So’nggi yangiliklar

00:44"Барселона" Рэшфордни 30-35 млн еврога сотиб олиш ҳуқуқига эга бўлади. МЮ 50 млн хоҳлаганди  1 00:12"Реал" ярим ҳимоячисини 20 млн еврога сотмоқчи  0 23:27Икки футболчи "Машъал" билан хайрлашди  0 22:53Ўзбекистон U-23 ўртоқлик ўйинида "Бунёдкор" билан дуранг ўйнади  2 22:16Эшитдик-да! "Андижон"ни тарк этган дарвозабон Тошкент клубига ўтмоқда  1 22:04"Шўртан" 7 та гол урилган ўйинда амалдаги чемпион "Насаф"ни мағлуб этди  2 21:28"Хоразм" августдан бошлаб уй ўйинларини вақтинча Олмалиқда қабул қилади  6 20:57Шкриньяр "Фенербахче" билан 4 йиллик шартнома имзолайди  1 20:21"Пахтакор" ва "Локомотив" ўртасидаги назорат ўйинида тўртта гол урилди  4 19:57"Нефтчи" футбол клубининг қароргоҳида очилиш маросими бўлиб ўтди  14 19:28Рэшфорд "Барселона"га ўтиш арафасида  6 18:55"Реал" икки футболчи билан шартномани узайтирмоқчи  0 18:25Муҳаммадали Ғиёсов "Нефтчи" билан хайрлашди  6 17:50"Манчестер Сити" юлдузи "Галатасарой"га ўтиши мумкин  0 17:15"Реал" Родригони 100+ млн еврога сотишга тайёр. Футболчига АПЛнинг икки клуби қизиқиш билдирмоқда  13

Umid Ahmadjonov: "O'yin vaqtini cho'zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Kerak bo'lsa, jamoaga texnik mag'lubiyat yozilsin" Yangiliklar

Umid Ahmadjonov: "O'yin vaqtini cho'zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Kerak bo'lsa, jamoaga texnik mag'lubiyat yozilsin"

O'zbekiston Milliy olimpiya qo'mitasi prezidenti, O'FA birinchi vice-prezidenti Umid Ahmadjonov bugun yurtimizda futbolni yanada rivojlantirish va Superliga o'yinlarining shaffof o'tishini taminlash maqsadida yig'ilish tashkil qildi.

MOQ majlislar zalida o'tgan mazkur yig'ilishda O'FA va PFL mutasaddilari, Superliga klublarining bosh murabbiylari va hakamlar ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolimizda yuzaga kelayotgan kamchiliklar, oqsalishlar va kelishilgan o'yinlar xususida to'xtalib o'tdi.

“Futbolimizni imkon qadar tezroq Evropa darajasiga olib chiqishimiz kerak. Buning uchun barchamiz birdam bo'lib ishlashimiz talab etiladi. Kelishilgan o'yinlarga aralashgan shaxslarni og'ir jazo kutib turibdi. Futbol faqat muxlislar uchun. Hozir o'yinlarni 18 ta telekamera tasvirga olishi va VAR tizimini qo'llash bo'yicha yangi loyiha ustida ishlayapmiz. Muxlislarga shaffof o'yin namoyish qilishni taminlashimiz lozim. O'yin vaqtini cho'zadigan futbolchilar jiddiy jazolansin. Ularga sariq va qizil kartochkalarni ayamasdan ko'rsatinglar. Kerak bo'sla, jamoaga texnik mag'lubiyat yozilsin. Ertaga boshlanadigan yangi turdan mana shu tizimni tatbiq qilaylik”, – dedi Umid Ahmadjonov.



Yig'ilish davomida Umid Ahmadjonov futbolni yanada rivojlantirish borasida tegishli ko'rsatma va chora-tadbirlar, qilinishi kerak bo'lgan ishlar yuzasidan masul mutasaddilarga qo'shimcha ko'rsatmalar berdi. SHuningdek, PFL rahbarlari muxlislar uchun stadionlarda qulay shart-sharoitlar yaratish, barcha stadionlarda oilaviy sektorlar tashkil etish, o'yin vaqtini belgilash vaqtida ko'pgina mezonlarni hisobga olish borasida kerakli topshiriqlarni qabul qilib olishdi.

Hakamlar nomidan so'zga chiqqan Ravshan Ermatov o'yinlar davomida futbolchi va murabbiylarni feyr-pleyga amal qilishga, sof o'yin vaqtini oshirishga chaqirdi. Ko'plab vaziyatlarda futbolchilar vaqt cho'zish uchun yotib olishlari xunuk holat ekanligi, bunday holatlar futbol jozibasini tushirishini takidlab o'tdi.



"Dinamo" - "Navbahor" uchrashuvi haqida haligacha ijobiy fikrlar bildirilmoqda. O'yin shiddatli va kurashlarga boy tarzda, muxlislarga yoqadigan ko'rinishda o'tdi. Buning uchun har ikki jamoa bosh murabbiylariga minnatdorchilik bildirib o'tmoqchiman. Ular o'yin boshida futbolchilar maydonga yiqilib, yotib olishgan vaziyatlarda hakamlarga emas, o'z futbolchilariga etiroz bildirishdi. Turib o'yinni davom ettirish kerakligini takidlashdi. Natijada, keyin hamma chiroyli va shiddatli o'yin guvohiga aylandi. Barcha murabbiylardan mana shunday yo'l tutishni, futbolchilar bilan tushuntirish ishlari olib borishni so'rab qolardik", - dedi Ravshan Ermatov.

SHuningdek, o'yin paytida hakamlar va raqiblarini so'kadigan, o'z hissiyotlarini jilovlay olmaydigan futbolchilarni qatiy jazolash bo'yicha ham ish olib borilishi takidlab o'tildi.

Reyting: +49   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика