So’nggi yangiliklar

10:11«Фулҳэм» «Арсенал» футболчиси учун рекорд миқдорда пул тўлайди  2 09:43«Ал Садд» «Монако» футболчисини сотиб олди  1 09:15Sofascore. Кечаги учрашув учун Ўзбекистон ОТЖ футболчилари қандай баҳоларга лойиқ кўрилди?  13 08:47«Қўқон-1912» сардори фаолиятини бошқа бир Про лига жамоасида давом эттиради  1 08:25Ўртоқлик учрашуви. "Барселона" - "Манчестер Сити" 2:2, Холланднинг голи ҳисобга олинмади  1 08:20Олимпия ўйинлари. Чорак финал жуфтликлари билан танишинг  6 07:53Ўртоқлик учрашуви. «Ман Сити» ва «Барселона» жанговар дуранг ўйнашди  4 07:25Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  2 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  3 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  1 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  1 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  11 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  8 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  2 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  14

Urugvay - O'zbekiston uchrashuvi haqida Yangiliklar

Urugvay - O'zbekiston uchrashuvi haqida

Biz uchun tarixiy o'yinga aylangan uchrashuv kutilganidek Urugvayning g'alabasi bilan tugadi.

Urugvay uchun mundial oldidan rasmiy mashg'ulot vazifasini bajarishi lozim bo'lgan bahsda - O'zbekiston terma jamoasining kuchli raqiblar fonida qanday salohiyat va potencialga ega ekanligiga yana bir bor amin bo'ldik.

O'zbekiston terma jamoasi xalqaro o'rtoqlik uchrashuvlari doirasidagi eng kuchli va qiyin raqibga qarshi mehmonda, Urugvay uchun tarixiy "Sentenario" stadionidagi xayrlashuv uchrashuvida munosib qarshilik ko'rsatdi. O'yinni juda yaxshi boshladik. Kapadze terma jamoamizning ustunlik tarafini hisobga olgan holda, to'p nazorati va qisqa paslar orqali o'yinni qurishga harakat qildi. Hamrobekov, G'aniev, Sidiqov uchligi markazda dastlabki 30 daqiqa juda sovuqqon va xotirjam o'ynadi. Qisqa paslar orqali hujumga o'tishga urinishlar amalga oshirildi. Ammo qanotlar kutilganidek hujumga faol ishlamadi. Hujumga qo'shilishda har ikkala qanot vingerlari passiv harakat qilishdi. Natijada hujumda vaziyat yaratishda muammolarga duch keldik. Lekin Urugvaydek jamoaga qarshi o'yinda hujumga o'tishga bo'lgan urinishlarniyoq alohida takidlab o'tish joiz. Har holda Osiyo grandlariga qarshi oxirgi yillari shunchaki to'pni tep, yugur uslubidan voz kechildi. Marokash, Senegal, Urugvay singari raqiblarga qarshi o'sha qo'rqoq uslubdan voz kechilishiyoq oldinga tashlangan qadam.

To'g'ri, uchrashuvda xatolar kuzatildi. Lekin qo'pol pozicion xatolar emas, balki texnik xatolar uchradi. Aynan Sidiqovning maydon markazidagi texnik xatosidan keyin birinchi gol vujudga keldi. Golga qadar esa jamoa xotirjam, sovuqqon futbol namoyish etayotgandi. O'sha vaziyatda terma jamoamiz hujumga o'tayotganda, Sidiqov to'pni ko'proq o'zida saqlab qolish natijasida kutilmaganda texnik xatoga yo'l qo'ydi. Himoyachilar esa o'z hududlariga qaytishga ulgurishmadi. Luis Suares esa uzilib qolgan himoya chizig'ini birgina aniq uzatma bilan butunlay kesib yubordi.

Sidiqovning texnik xatosi va o'tkazib yuborilgan goldan keyin jamoaning kayfiyati tushib ketdi. CHunki kuchli raqiblarga qarshi odatda kuchsiz jamoalar birinchi golga qadar munosib qarshilik ko'rsata olishadi. Buyog'i esa ruhiyat bilan bog'liq masala. Golgacha nafaqat jamoa, balki Javohir Sidiqov juda yaxshi o'ynayotgandi. Ayniqsa Sidiqov juda faol va hujumlarni tashkil etishda jonbozlik ko'rsatayotgandi. Xato Sidiqovni o'yinini izdan chiqargan bo'lsa, gol butun jamoa ruhiyatiga tasir ko'rsatdi.

SHundan so'ng himoyada texnik xatolar biroz ko'paydi. Ammo ikkinchi tempda xavfni bartaraf etishga ulgurdik. Malum vaqt o'tgach jamoamizning o'yini yana izga tushgandek bo'ldi. Ammo to'pni faqat maydon markazi yoki o'zimizni hududimizda nazorat qildik. Hujumga o'tishda bog'lamlar bir tekis ishlamagani va g'oya kamligi to'sqinlik qildi. Aynan oldingi chiziqda jamoa nimalar bilan mashg'ul bo'lishi, hujumni qanday tashkil etish borasida tasavvurlari kamlik qildi. Bu erda raqibning nomi va kuchi ham futbolchilarga ruhan tasir qilganini qo'shimcha qilish lozim.

Ikkinchi gol ham yana texnik xato tufayli vujudga keldi. Yani Rustam Ashurmatov kutilmagan tasodif evaziga to'pni qo'li bilan o'ynab yubordi. Hakam esa "nuqta"ni ko'rsatdi. Suares esa "nuqta"dan adashadigan futbolchi emas.

Uchinchi golni esa standart vaziyatidan keyin o'tkazdik. Kishini quvontirgan jihat, Urugvayga qarshi bahsda himoya chizig'i pozicion juda tartibli va ishonchli o'ynadi. Gollar fors-major, yani texnik xatolar va standart vaziyatlaridan keyin o'tkazildi. Bu ko'proq raqibning nomdorligi va kuchliligi tasiri natijasida yuzaga kelgan holat.

Hujumda g'oyalarimiz juda tanqisligi va tanlov yo'qligi asosiy kamchilik. Aynan shu jihatlarni pand tomoni shunda bo'ldiki, birinchi gol bo'lgan vaziyatdan oldin Sidiqov oldingi chiziqda variant izlab to'pni o'zida ko'proq saqlab yubordi. Yani, oldingi chiziqda tanlov va bog'lamlar ishlamayotgan pallada, markazdagi futbolchilar to'pni yo'qotib qo'yishadi. CHunki boshlanayotgan hujumlar to'p o'rtaga kelganda to'xtayotgandi.

"Sentenario"dagi uchrashuvda golga qadar malum muddat tashabbusga ham egalik qilganimiz yoqimli holat. Buni esa Urugvay terma jamoasi kutmagani aniq. Ular O'zbekiston fonida oddiyroq, mashg'ulot o'tkazishga mos raqibni ko'rishgani aniq. Lekin jamoamiz o'z o'yini bilan bizga bepisand ko'z bilan qaramasliklariga majburlay oldi. O'zbekiston bilan o'yin Urugvay uchun shunchaki rasmiy mashg'ulot emas, balki foydali va jiddiy o'rtoqlik bellashuviga aylandi. CHunki Urugvayning mundialdagi guruhdagi raqiblari - Misr, Rossiya va Saudiya Arabistoniga bog'liqlik va yaqinlik taraflarimiz mavjud.

Rossiya terma jamoasiga mentalitet va uslub jihatdan yaqinroqmiz. Misr terma jamoasi bilan texnik taraflama o'xshab ketamiz. Saudiya Arabistoni esa qitdoshimiz va qarshi hujumlarga o'tishda o'xshash taraflarimiz ko'p. SHu boisdan ham Urugvay uchun O'zbekistonga qarshi o'yin foydali bo'ldi. Buni Oskar Tabaresning fikrlaridan ham o'qib olish mumkin. Muhimi, biz Urugvayni hayron qoldirdik.

Kishini xursand qilgan jihatlardan biri - Hamrobekovning tayanch hududida o'rnatgan hokimligi. Hamrobekov terma jamoamizning haqiqiy tayanchiga aylanayotganini isbotladi. Buyog'iga O'zbekiston terma jamoasida Odil ismli etakchilar soni yana bittaga ko'payadigan.

SHunday kuchli va yulduzli terma jamoalar bilan o'rtoqlik uchrashuvlari bizga ishonch va sovuqqonlikni taqdim etadi. Bu kabi o'yinlar kuchli raqiblarga qarshi immunitetimizni kuchaytiradi.

Kuchli jamoalar fonida kamchiliklarimizni ko'rib olamiz. Urugvay bilan o'yin bizga juda katta maktab bo'lishi shubhasiz. Bu bahs bizga haqiqiy ko'zgu vazifasini bajarib berdi. Muhimi, kerakli xulosalarni chiqarish lozim.

Ko'p narsa esa kelajakda terma jamoamizni kim boshqarishi va unga Temur Kapadze haqiqatdan ham yordamchi bo'lishiga bog'liq. Agarda Kapadze yangi keladigan murabbiyga yordamchi bo'lsa, unda bu o'yinlarning mevasi sezilishi aniq. Agarda Kapadzedan shunchaki vaqtincha shox vazifasida foydalanib turgan bo'lsak, bu nomdor jamoalarga qarshi o'yinlar shunchaki havoga uchirib yuborilgan bo'lib qoladi. CHunki yangi keladigan murabbiy o'z yo'nalishi va yondoshuvidan kelib chiqib, barcha ishni noldan boshlaydi.

Kelajakda yarim himoya va hujum bog'lami ustida ishlash borasida nisbatan kuchsiz raqiblarni o'rtoqlik o'yinlarida tanlashga to'g'ri keladi. Bu nafaqat bog'lamlarni ishga solish uchun, balki jamoaning ruhiy holati, yani g'oliblik ruhini ko'tarish uchun ham xizmat qilishi kerak bo'ladi.

Oddiy misol, Urugvay muhim musobaqa oldidan biz bilan o'ynadi. Germaniya esa Jahon chempionatiga yo'l olish arafasida bugun Saudiya Arabistoniga qarshi o'ynaydi. Sababi aniq.

Biz shakllanish va kuchayish uchun nafaqat kuchli raqiblar bilan o'ynashni, balki jahon tajribasining bu tarafidan ham o'rnak olishni unutib qo'ymasligimiz lozim. Hammasi meyor bilan va o'z vaqtida bo'lgani yaxshi. Bundanda muhim jihat shuki, biz tezroq yangi bosh murabbiy borasida aniq to'xtamga kelishimiz va Osiyo kubogi uchun maxsus rejalarni tayyorlashimiz shart.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +66   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика