So’nggi yangiliklar

09:50Зайниддин Тожиев Пролига жамоасида иш бошлади  0 09:14"Бухоро" беш нафар футболчини рўйхатдан ўтказди  1 08:40"Пахтакор" футболчисини "Динамо"га ижарага берди  2 08:09ОКМК ҳужумчиси иккинчи даврани водийда давом эттиришга яқин  0 07:402026 йилги жаҳон чемпионатига қуръа ташлаш маросими қаерда ва қачон бўлиб ўтиши маълум  4 00:47Мбаппе "Реал"да 10-рақамнинг янги эгасига айланди  2 00:01Расман: "Манчестер Сити" "Бёрнли"дан дарвозабон сотиб олди  3 23:40"Челси" Кукурельяга янги шартнома таклиф қилади  0 23:17Луис Диас қачон "Бавария" футболчиси сифатида таништирилиши маълум бўлди  1 22:52Расман: "Насаф" нигериялик футболчи билан шартнома имзолади  4 22:40Турғунбоев "Пахтакор"да қайси рақамни танлади?  4 22:15Расман: "Навбаҳор" бразилиялик футболчи билан шартнома имзолади  9 22:10Расман: "Насаф" албаниялик ҳужумкор ярим ҳимоячи билан шартнома имзолади  10 22:05Расман: "Андижон" Токотаевни ўз сафига қўшиб олди  11 21:38"Навбаҳор" Суперлиганинг биринчи даврасини "Нефтчи"да ўтказган икки ўйинчи билан шартнома имзолади  8

Ushbu yozda APLda amalga oshgan eng yaxshi 5 transfer Yangiliklar

Ushbu yozda APLda amalga oshgan eng yaxshi 5 transfer

Angliya Premer-ligasi - dunyoning eng qiziqarli chempionatlaridan biri ekanligini barcha biladi.

Ushbu liga jamoalarida har doim eng yaxshi futbolchilar o'ynaydi va transfer qilinadi. Etiboringizga ushbu yozda APL klublari tomonidan amalga oshirilgan eng yaxshi transferlarni taqdim qilamiz.

RISHARLISON

"Everton" boshqaruvini o'z qo'liga olganidan keyin Marku Silva tarkibni kuchaytirish uchun barcha imkoniyatdan foydalanmoqda. Uning asosiy maqsadi, o'tgan mavsumda "Uotford"da porlagan braziliyalik vinger Risharlison bo'ldi. Endi u "Everton"da "yayramoqda". Liverpul jamoasi uni katta mablag'ga sotib olib, ajoyib ish qildi. U APLning o'tgan 3 turida 3ta gol urdi va to'xtashni istamayapti.

Silva braziliyalikning kuchli tomonlarini ishlatish yo'llarini biladi. Risharlison nafaqat oyoqda, balki bosh bilan ham yaxshi o'ynaydi, shuningdek, jismoniy jihatdan anchagina kuchli. U shunday o'yinlari tufayli Braziliya termasiga ham chaqirildi. Bu esa uning qanday futbolchi ekanligini ko'rsatadi.

ALISSON BEKKER

Nihoyat, "Liverpul"da ham ishonchli darvozabon bor. Jamoa himoyachilari ortida har bir vaziyatdan olib chiqa oladigan, zarbalarni qaytarishni uddalaydigan ajoyib kiper borligini his qilishmoqda. O'z vaqtida Simon Minole barqarorlikni namoyish qila olmagandi, Karius esa jamoadan dahshatli xatolar bilan ketdi.

Alisson esa "Liverpul" uchun ajoyib transfer bo'ldi. Endi klub o'z tarixida ilk marta APL chempionligini qo'lga kiritish uchun tayyor desak ham bo'ladi.

JORJINO

Italiyalik futbolchi so'nggi lahzalarda "Manchester Siti"ga o'tish fikridan qaytganidan Pep Gvardiolaning jahli chiqqanligi aniq. Sarri uni "CHelsi"ga olib keldi. Uning "aristokratlar" tarkibidagi o'yini shunchaki ajoyib. Uning "Nyukasl"ga qarshi o'yinini misol qilib keltiramiz. Yarim himoyachi 158, "qarg'alar"ning butun tarkibi esa 131 marta o'z sherigiga pas oshirgan. SHu tufayli Sarri unga ishonch bildirmoqda. "CHelsi"ning turnir jadvalida egallab turgan o'rnida uning hissasi katta.

NABI KEYTA

Katta mablag'ga sotib olingan futbolchiga Yurgen Klopp ishonch bildirmoqda. Endi u uzoq vaqt Stiven Jerrard o'ynagan 8-raqamda maydonga tushmoqda.

"Keyta - Stivi Jidan keyin 8-raqamda o'ynashga loyiq bo'lgan yagona futbolchi, u buning uchun ideal darajada. Stivi o'z harakatlari bilan "Liverpul"ning ishonchli futbolchisi bo'lgandi. Keyta ham shunday bo'la oladi", - dedi "qizillar"ning sobiq posboni Bryus Grobelar.

Keyta o'yinni o'ziga olishdan qo'rqmaydi va holatni yaxshi nazorat qila oladi. Hozircha uning o'yinlarida biroz kamchiliklar bor. Biroq u kelajakda Klopp mexanizmining muhim bo'lagiga aylana oladi.

RIYOD MAHREZ

Mahrezning qishki ertaklari o'tib ketdi. Endi u o'zi uchun sarflangan mablag'ni oqlashi va Pep Gvardiolaning "Manchester Siti"si ishonchiga kirishi kerak.

Uning "Arsenal"ga qarshi o'yini "shaharliklar" rahbarlariga maqul keldi. Rostdan ham, u o'ng qanotda ko'plab hujumlarda qatnashdi. SHu orqali u Gvardiola falsafasiga mos tushishini ko'rsata oldi.

Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика