So’nggi yangiliklar

00:28Улуғбек Бакаев: "Дурангга мос ўйин бўлди"  0 00:14"Манчестер Сити" ҳимоячиси "Фенербахче"га ўтиши мумкин  0 23:48Максим Шацких: "Ҳисоб 1:0 вақтида биз иккинчи голни уришимиз керак эди"  1 23:12Асрор Алиқулов: "Иккинчи голни уриб олганимиздан кейин футболчилардаги босим йўқолди"  0 22:54Баҳром Ҳайдаров: "Бугунги мағлубият учун барчадан узр сўрайман"  9 22:50Ўзбекистон U-17 терма жамоаси иккинчи ўйинда ҳам Чилини мағлуб қилди  21 22:05Суперлига. "Машъал" Қўқонда жавобсиз тўртта гол урди  13 21:53Суперлига. "Бухоро" ва "Андижон" Самарқандда муроса кўчасини танлади  19 21:17Мбемо "Тоттенхэм" ва "Манчестер Юнайтед" ўртасида танлов қилди  0 20:5639 ёшли Милнер шартномани узайтирди  2 20:39"Тоттенхэм" "Манчестер Юнайтед" эгасини судга берди  0 19:46Рэшфорд агентларига "Барселона"га қўшилишни истагаётганини айтди  5 19:21Ўзбек телеканаллари Абдуқодир Ҳусанов иштирок этадиган Клублар ўртасидаги ЖЧ намойиш ҳуқуқини қўлга киритди  14 18:44Рабьо "Милан"га ўтмоқчи эмас  0 18:17Расман: "Реал" ҳужумкор ярим ҳимоячи трансферини эълон қилди  33

Ulug'bek Hoshimov: "Paxtakor"da o'ynab ketishim aniq emas edi, "Neftchi" taklifi esa kutilmagan sovg'a bo'ldi" Yangiliklar

Ulug'bek Hoshimov: "Paxtakor"da o'ynab ketishim aniq emas edi, "Neftchi" taklifi esa kutilmagan sovg'a bo'ldi"

"Paxtakor" jamoasini qishki transferlar oynasi vaqtida yana bir futbolchi tark etgani haqida bir necha soat oldin xabar bergan edik.

Jamoaning yosh hujumchisi Ulug'bek Hoshimov "Neftchi"ning Toshkentdagi yig'iniga borib qo'shildi. Biz bu borada uning fikrlari bilan qiziqdik.

"Ha, "Neftchi"ga o'tdim. Sababi, hozirgi kunda "Paxtakor"da o'ynab ketishim 100 foizlik imkoniyatdan 0 foiz edi. To'g'ri, "Paxtakor" ayni paytda yurtimizda va Osiyo qitasida top jamoalardan biri hisoblanadi. Menga bu jamoada to'p tepishim uchun albatta vaqt kerak, deb o'ylayman. 

"Paxtakor"ning Dubaydagi yig'inida ishtirok etib qaytdim. Tajribali hujumchi Igor Sergeev jamoani tark etgach meni xorij yig'iniga olib ketishga qaror qilishdi. Agarda Sergeev klubda qolganida balki, men ular bilan ketmas edim. Klubda qo'limdan kelganicha harakat qildim va imkonim boricha o'zimni ko'rsatdim. Bu narsalar faqat menga bog'liq emas. Klubda rahbariyat, murabbiylar shtabi bor. 

Agar meni o'ynatishmoqchi bo'lishganida "Neftchi"ga sotishmagan bo'lishardi. Qandaydir kamchiligimni ko'rishgan. 

"Neftchi" taklifi men uchun kutilmagan sovg'a bo'ldi, desam yanglishmayman. CHunki, bosh murabbiy Ilhom Mo'minjonovning o'zlari menga qiziqish bildirib avvaldan kuzatib yurgan ekanlar. Maqsadim shu jamoada yaxshi darajada to'p tepib yuqori natijalarga erishish. Barchamiz birgalikda "Neftchi"ni Superligaga qaytarishni istaymiz. 

"Paxtakor"ning ko'p muxlislari bilan to'g'risi aka-ukadek bo'lib qolganmiz. Jamoadan ketish doim qiyin kechadi. Boisi, boshqa muhit, yangi do'stlar davrasiga moslashish oson emas. Lekin, bu - futbol. Unda hamma narsa siz istagandek bo'lmaydi. O'ylaymanki, ular menga muxlislik qilishda davom etishadi. Ishqibozlarning orzusi men kabi yosh futbolchilarni Evropa arenalarida ko'rish. Tabiiyki, biz shu ishlarni uddasidan chiqa olsak, Evropa jamoalarida o'ynasak o'zbekistonlik futbolchilarga qiziqish ortadi. Barchalariga sog'lik va salomatlik tilayman",- deydi Ulug'bek Hoshimov. 

Abdulaziz Iskandarov yozib oldi

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика