"O'ylashimcha, JCHda guruhdan chiqamiz" - Anzur Ismoilov
26 dek 2025 15:23
Yangiliklar
"O'ylashimcha, JCHda guruhdan chiqamiz" - Anzur Ismoilov
Jahon chempionati sari olib borgan to'rtta saralash davri, og'ir safarlar, etishmovchiliklar va bugun yaratilayotgan zamonaviy shart-sharoitlar — uning futbol hayotining ajralmas qismi.
Futbolchilar uyushmasining 2025 yilgi asssambleyasi doirasida Anzur Ismoilov bilan suhbatlashdik. U milliy terma jamoaning mundialdagi imkoniyatlari, guruhdagi raqiblar, jamoaga bo'lgan ishonch, shuningdek, o'tmishda Janubiy Koreyaga bo'lgan og'ir safar haqida xotiralari bilan o'rtoqlashdi. Shu bilan birga, tajribali futbolchi keyingi mavsumda ham Superligada maydonga tushish niyati borligini yashirmadi.
"Jahon chempionatida guruhimizga kuchli jamoalar tushgan. Kolumbiya juda zo'r jamoa, Portugaliyani hamma biladi. Bizdagi yigitlar ham tayyorgarlik ko'radi. Oldinda yaxshi o'yinlar, o'rtoqlik uchrashuvlari kutib turibdi. O'z yigitlarimizga ishonamiz. O'ylashimcha, guruhdan chiqamiz.
Avvalgi sharoitlar bilan hozirgisini solishtirib bo'lmaydi, chunki men to'rtta saralash bosqichini ko'rganman. U paytlarda bitta forma uchun ham muammolar bo'lardi. Safarlar, mehmonxonalar, qaerda yashashimiz — hammasi muammo edi. Qaysi maydonni bersa, o'sha erda yugurib yuraverardik. Hozir esa hamma narsa tayyor", – deydi Anzur Ismoilov.
— 2013 yil Koreya Respublikasiga 0:1 hisobida mag'lub bo'lganmiz. O'shanda safarga borishda qiynalganmiz. Xitoydan Vladivostok orqali uchib borilgan va bir sutka yo'qotilgan. Shu voqeaning tarixi haqida guvoh sifatida so'zlab bersangiz...
— Xitoydan to'g'ridan-to'g'ri Koreyaga parvoz qilishimiz kerak edi. Changli ob-havo sabab parvozdan qolib ketganmiz. Vladivostok orqali etib borish juda qiyin bo'lgan. Hozir esa charter reyslar bor.
— Keyingi yil 41 yoshga to'lasiz. Superligaga tayyorgarlik qanday ketyapti?
— Tayyorgarlik olib boryapmiz. Rahbariyat yana bir yil imkoniyat berdi. Jamoaga yordam berishimni aytishdi. Harakat qilamiz.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar
90 minutda ximoyachi jarima maydonida chaladimi. Bu dumbil
uyinchi edi
Соч турмани 21 )))