Usmon Toshev: "Asabiy o'yin bo'ldi"
09 iyu 2018 19:38
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/442887_original.jpg)
![](/upload/storage/442887_220.jpg)
Usmon Toshev: "Asabiy o'yin bo'ldi"
"CAFA U-16 Championship" doirasida Tojikiston termasiga qarshi uchrashuvdan keyin O'zbekiston termasi bosh murabbiyi Usmon Toshev o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
"Natija juda yaxshi. O'yin sifati borasida to'xtaladigan bo'lsam, futbolchilar ko'p asabiylashdi. Futbolchilar yutayotganligi bunda halal berdi. Ruhiyat borasida ular raqiblaridan ustun bilishdi. Turnir futbolchilarga xalqaro tajriba va katta amaliyot berdi.
Jazirama bo'lishini bildik. Stadion ham o'zgardi. Bu erda biroz shamol bo'lib turdi. Ha, yigitlar kechki vaqtda o'zlarini yanada yorqinroq ko'rsata olishlari mumkin edi. Bunday o'yinlarda tiklanish jarayoni juda qiyin kechadi. Balki, shunday jazirama tufayli futbolchilar ko'proq asabiylashib, qizil kartochkalar olishgandir.
SHogirdlarimni turnir g'olibligi bilan tabriklayman", - dedi Toshev.
O’xshash yangiliklar
09:41
Zafarmurod Abdirahmatov: "Tariximizdagi birinchi olimpiadada faqat ishtirok bilan cheklandik" 15
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar