So’nggi yangiliklar

00:35"Ювентус" футболчисини "Вердер"га сотди  0 00:20Отабек Шукуров Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ўйинига ташриф буюрди  0 23:5617 йиллик фаолиятдан кейин Сауль "Атлетико"дан кетди  1 23:39Расман: Уго Экитике "Ливерпуль"га ўтди  2 23:14Рэшфорд: "Барселона"ни уйимдек, бу ердагиларни оиламдагидек кўряпман"  2 22:59"Атлетико" "Ал Насср"га ўтиши керак бўлган футболчини 34 миллионга сотиб олади  0 22:34Месси ва Альба бир ўйинга четлатилиши мумкин  0 22:17Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАни кичик ҳисобда мағлуб қилди  6 21:58Ниҳоят, расман: Рэшфорд - "Барселона" футболчиси!  9 21:47Массимилиано Аллегри: "Милан" Европанинг энг яхши жамоасига қарши тенгма-тенг ўйнади"  2 21:11Аббосбек Файзуллаев тиббий кўрикдан муваффақиятли ўтди  12 20:52Рэшфорд "Барселона"да қайси рақамда ўйнаши аниқ  1 20:29"Насаф" назорат ўйинида "Қўқон-1912"дан устун келди  0 19:42"Арсенал" мавсум охирида Артета билан хайрлашади!  7 19:15УЕФА тўхталишлар сони кўпайиши туфайли ВАР ваколатларини кенгайтирмоқчи эмас  1

Ulug'bek Baqoev: "OFK kubogidan so'ng shogirdlarim tiklanishga ulgurmadi, raqib esa har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi" Yangiliklar

Ulug'bek Baqoev: "OFK kubogidan so'ng shogirdlarim tiklanishga ulgurmadi, raqib esa har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi"

Coca-Cola Superligasining 21-turidan o'rin olgan "Nasaf" - "So'g'diyona" (1:1) uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Baqoev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"Guvohi bo'lganingizdek, "Nasaf" o'yinni juda yaxshi boshladi. Bizda esa OFK kubogidagi 120 daqiqalik uchrashuvdan so'ng ayrim futbolchilar tiklanib ulgurishmagandi. Boz ustiga yigitlarning ruhiyatida tushkunlik bor edi. Uch nafar futbolchimiz jarohat oldi. Raqib har tomonlama yaxshi tayyorgarlik ko'rgani bilindi. Ular oxirgi turda "Paxtakor"dan ustun kelgandi. SHunga qaramay, shogirdlarimga minnatdorchilik bildiraman. 

— Hakamlik haqida nima deya olasiz? 

— Hakamning qarorlari haqida takroriy vaziyatlarni ko'rib chiqqach, fikr bildirishim mumkin. CHermelga qizil kartochka ko'rsatilgan vaziyatda unga nisbatan agressev o'yin namoyish etilgandi. Uning boshi qonadi va shifokor yordamiga muhtoj bo'ldi.

- Futbolchilar jismoniy jihatdan yutqazishdimi?

- Etibor bering, oxirgi o'yinda jismoniy jihatdan ham, ruhiy tomonlama ko'p kuch sarfladik. Bu borada tayyorlanish oson bo'lmadi. Bugungi o'yinda ham ikkita majburiy o'zgartirishni amalga oshirdik. 

- Jasur Hasanovga nima bo'ldi? 

- Oyog'ining orqa son qismida muammo bor. Vitaliy Denisovda ham shunday. 

- Kubokda jamoa oldiga maqsad qo'yilganmi?

- Mavsum avvalida jamoa oldiga maksimal vazifalar qo'yilgandi.  Futbolda nimadir o'xshaydi yoki yo'q. Biz imkon boricha harakat qilamiz. CHempionlik uchun 2-3 jamoada imkoniyat mavjud", — dedi jizzaxliklar ustozi.

Reyting: -52   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика