Urugvay - Janubiy Koreya uchrashuvida birorta aniq zarba berilmadi
24 noy 2022 20:44
Yangiliklar


Urugvay - Janubiy Koreya uchrashuvida birorta aniq zarba berilmadi
FIFA statistikalariga ko'ra, Urugvay va Janubiy Koreya uchrashuvida birorta aniq zarba yo'llanmadi.
Bahs davomida janubiy amerikaliklar darvoza tomon 10, osiyoliklar esa 6 bora zarba berishgan. Aniq zarbalar bo'yicha hisob - 0:0.
"Gracenote Sports" malumotiga ko'ra, XXI asr jahon chempionatlarida hali bunday hodisa kuzatilmagandi.
O'z navbatida boshqa sayt statistikalarida ham aniq zarbalar bo'yicha hisob 0:0ni tashkil qilgan. Qayd etish kerak, darvoza ustuni yoki to'siniga tekkan zarbalar aniq zarba hisoblanmaydi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar