So’nggi yangiliklar

22:27АПЛ. "Манчестер Сити" меҳмонда Холанднинг голи эвазига "Брентфорд"ни мағлуб этди  9 22:12Виталий Левченко: "Ўзимизга боғлиқ барчасини максимал даражада бажарамиз"  5 22:00Суперлига. "Нефтчи" – "Андижон" 2:0   0 21:55Эрон Про лигаси. "Истиқлол" меҳмонда "Чадормалу" билан дуранг ўйнади, Ашурматов баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  0 21:22Ла Лига. "Барселона" меҳмонда "Севилья"дан тўртта гол қабул қилиб олди ва мағлубиятга учради  160 21:15Мирко Йеличич: "Уч очкони қўлга киритдик, лекин ўйиндан унчалик мамнун эмасман"  0 21:09"Гёзтепе" — "Истанбул Башакшехир". Таркиблар маълум  9 21:02Максим Шацких: "Футболчилар чарчаб қолгани сезилиб турди"  17 20:59Асрор Алиқулов: "Кўп вазиятлар яратдик, лекин гол уришга келганда муаммога йўлиқдик"  0 20:55Кенжабоевнинг СУПEР голи "Қизилқум"га муҳим ғалабани тақдим этди  4 20:30Раде Петрович: "Ўйинни 60 дақиқа назорат қилиб ғалаба қозондик"  1 19:05Чемпионлик учун кураш авжида. "Нефтчи" ва "Насаф"нинг Суперлигадаги тақвими қандай?  38 18:58"Нефтчи" "водий дербиси"да "Андижон"ни мағлуб этди ва "Насаф" билан орадаги фарқни 2 тагача қисқартирди  66 18:53Суперлига. "Сўғдиёна" меҳмонда "Шўртан"ни кичик ҳисобда мағлуб этди  7 18:31Артём Петросян: "Локомотив" футболчилари Суперлига даражасида. Улар бежиз лига пешқадами эмаслигини кўрсатишди"  1

Ulug'bek Baqoev: "Vahimaga hojat yo'q" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Vahimaga hojat yo'q"

Coca Cola Superliga 12-turidan o'rin olgan "Qizilqum" - "So'g'diyona" uchrashuvidan keyin mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev o'z fikrlarini bildirdi.

"Qiziqarli va hayajonlarga boy o'yin bo'ldi. Stadiondagi xodimlarga va televizor orqali tomosha qilgan muxlislarga o'yin yoqdi deb o'ylayman. SHaxsan o'zimga bahs manzur keldi. Buning uchun futbolchilarimga rahmat aytaman.

Har bir jamoa maydonga chiqishdan oldin raqibini o'rganadi. Kuchli va kuchsiz tomonlarini tahlil qiladi. "Qizilqum"ni ham o'yinini ko'rib chiqqandik. Raqib ham bizni o'rgangani tabiiy. Jasur Hasanovni zaxirada qolishi uning jismoniy holati bilan bog'liq. U to'qqiz kun ichida uchta uchrashuvda maydonga tushdi. Har bir uchrashuvda rotaciyalarni amalga oshirmoqdamiz. Bir qator vaziyatlardan foydalana olmadik. Nima ham derdim bu - futbol. Vahimaga hojat yo'q.

Elyor Orifov qanday jarohat olganini ko'rmay qoldim. Barchasini tibbiy ko'rikdan o'tganidan keyin bilamiz. Umid qilamanki, ikki haftalarda safga qaytadi.

Transferlar oynasi vaqtida jamoani kuchaytirishni istagandik. Lekin, to'g'risi hozir qo'l ostimda ham kuchli futbolchilar jamlangan. SHu tarkibni saqlab qolib yoshlarni jalb qilamiz.

Nima uchun ikkinchi restartdan keyin natijalarimiz pasayib ketdi? Majburiy tanaffusda o'yin ritmini yo'qotib qo'ydik deb o'ylayman. "Nasaf"ga mag'lub bo'ldik, "Bunyodkor" bilan 3:3 durang o'ynadik. O'yidan-o'yinga kuchayib boramiz. Yigitlarga yana bir bor rahmat aytaman", - deydi Ulug'bek Baqoev.



Reyting: -7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика