So’nggi yangiliklar

21:05Суперлига. "Қизилқум" – "Нефтчи" 0:0 (матнли транлсяция)  13 20:55Суперлига. "Навбаҳор" ўз майдонида "Машъал"га жавобсиз 6 та тўп йўллади, Ғуломовда дубль, Жияновда 3 та ассист!  61 20:16Тер Штеген "Барселона"да қолмоқчи  0 19:58Бобир Абдихолиқов "Келажак бунёдкори" медали билан мукофотланди  5 19:35"Милан" "Торино" футболчисини сотиб олади  0 19:29ПроЛига. "Олимпик Мобиуз" - "Олимпик" 2:0 (онлайн ҳисоб)  1 18:51Клопп клублар ўртасидаги ЖЧ форматини жиддий танқид қилди  5 18:32Хаби Алонсо "Ювентус"га қарши ўйин ҳақида: "Уларнинг "Манчестер Сити"га қарши ўйини ҳеч нимани англатмайди"  1 17:45"Милан" 3 футболчини сотиб олмади ва жамоасига қайтариб юборди  0 17:20"Штутгарт" футболчисини 100 млн еврога баҳоламоқда, "Бавария" эса 50 миллионга  0 16:51"Пахтакор" Қаршида сўнгги дақиқаларда иккита гол уриб, мағлубиятдан қутулиб қолган учрашувдан ГАЛЕРЕЯ  4 16:23"Барселона" Месси, Коутиньо, Куман олдидаги қарзларини ёпди  14 15:52"WhoScored" клублар ўртасидаги жаҳон чемпионатининг гуруҳ босқичи рамзий термасини тақдим қилди  16 15:15Факт: "Нефтчи" 17 йилдан буён меҳмонда "Қизилқум"ни юта олмаяпти  3 14:52“Нефтчи” академияси фаолиятини бошламоқда!  3

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" oldiga chempionlik vazifasi qo'yilmagan..." Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "So'g'diyona" oldiga chempionlik vazifasi qo'yilmagan..."

Superliganing 9-turidan o'rin olgan "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" (2:3) uchrashuvidan keyin mehmonlar ustozi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida qatnashdi.





"Bugun ikki xil taym guvohiga aylandik, birinchi taymda gollarga boy bo'ldi, ikkinchi taymda esa buning aksi bo'ldi. Nima uchun bunday bo'lganiga tushunmadim. Balki ob-havo, balki ruhiyat, balki yutqazishdan qo'rqishgandir. Birinchi taymdagi o'yinlar ko'proq bo'lishini xohlayman. "Qo'qon-1912" jamoasiga omad tilayman, bu erda tanishlarim juda ko'p, ularni hurmat qilaman. Bu futbol, kimdir yutadi va kimdir yutqazadi. Baxtiyor Ashurmatov menga ko'p narsa o'rgatgan, shu bois uning jamoasiga keyingi o'yinlarda omad tilayman. Bu mavsumda "Qo'qon-1912" jamoasiga o'z maqsadiga erishishini xohlardim.

Bugun omad tufayli yutdik? Balki shundaydir, lekin futbolchilar ham mehnat qilishdi, yigitlarga rahmat aytaman. Ular o'z ishlarini professional tarzda bajarishmoqda. Nafaqat "So'g'diyona" balki barcha jamoa futbolchilariga rahmat aytaman.

Balki hakam ko'proq vaqt qo'shib berishi mumkin edi, lekin to'g'risi hakamlar aynan nimaga qarab vaqt qo'shishlarini bilmayman.

"So'g'diyona" oldiga chempionlik vazifasi qo'yilmagan, bizning vazifamiz har bir o'yinda g'alaba qozonish. "Ishtaxa ovaqt paytida keladi", menimcha istalgan murabbiy chempion bo'lishni istaydi.

Terma jamoaga 3 nafar futbolchimiz chaqiruv oldi. Ularga omad tilayman. Terma jamoaning kengaytirilgan ro'yxatiga kiritilgani ham katta yutuq. Yurtimizda millionlab insonlar bor va terma jamoaga 30-40 nafar futbolchi chaqiriladi.

Agar OCHLga chiqsak tayyormizmi? Agar xalqaro musobaqaga chiqsak albatta tayyor bo'lamiz. Nafaqat futbolchilar, murabbiylar shtabi va rahbariyat ham tayyor bo'ladi deb umid qilaman", - deydi Ulug'bek Baqoev.

Reyting: +18   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика