Sankt-Peterburgda 64 davlat bolalari ishtirokida forum o'tkazildi
Aslanov Jasurbek
4 iyul 2017, 02:10
Rossiyaning shimoliy poytaxti hisoblangan Sankt-Peterburg shahrida “Futbol do'stlik uchun” nomli Xalqaro bolalar forumi bo'lib o'tdi.
Marosimda dunyoning 64 mamlakatidan kelgan 1000 nafardan ziyod bolalar ishtirok etishdi. Beshinchi bor tashkil etilgan forumda Yevropa, Osiyo, Afrika, Janubiy va Shimoliy Amerika qitasi vakillari qatnashishdi.