaxshi saboq bo'ldi". 

Tojikiston milliy terma jamoasi noyabr oyida Myanma va Qirg'izistonga safar qiladi.

Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика