So’nggi yangiliklar

16:30"Ал Насср" "Челси" ҳимоячисига даъвогар  0 16:15Сўнгги мавсумини Туркияда ўтказган дарвозабон "Андижон"га келмоқда  0 16:02Расман: "Пахтакор" Турғунбоевни сафига қўшиб олди  3 15:49Расман: Рустам Турдимуродов – "Сурхон" аъзоси!  4 15:32Грилиш "Манчестер Сити"да машғулотларни давом эттирмоқда  0 15:10Мираброр Усмонов Кубоги-2025 мусобақаси тақдирлаш маросимидан ГАЛЕРЕЯ  1 14:55Аёллар Осиё Кубогига қуръа ташланди: Ўзбекистон КХДР билан беллашади  1 14:37БУМ! Ўзбекистон МТЖ ноябрь ойида Тошкентда жаҳон чемпионига қарши ўйнайди  25 14:26Ўзбекистон U-23 терма жамоаси хотира турнирида Японияга имкониятни бой берган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:13"Арсенал" Салиба билан шартномани узайтириш жараёнини тезлаштирди  1 13:40Мақсад U-23 Осиё кубогини ютишми ёки Олимпиадага чиқиш?   3 13:20Кичик Пеледан Марадона Жуниоргача: яшил майдонда омади чопмаган фарзандлар  3 12:55Ҳиндистон терма жамоаси CAFA мусобақасида Малайзия ўрнини эгаллайди  3 12:37Футбол фахрийси Гурам Дараселия вафот этди  3 12:32"Металлург" – сокинлик бағридаги юбилей  9

Urganchda xotira turniri o'tkazildi Yangiliklar

Urganchda xotira turniri o'tkazildi

O'tganlar xotirasini yodlab, ularning ruhini shod etish xalqimizning azaliy ezozli ananalari sirasiga kiradi.
Albatta, Urganch shahrida 2001-2002 yillarda tug'ilgan o'smirlar o'rtasida Mirzabek Abdullaevning  xotirasiga bag'ishlab uyushtirilgan navbatdagi turnir shular sirasidandir.
  
U hayot davrida Xorazm viloyati xalq talimi boshqarmasiga qarashli 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabida  10 yil mobaynida yoshlarga “charm to'p” o'yini sir-asrorlarini o'rgatib keldi. Kutilmagan kasallik uni ikki yil muqaddam  yorug' olamdan olib ketdi. M. Abdullaev hayot bo'lganida 3 yanvar kuni o'zining 30 yoshini nishonlagan bo'lar edi…
  
Aynan, shu kuni unga hurmat va ehtirom ramzi sifatida Xorazm viloyati futbol federaciyasi, viloyat “Yoshlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati, 2-son BO'SM rahbariyati tashabbusi bilan o'smirlar o'rtasida ilk bor mini futbol bo'yicha xotira turniri tashkil etildi. Unda vahaning Urganch shahri, Gurlan va Urganch tumanlaridan tashrif buyurgan 11 ta jamoa ishtirok qildi.
  
Yakuniy natijalarga ko'ra,  viloyat markazidagi Navro'z shaharchasining “Navro'z” jamoasi (murabbiyi Otabek Abdullaev) turnir g'olibi bo'ldi. Ikkinchi pog'onaga urganchning “Lokomotiv-BFK” mini futbolchilari joylashishdi. Faxrli uchinchi o'ringa 2-son bolalar va o'smirlar sport maktabining “Do'stlik” va “Jayhun” jamoalari loyiq ko'rildi.
  
Musobaqaning yopilish marosimiga tashkilotchilar, Mirza Abdullaevning  hamkasblari, do'stlari va oila azolari jam bo'lishdi. O'z navbatida sovrinli o'rinlarni egallagan jamoalar diplom va sovg'alar bilan taqdirlanishdi.

            
Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика