So’nggi yangiliklar

21:58МЮ товон пули 60 млн евро бўлган испаниялик хавбекка қизиқмоқда  0 21:32"Ман Юнайтед" Маунтни сотишни режалаштирмаяпти. Хавбек янги мавсумда ўзини кўрсатмоқчи  0 21:06"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди, Нишоновдан хет-трик!  1 21:01Фюллькруг Ла Лига гранди сафига ўтиши мумкин  0 20:27Назорат учрашуви. "Андижон" ва "Қизилқум" ўртасидаги ўйинда 4та гол урилди  6 19:59"Фенербахче" "Севилья" билан Юссеф Эн-Несири трансфери бўйича келишувга эришди, аммо...  0 19:33РПЛ. "Локомотив" голларга бой учрашувда "Акрон"ни мағлубиятга учратди  2 19:12"Mirabror Usmanov Cup-2024". Ўзбекистон - Қирғиз Республикаси: Таркибимиз маълум  1 18:53Эшитдик-да! Рубин Хебай Ўзбекистон чемпионатига қайтмоқда  20 18:34Расман: Азизбек Амонов — "Нефтчи" аъзоси   7 18:00Футзал бўйича BMB CUP мусобақасида энг кучлилар тақдирланди   1 17:46"Реал Сосьедад" Испания ёшлар терма жамоаси аъзосини сотиб олади  1 17:21Эшитдик-да! Санжар Қувватов "Нефтчи"ни тарк этди, у Суперлиганинг бошқа бир грандига ўтади  24 16:56Эшитдик-да! "Навбаҳор" "Олимпик"нинг 2 футболчисига жиддий қизиқмоқда  7 16:33Фабрицио Романо: Калафьорининг "Арсенал"га трансфери яқин кунларда ҳал бўлади  2

Umrtqasi singanidan keyin ham “Oltin to'p” yutgan Kakaning eng sara fikrlari Yangiliklar

Umrtqasi singanidan keyin ham “Oltin to'p” yutgan Kakaning eng sara fikrlari

“Orlando Siti” klubi yarim himoyachisi braziliyalik Rikardu Izekson dus Santus Leyti yoki oddiygina Kaka bugun futbolchilik faoliyatini yakunlashi haqida malum qildi.

Biz 2007 yilgi “Oltin to'p” sohibining eng sara fikrlarini taqdim etamiz.


To'g'risini aytsam, o'yinlarimdan o'zimning ham ko'nglim to'layotgani yo'q. Bunga bir qancha sabablar bor. Avvalo, yangi yashash joyiga moslashishda biroz qiyinchilikka uchradim. Eng asosiy sabab esa, doimiy ravishda shikastlanganimdir.

Men “Milan”ni tark etish niyatim yo'q edi. Ammo iqtisodiy vaziyat tufayli shunga majbur bo'ldim. Bu haqiqatdan ham, klubim rad etolmaydigan ajoyib taklif bo'ldi.

CHempionlar Kubogining har bir sohibi, futbol tarixining bir qismiga aylanishi turgan gap. Bunday ajoyib g'alabadagi xursandchilikni so'z bilan ifoda etish mushkul. Bosh murabbiyga ich-ichimdan ishonaman. Agar u biror narsa aytgan bo'lsa, demak shundayligi aniq.

Men uchun oila — eng muqaddas makon.



Jahon futbolida o'zimni super yulduzdek his qilaman va o'z ishimni yarata oldim deb o'ylayman. Ishda asosiysi mehnatsevarlik va o'z ustida ishlash. CHunki muvafaqqiyatga erishish uchun iqtidorning o'zi kamlik qiladi. Buni uddalay olganimdan faxrlanaman. Lekin shu bilan birga zimmamda og'ir masuliyat ham borligini sezib turibman.

Men nafaqat futbolda o'ynashni, balki uni tashqaridan tomosha qilishni ham yoqtiraman. Men “Berluskoni”da 6 yil ishlaganman va bu juda muhim. U meni o'smir paytimda “San-Paulu”dan sotib olgan. Florentino Peres esa yanada yuksalishimga yordam berdi.

“Kaka” laqabini akam o'ylab topgan. Uyda xotinim meni “sevgilim” deb chaqiradi. Meni Braziliyada Kaka, Italiyada Rikki yoki Rikardo deb chaqirishadi. Faqatgina ancha yillardan beri yonimda bo'lgan insonlar ayni damda qandayligimni bilishadi. Yosh bo'lishimga qaramay, osuda hayot tarzini afzal ko'raman, tungi klublarni esa unchalik yoqtirmayman.



Men shu kungacha egishgan yutuqlarim Xudo tomonidan berilgan inom deb bilaman. SHu sababli, doimo insonlarga yordam berishim kerak deb o'ylayman. Har kuni o'g'lim, xotinim va do'stlarim bilan duodamiz. Bu hayotimning ajralmas bo'lagiga aylangan. Onam qaynonam bilan tanish bo'lgan. Ayolim bilan u 14 yosh, men esa 19 yosh bo'lganimda tanishganmiz.

Men hal qiluvchi o'yinlarni yoqtiraman. Ronaldu buyuk futbolchi va aqlli inson. Biz do'stmiz va tez-tez uchrashib, suhbatlashib turamiz.

Jahon chempionatida ishtirok etishni hech narsa bilan tenglashtirib bo'lmaydi.

Men “5-raqam”ni Zidan bilan bir xil bo'lib qolishdan qo'rqqanim uchun rad etganim yo'q. Sababi “besh” braziliyaliklar uchun. Bu futbolchining terma jamoada o'ynashini bildiradi.


“Milan”dan ketgan vaqtimda, muxlislarni tomosha qilish menga huzur bag'ishlagan edi. Ular uyimning yonida ketmasligimni so'rab turishgan. O'sha vaqtda ichimdan ajoyib hissiyotlar o'tgan. Hattoki, qanday qaror qabul qilishni bilmay qolgandim.


Men doim hujumda o'ynashni xohlaganman va faoliyatimning boshida bunga erishdim. Lekin murabbiy meni jismoniy muammo tufayli markazga qo'ydi va hozirga qadar shu poziciyada o'ynamoqdaman.

Ota-onam menga katta yordam berdi. Ular doim shunday deyishgan: “Har doim qilishing kerak bo'lgan ishni qil. Umr yo'lingda ko'p qiyinchiliklar uchrashi mumkin. Sen ularni engib o'tishing kerak”.

Agar futbolda o'ynamaganimda, otamni kasbini egallardim. Yani injener bo'lardim. Otam mening eng yaxshi maslahatchim. Nima ish qilsam ham, avval undan so'rab, fikrini bilib, keyin bajaraman.



Men “San Paulu”da o'ynab yurgan kezlarimda, suvga sho'ng'ib, boshimni urib, bo'ynimga shikast etkazgan edim. Men o'zimni juda yomon his qilsamda, suvdan chiqib, erga yotganimda boshimdan qon oqayotganini ko'rgandim. SHifoxonaga olib borib, rentgen qilishganda hammasi joyida deb aytishdi. Keyinchalik esa umurtqam singanida shol bo'lib qolmaganmning o'zi katta baxt deb bilaman.

Mening taqdimotim unutilmas bo'lgandi. Kiyinish xonasidan chiqqanimda juda ko'p odamni ko'rdim... Avvaliga bunga ishonolmadim. Bu ajoyib sovg'a bo'gandi o'ziyam. “Santyago Bernabeu”ning hayratini meni lol qoldirgandi.

Men futbolda o'ynash uchun ham yashaydigan insonman. Futbolchi faqatgina maydonga tushganda emas, har kuni professional bo'lishga harakat qilishi kerak.

Agar “Real” bizga shunday pul to'lashga qaror qilgan bo'lsa, demak biz shunga loyiqmiz, chunki biz buni so'nggi yillarda isbotlab bera oldik, shunday emasmi?!

Men “Oltin to'p”ni “Real” bilan bo'ladigan ixtiyoriy yutuqqa alishishga tayyorman. G'alabaga erishgan vaqtda murabbiy seni quchoqlab olishi tushuntirib berila olmaydigan hissiyotdir. Buni hech narsaga almashtirib bo'lmaydi.

Tanam yuklamalarga dosh bera olmayapti. 35 yoshda o'yinlardan keyin tiklanish ancha qiyin. Ammo qarorim jismoniy holatim bilan bog'liq emas. Faoliyatimni tugatish? Hozircha faqat keyingi yil «Orlando»da o'ynamasligim aniq. Bu ayni paytga qadar qabul qilgan yagona qarorim.


Jamoaviy yutuqlari
Jahon chempioni: 2002
Konfederaciyalar kubogi sohibi: 2005, 2009
Italiya chempioni: 2003/04
San-Paulu shtati chempioni: 2001
Italiya Superkubogi sohibi: 2004
UEFA CHempionlar ligasi g'olibi: 2006/07
UEFA Superkubogi sohibi: 2003, 2007
Klublar o'rtasidagi JCH g'olibi: 2007
Ispaniya kubogi sohibi: 2010/11
Ispaniya chempioni: 2011/12
Ispaniya Superkubogi sohibi: 2012

SHaxsiy yutuqlari
«Oltin to'p» sohibi: 2007
Klublar o'rtasidagi JCH «Oltin to'p» sohibi: 2007
FIFA talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi futbolchisi: 2007
Evropaning eng yaxshi futbolchisi (Onze d’Or): 2007
UEFA talqiniga ko'ra eng yaxshi futbolchi: 2006/07
UEFA talqiniga ko'ra eng yaxshi hujumchi: 2006/07
Braziliyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2002
Italiyada yilning eng yaxshi futbolchisi: 2003/2004, 2006/2007
IFFHS talqiniga ko'ra yilning eng yaxshi pleymeykeri: 2007
«Oltin samba» sohibi: 2008
Konfederaciyalar kubogining eng yaxshi futbolchisi: 2009


Xorij saytlaridan Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +26   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика