So’nggi yangiliklar

08:56"Насаф" футболчиси фаолиятини Тошкент жамоасида давом эттиради  0 08:28Sofascore. Кечаги учрашувдан сўнг "Бургутлар" неча баҳога лойиқ кўрилди?  0 08:25ОЧЛ-2. “Ал-Аҳли” - “Андижон” 2:0  1 07:59Расман. Ўзбекистон чемпиони "Қўқон-1912" билан шартнома имзолади  3 07:32Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”  15 00:50Расман: Ренан Лоди Бразилия клубига ўтди  0 00:20Флик "Барса" билан шартномасини 2028 йилгача узайтириш масаласини муҳокама қилади  0 23:55Ла Лигада декабрь ойининг энг яхши ўйинчиси бўлишга номзодлар номи маълум қилинди  2 23:34ОЧЛ-2. "Ал Насср" "Ал Завраа" устидан йирик ҳисобда ғалаба қозонди. "Истиқлол" "Ал Муҳаррақ"дан устун келди  1 23:07ОЧЛ-2 "Аркадағ" ўз уйида "Ал Ҳалдия"ни мағлубиятга учратиб, плей-офф босқичига йўл олди!  18 22:55ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди  138 22:36Фабрегас: "Реал"даги исталган ўйинчи майдонга тушишга лойиқ. Алонсога қийин"  2 21:45Жавоҳир Сидиқов "Насаф" билан хайрлашди  7 21:22Ван де Вен оғир жароҳат етказгани учун Исакдан кечирим сўради  1 20:52Аморим Фернандеш ва Майну "Ньюкасл"га қарши ўйнамаслигини маълум қилди  0

BALLON D'OR-2025 Yangiliklar

BALLON D'OR-2025

Teglar :  Oltin to'p
Bugun butun dunyoning nigohi Parijdagi Théâtre du Châtelet teatriga qaratiladi.

1862 yilda qurilgan va 2000 kishini o'z bag'riga sig'dira oladigan ushbu teatrda o'tgan mavsumning eng yaxshi futbolchisi aniqlanadi va "Oltin to'p" sovrini topshiriladi. Ushbu marosimni ushbu sahifada kuzatib borishingiz mumkin. Sahifani yangilab turish esdan chiqmasin.


YANGILASH


01:49. USMON DEMBELE!


01:43. Kechaning asosiy g'olibini afsonaviy Ronaldino elon qiladi.

"Oltin to'p" TOP-10


10. Nuno Mendesh

9. Donnarumma

8. Palmer

7. Mbappe

6. Hakimi

5. Rafinya

4. Saloh

3. Vitinya

2....

1....


01:35. Aytana Bonmati ("Barselona") eng yaxshi ayol futbolchi deb topildi. Bonmati "Oltin to'p"ni ketma-ket uchinchi marta qo'lga kiritmoqda.


01:25. Sahnaga ikkita "Oltin to'p"lar olib chiqildi. Tez orada ularning egalari nomi elon qilinadi. Sahnada Andres Inesta va bu belgi deb o'ylaysizmi?


01:00. "Arsenal" ayollar jamoasi (Chempionlar ligasi g'olibi) va PSJ mavsumning eng yaxshi jamoalari deb elon qilindi.


00:50. Eva Paxor ("Barselona") hamda Viktor Gyokeresh ("Sporting", hozir "Arsenal") "Gerd Myuller" (to'purar) sovrinini qo'lga kiritishdi. Shved o'tgan mavsum 63ta gol urishga muvaffaq bo'lgan edi.


00:42. Janluiji Donnarumma (PSJ, hozir "Manchester Siti") va Xanna Xemptonlar ("Chelsi" va Angliya terma jamoasi) "Yashin sovrini"ni qo'lga kiritishdi. Donnarumman o'tgan mavsum CHL g'olibi bo'ldi, Xempton esa Angliya bilan Evropa chempionati g'olibiga aylandi.


00:29. Luis Enrike (PSJ) eng yaxshi murabbiy deb topildi. Ammo ayni damda parijliklar mehmonda "Marsel"ga mag'lub bo'lishyapti.


00:23. Sabrina Vigman (Angliya ayollar terma jamoasi) eng yaxshi ayol murabbiy deb topildi.


00:15. "Barselona"ning 19 yoshli ayol futbolchisi Viki Lopes ham "Kopa" sovriniga loyiq ko'rildi.


00:10. Rafael Varan eng yaxshi yosh futbolchiga "Kopa" sovrinini topshirdi. Ushbu sovrinni LAMIN YAMAL qo'lga kiritdi.


00:00. Marosim boshlandi.


23:51. PSJ yulduzlari marosim boshlanishiga tayyor, ammo ayni damda PSJ Liga1 doirasidagi bahsda mag'lubiyatga uchrayapti. Birinchi bo'limdan so'ng hisob "Marsel" - PSJ 1:0


22:15. Mehmonlarni kutib olish jarayoni boshlandi. Qizil yo'lakchada mashhurlar paydo bo'lmoqda. Bu paytda esa reyting elon qilindi.


21:50. Théâtre du Châtelet teatri marosimiga tayyor. Mehmonlar asta-sekinlik bilan tadbirga tashrif buyurishmoqda.


21:30. "Kerak bo'lsa buni 10 marta takrorlayman. Ammo ular bunga tayyor emas" - Vinisius Junior.

O'tgan mavsum sovrin uchun kurashda ikkinchi bo'lgan Vinisius Junior bu safar 16-o'rinni band qildi.


21:15. Navbat 21-25 o'rinlarni egallaganlarga.


21:00. FranceFootball boshladi. Kuchli 30 likka kirgan dastlabki 5 futbolchi nomi malum bo'ldi.




Reyting: +15   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика