Vardi rafiqasi orzu qilgan transferni amalga oshirishi mumkin
19 avg 2025 11:56
Yangiliklar
Vardi rafiqasi orzu qilgan transferni amalga oshirishi mumkin
Jeymi Vardi "Napoli"ga o'tishi mumkin, bu uning rafiqasi Rebekka uchun kutilmagan sovg'a bo'ladi.
38 yoshli forvard 500 o'yinda 200 ta gol urgan hamda APL va Angliya Kubogi titullarini qo'lga kiritganidan so'ng "Lester"ni tark etdi. Endi Italiya chempionlari uni 3 oyga safdan chiqqan Romelu Lukakuga o'rinbosar sifatida ko'rmoqda. Nikolas Jekson muqobil bo'lib qolmoqda, lekin u juda qimmat.
Yoshiga qaramay, Vardi formasi va mentaliteti bilan qadrlanadi. Unga "Seltik" va "Everton" tomonidan ham qiziqish mavjud.
Avvalroq Rebekkaning farzandlari "Inter Mayami" libosida ko'rinish berishi ortidan futbolchining MLS'ga o'tishi haqida mish-mishlar kuchayib ketgandi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar