So’nggi yangiliklar

14:53"Насаф" – "Навбаҳор" учрашувида пенальти бормиди? Суперлиганинг 12-туридаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  3 14:27"Наполи" Луккани Лукакуга ўринбосар сифатида кўрмоқда  1 13:58Ҳожимат Эркинов: "Машинани акамга совға қилдим, чунки футболга кириб келишимда уларнинг ҳиссалари катта"  2 13:32Бэйл Англия клуби эгаларидан бирига айланиши мумкин  0 13:05Уч нафар ўзбекистонлик футболчи Англия клубида кўрикдан ўтиш учун жўнаб кетди  12 12:39"Реал" Браим Диаснинг келажаги борасида бир қарорга келди  1 12:13Суперлига 13-тур ўйинларига ҳакамлар тайинланди  1 11:54Ўзбекистон Кубоги 1/8 финалида ишлайдиган расмийлар маълум  3 11:33"Атлетико" футболчиси КЖЧ ташкилотчилигидан норози  8 11:05Ямаль ва францияликлар: Европанинг 2025 йилдаги энг креатив футболчилари  3 10:42Неймарнинг келажаги маълум  2 10:10“Ал Ҳилол“ Осимхенга сўнгги даҳшатли таклифни юборди  2 09:43“Арсенал“ Виктор Гёкерешни сотиб ололмаган тақдирда кимни харид қилиши маълум  1 09:16Кайл Уокер АПЛнинг бошқа жамоасига ўтиши мумкин  0 08:50Фатининг кейинги жамоаси деярли аниқ  1

Ulug'bek Baqoev: "Raqib hattoki birinchi liga klubi bo'lsa ham hurmat qilinmasa, natija kelmaydi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "Raqib hattoki birinchi liga klubi bo'lsa ham hurmat qilinmasa, natija kelmaydi"

Superliganing 15-turidan o'rin olgan "Turon" - "So'g'diyona" (1:0) uchrashuvidan so'ng jizzaxliklar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev fikrlarini bildirib o'tdi.

"Turon"ni g'alaba bilan tabriklayman. Ular buni ko'proq istashgani ko'rinib turdi. To'g'ri, bugun chiroyli o'yin ko'rmagandirmiz, lekin yigitlar harakat qilishdi, intilishdi. Biz g'alabaga munosib emasdik. Bu nima bilan bog'liqligini bilmadim. Hozir ortiqcha gapirmoqchi emasman. Raqibga keyingi o'yinlarda omad tilayman.

Jamoa sovrinli o'rinlar uchun kurashar, ekan bosim bo'lishi tabiiy. Har bir turda istalgan jamoa bilan o'yinlarda shunday holat yuz beradi. "Turon" o'z o'yinimizni ko'rsatishimizga yo'l qo'ymadi. Futbolchilarimning mehnatini qadrlayman va minnatdorchilik bildiraman. Raqiblarimizning qaysi o'rinda ketayotganidan qatiy nazar hurmat bilan qarashimiz kerak", – deydi Ulug'bek Baqoev

- Hisobda ortda borayotganda hujumchi o'rniga tayanch yarim himoyachini tushirdingiz. Hujumchining o'rniga shu poziciya vakilini maydonga chiqarib o'yinni kuchaytirish imkoni yo'qmidi?

- Bu bizning taktik sxema. Bugungi o'yinda ish bermagan bo'lsa, keyingi bahsda ish beradi. 

- Bugungi mag'lubiyatda asosiy faktor nima bo'ldi, deb o'ylaysiz?

- Menimcha raqibni keraklicha hurmat qilmadik va shunga yarasha tayyorlanmadik. Har bir jamoani u hatto birinchi liga klubi bo'lsa ham hurmat qilinmasa, natija kelmaydi. 


Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика