Uorren Zair-Emeri Franciya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan so'nggi 109 yildagi eng yosh futbolchiga aylandi
19 noy 2023 07:41
Yangiliklar
Uorren Zair-Emeri Franciya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan so'nggi 109 yildagi eng yosh futbolchiga aylandi
PSJ yarim himoyachisi Uorren Zair-Emeri Franciya terma jamoasi tarkibida maydonga tushgan so'nggi 109 yildagi eng yosh futbolchiga aylandi.
U Evro-2024 saralashida Gibraltarga qarshi o'yinda (14:0) maydonga tushdi. Bu vaqtda u 17 yoshu 8 oy va 11 kunlik edi.
SHuningdek, Uorren Zair-Emeri uchrashuvning 16-daqiqasida Gibraltar darvozasiga gol urdi va shunga mos ravishda Franciya terma jamoasining 109 yildagi eng yosh gol urgan futbolchiga aylandi.
Franciya tarixidagi eng yosh futbolchi esa Moris Gastij bo'lib qolmoqda. U 1914 yil 8 fevralda 17 yosh 4 oy 5 kunligida Lyuksemburgga qarshi o'yinda Franciya terma jamoasi safida debyut qilgan. Oradan bir oy o'tib, 1914 yilning 8 martida “uch ranglilar” safida SHveycariya darvozasini ishg'ol qilgan.
O’xshash yangiliklar
16:40
Futzal bo'yicha Osiyo Kubogi saralash bosqichi. O'zbekiston Filippin bilan jangovar durang qayd etdi 5
Fikrlar