So’nggi yangiliklar

02:13"Челси" - жаҳон чемпиони!  154 01:45U-20 Жаҳон чемпионатини биргаликда қабул қиламиз. Бу қандай бўлади?  0 00:35"Бавария" "Челси" футболчисига қизиқмоқда  1 23:40"Арсенал" ва "Спортинг" Гёкереш бўйича келишувга эришишга яқин  5 22:21"Ливерпуль" ўртоқлик ўйинида "Престон Норт Энд"ни мағлуб этди  1 21:56Терма жамоадаги муҳит, аёллар футболининг ривожи, Англиядан олинган таклиф ва 23 йиллик танаффусдан сўнг қўлга киритилган Осиё кубоги йўлланмаси ҳақида — Оминахон Валиханова  1 21:30МЮ 65 млн фунтлик трансферни амалга ошириши мумкин  0 20:40"Барселона" даъвогарлик қилаётган Рэшфорд Саудия Арабистонидан ажойиб таклифни рад этди  5 19:57"Бавария" "Арсенал" вингерига қизиқиш билдирмоқда  0 19:12"Реал" Родригонинг нархини маълум қилди  14 18:20Роберто Фирмино фаолиятини Осиёнинг бошқа мамлакатида давом эттиради  3 17:43Эндрик "Реал"дан ижарага кетмоқчи эмас  4 16:5840 ёшли Касорла "Овьедо" билан шартномасини 2025/26 йилги мавсумгача узайтирди. Клуб Ла Лигага қайтди  0 16:24Эшитдик-да! Жаҳон чемпиони бўлган мураббий Ўзбекистон МТЖни бошқариши мумкин  134 16:05Шомуродов: "Аргентинага қарши ўйнаб, қайси жиҳатларимизни кучайтириш кераклигини билиб олсак бўлади"  8

Umid Ahmadjonov: O'zbekiston futbol associaciyasi do'stlikka, birdamlikka chorlovchi loyihalarni qo'llab quvvatlashda davom etadi Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: O'zbekiston futbol associaciyasi do'stlikka, birdamlikka chorlovchi loyihalarni qo'llab quvvatlashda davom etadi

FIFA Rossiyaning “Gazprom” kompaniyasi bilan hamkorlikda “Futbol do'stlik uchun” ijtimoiy loyihasining 6-mavsumiga start berilgani va 9 iyun kuni Moskvadagi “Spartak” klubi akademiyasi maydonida mazkur loyihaning ochilish marosimi bo'lib o'tgani haqida xabar berilgandi.

Bu yil ijtimoiy loyihada dunyoning 211 ta mamlakatidan 1500 nafarga yaqin bolalar, milliy associaciya delegatlari va jurnalistlar ishtirok etishmoqda.

O'zbekistondan mazkur loyihada yosh darvozabon Muslim Abdumannopov va yosh jurnalist Mardon Marupov ishtirok etyapti. Kecha kun davomida loyihaning final bosqichi bo'lib o'tdi. Bugun, 14 iyun kuni esa barcha mamlakat azolari ishtirokida “Moskvarium” saroyida katta forum bo'lib o'tdi.

Tadbirni “Gazprom” kompaniyasi direktorlar kengashi raisi Viktor Zubkov ochib berdi. SHundan keyin Ispaniya terma jamoasi va Madridning “Real” klubi sobiq posboni Iker Kasilyas so'zga chiqdi. U o'z nutqida loyihaning ahamiyati, futbol orqali do'stlar orttirish va birlashish muhimligini takidladi.


Forum davomida musobaqa g'oliblari, turli nominaciyalarda eng yaxshi yosh futbolchilar va eng yaxshi yosh jurnalistlar taqdirlandi. G'oliblarga sovg'alarni Rossiya terma jamoasining eng yaxshi o'yinchilaridan biri hisoblangan Aleksandr Kerjakov va boshqa sport yulduzlari topshirishdi. Tadbir yakunida turli shou-dasturlar o'tkazildi va qo'shiqlar kuylandi.

Ushbu loyihaning asosiy maqsadi – butun dunyodagi yosh avlod o'rtasida do'stlik, tinchlik, turli millat va madaniyat vakillariga hurmat kabi yuksak insoniy tushunchalarni targ'ib qilishdan iborat.

O'zbekiston futbol associaciyasi ham bu kabi loyihalarni hamisha qo'llab-quvvatlashga va ularda faol ishtirok etishga tayyor.

“Futbol do'stlik uchun” loyihasi butun dunyodagi bolalarni futbol atrofida do'stlashishga undagan ajoyib loyiha hisoblanadi. O'zbekiston vakillari mazkur loyihada ikkinchi bor qatnashishiga qaramay, ancha faol tarzda tadbirlarda ishtirok etishdi. O'zbekiston futbol associacisi bundan keyin ham do'stlikka, birdamlikka chorlovchi, sog'lom turmush tarzini targ'ib qiluvchi, futbolni ommalashishiga, o'zaro hurmatni oshishiga olib keluvchi loyihalarni qo'llab-quvvatlashda davom etadi” , - deydi O'zbekiston futbol associaciyasi birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov.

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика