So’nggi yangiliklar

12:30МЮ ҳужумчисига харидорлар маълум қилинди  0 12:05Неймар ижтимоий тармоқларда Мбаппени ҳақорат қилди  6 11:43Ўзбекистон футзал терма жамоасининг Ироққа қарши учрашувини баҳрайнлик рефери бошқаради  2 11:22"Пахтакор-79" ПФЛ талабини бажармагани учун Биринчи лигадан четлаштирилиши мумкин  0 10:47Шерзод Эсанов: «Биз Андижон халқи ва »Андижон« мухлислари учун бор кучимизни майдонда берамиз»  7 10:20«Манчестер Сити»нинг ёзги асосий трансфер мақсади маълум  12 09:52Англия клублари 9 йил аввалги нохуш натижани такрорлашди  6 09:26Иброҳимҳалил Йўлдошев: «Осиё кубогига келишим жуда қийин бўлди»  4 09:01Клопп жамоасини Европа лигасидан чиқиб кетгани ҳақида фикр билдирди  3 08:36Ўзбекистон кубоги. Бугун 2-турга старт берилади  0 08:10Футзал. Бугун терма жамоамиз 2-турда майдонга тушади  0 07:47«Байер» навбатдаги рекордни ўрнатди   6 07:05U-23 Осиё кубоги. Иордания - Қатар 1:2   0 07:00U-23 Осиё кубоги. Индонезия - Австралия 1:0   0 06:55Европа лигаси. "Марсель" - "Бенфика" 1:0 (Пенальтилар 4:2)   0

Umidli yoshlar: Italiya termasining yangi avlodi Yangiliklar

Umidli yoshlar: Italiya termasining yangi avlodi

Evropaning amaldagi chempioni safida o'zgarishlar yuz bermoqda.

"Skuadra Adzurra" murabbiyi Roberto Manchini ham bu haqida malum qildi. Bugun UEFA Millatlar Ligasida Italiya termasi sharafini ilk bor himoya qilgan o'yinchilar haqida suhbatlashamiz.


Jorjo Skalvini "Atalanta"

Jorjo "Atalanta"da mavsumni yomon o'tkazmadi va Italiya termasiga chaqiruv oldi. Bu katta yutuq, lekin yanvarda katta o'quv mashg'ulot yig'iniga ham chaqirilganini unutmaslik lozim. Afsuski, Skalvinining debyuti uncha o'xshamadi. U Germaniyaga qarshi bahsning 2-taymida maydonga tushdi. O'yin 2:5 hisobida nemislar g'alabasi bilan yakunlandi.


Salvatore Espozito "SPAL"

Espozitoning termaga chaqirtirilishi ko'pchilikni hayron qoldirdi. Ha, tayanch yarim himoyachi "SPAL"da yomon o'ynamadi, ammo jamoa V Seriyada 15-o'rinni egalladi va xavfli zonada zo'rg'a jon saqlab qoldi. U hattoki, Italiya yoshlar termasida ham etakchi rolida bo'lmagan, lekin baribir Manchini shtabining etiboriga tusha oldi. U Angliya termasiga qarshi uchrashuvda zaxiradan maydonga tushib, juda yaxshi o'yin ko'rsatganini takidlash lozim. Salvatore ishonchli harakatlandi, shuningdek, Raspadoriga gol uchun ajoyib imkon yaratib berdi. Asosiysi, u "SPAL"da qolib ketmasligi uchun oldinga qadam tashlashi lozim. Aks holda, termaga boshqa chaqirilmasligi mumkin.


Samuele Richchi "Torino"

Italiya o'smirlar termasining ko'zga tashlangan o'yinchilaridan biri — Samuele 18 yoshida "Milan" etiboriga tushdi. SHu qishda "Torino"ga ijaraga berilgan futbolchi "buqalar" safida yaxshi o'ynay oldi. Germaniyaga qarshi bahsda Sandro Tonalining o'rniga tushib, terma safida debyut qildi. Ammo keyin qaydnomaga boshqa kiritilmadi. Italiya termasining maydon markazida raqobat juda kuchli. SHunday ekan, chaqiruvning o'zi katta baxt desak mubolag'a bo'lmaydi.


Matteo Kancheleri "Verona"

"Mastiflar"ning qanot yarim himoyachisi Tuttosport versiyasiga ko'ra, dunyoning eng yaxshi yosh futbolchilari ro'yxatiga kiritildi. Termaning murabbiylar shtabi joriy mavsum uning ishonchli o'yiniga etiborini qaratdi. Germaniya bilan uchrashuvda Matteoga imkon berildi: 6 daqiqa o'ynaganiga qaramay, sariq kartochka olishga ulgurdi va qaydnomaga boshqa kiritilmadi. Matteo ham xuddi Richchi kabi bunday darajada o'ynashga to'liq tayyor emas ekan.


Federiko Dimarko "Inter"

"Inter" futbolchisi universalligi bilan Manchini nazariga tushdi. Dimarko chap tomonda o'zini qulay his qiladi va standartlarni yaxshi amalga oshiradi. Ammo zarur vaziyatlarda himoya markazida, shuningdek, vinger rolida ham o'ynay oladi. U termaga hozir chaqirilgani ajablanarli bo'lsa-da, yomon o'ynamadi. Ayniqsa, Angliya bilan o'yinda Jeymsga munosib qarshilik ko'rsata oldi. "Inter" safidan tushib qolmasa, "Skuadra Adzurra"ga yangi chaqiruv olishi aniq.


Luis Felipe "Lacio"

Braziliyalik shu yilning yanvarida Italiya pasportini oldi, martda esa Manchini yig'iniga chaqirildi. Germaniyaga qarshi bahsda debyut qildi, lekin uni omadli chiqdi deyish qiyin. Luis zaxiradan tushdi va bir necha bor qo'pol xatolarga yo'l qo'ydi. Lekin Felipeni bir chetga surib qo'ymaslik kerak. Kellini va Bonuchchi ketsa, himoya markazida imkoniyat katta bo'ladi.


Davide Frattezi "Sassuolo" 

"Sassuolo" markaziy yarim himoyachisi mavsum kashfiyotlaridan biri bo'ldi. Hozirda Italiyaning etakchi klublari unga qiziqish bildirmoqda. "Neroverdi" esa katta foyda olishni rejalashtirmoqda. Manchini uni termaga chaqirib, uch o'yinda ham uni asosiy yarim himoyachi qilgani bejizga emas. Frattezi ikki uchrashuvda o'rtamiyona harakatlandi, lekin nemislarga qarshi bahsda yaxshi o'ynay olmadi. Lekin bu "Skuadra Adzurra" yarim himoyasi markazidagi o'rin uchun davogar bo'lishiga to'sqinlik qilmaydi.


Tomazzo Pobega "Torino"

"Milan" tarbiyalanuvchisi Turinga ayni vaqtida keldi. Ivan Yurich uning kuchi va mehnatsevarligini qadrlaydi. Pobega esa bu mavsum hamma tomondan sezilarli darajada o'sdi. Aytgancha, markaziy xavbek uchun 4ta gol — yomon natija emas. Manchini ham uning o'yinini yuqori baholab, yig'inga chaqirdi. Tomazzo Germaniya bilan uchrashuvda ishtirok etdi, lekin maydonga boshqa tushmadi. Albatta, u o'z ustida ko'p ishlashi kerak, biroq Pobega rotaciya o'yinchisi bo'lish ehtimoli yuqori.


Alessio Dzerbin "Frozinone"

Vinger V Seriyada mavsumni sezilarli darajada yaxshi o'tkazdi: 9ta gol urdi, 5ta golli uzatma berdi. Albatta, termaga chaqirilishi kutilmagan yangilik bo'ldi, lekin unga hozirdan ortiqcha baho bermagan maqul. Manchini Alessioni kuzatdi va Vengriyaga qarshi bahsda uni kam vaqtga bo'lsa-da, maydonga tushirdi. Agar keyinchalik ham hammasi ko'ngildagidek bo'lsa, u holda termaga yana chaqirilishi turgan gap.


Federiko Gatti "Frozinone"

Bir yil avval Gatti S Seriyada to'p tepardi. "Frozinone"dagi ajoyib mavsumdan keyin "Yuventus" klubi va terma murabbiylar shtabi etiboriga tushdi. Manchini uning klubdagi o'yinini ko'rib hayratlangan, yig'inda esa Gatti uni chaqirish to'g'ri ish bo'lganini isbotlay oldi. U Angliya bilan uchrashuvda yaxshi o'ynadi va xatoga deyarli yo'l qo'ymadi. Agar himoyachi mehnat qilishda davom etsa, "Skuadra Adzurra"ning bir bo'lagi bo'la oladi, ayniqsa, "Yuventus" orqali termaga borish ancha osonroq.


Denyan Nonto "Cyurix"

"Inter" tarbiyalanuvchisi SHveycariyaga bordi va adashmadi. Bu mavsum u uchun omadli keldi, chaqqon forvard 8ta gol urdi va Manchini etiboriga tushdi. U murabbiyni qoyil qoldira oldi shekilli, Millatlar Ligasi 4 bahsida ham maydonga tushdi. Vengriya va Germaniyaga qarshi uchrashuvlarda to'liq o'ynadi. Nontoning muvaffaqiyat kaliti nemislar darvozasiga urgan goli bo'ldi. O'sha gol alamli mag'lubiyatni biroz unuttirgandek bo'ldi. Denyan Italiya termasi safida gol urgan eng yosh o'yinchi bo'lib, rekordni yangiladi. Undan oldin rekordni Bruno Nikole 1958 yilda o'rnatgan edi. Qizig'i, yosh iqtidor sohibi faoliyatini qaerda davom ettirishi nomalum, biroq katta ehtimol bilan uni terma safida yana ko'ramiz.


Sergey Rumyancev

Reyting: +2   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика