So’nggi yangiliklar

15:09"Монако" бош мураббийи Погба қачон майдонга тушишга тайёр бўлишини айтди  0 14:40"Ювентус" ҳужум чизиғини нигериялик тўпурар билан кучайтирмоқчи  0 14:11"Бургос" билан музокаралардан қочган Очоа Кипр жамоасига ўтди  0 13:42Чемпионлар Лигасига янги тартиб киритилди  1 13:14"Реал" ёки Аргентина? Мастантуоно олдида қийин танлов  2 12:48Дембеле "Олтин тўп"нинг муқобилини қўлга киритди  3 12:16"Бавария" ноябрда 3 асосий ўйинчиси сафга қайтишидан умидвор  0 11:45"Сўғдиёна" 6 йилдан буён Жиззахда ОКМКни ютолмаяпти  3 11:21Про лига. 14-тур учрашувларига ҳакамлар тайинланди  1 10:52"Ливерпуль" Салоҳга ўринбосар сифатида кўраётган футболчисига 100 миллион евро тўлашга тайёр  5 10:44"Сурхон" Наманганда нечта ғалабага эришганини биласизми?   7 10:21Антони Марсьяль фаолиятини Мексикада давом эттиради  2 09:502026 йилги УEФА Суперкубоги қайси стадионда бўлиб ўтиши маълум  0 09:18"Рома"нинг собиқ устози Эронни бошқариши мумкин  23 08:43Sofascore. "Бани Яс" мағлуб бўлди. Мозговой неча баҳо олди?  2

Ulug'bek Bakaev: "Ikkita yarim finalda penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishimiz bizga og'ir tasir o'tkazmoqda" Yangiliklar

Ulug'bek Bakaev: "Ikkita yarim finalda penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishimiz bizga og'ir tasir o'tkazmoqda"

Coca Cola Superligasining 23-turidan o'rin "Qo'qon-1912" - "So'g'diyona" uchrashuvidan so'ng mehmonlar bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev matbuot anjumanida ishtirok etdi.

O'yin haqida

"O'yin ancha jonli ruhda o'tdi. Birinchi taymda ham, ikkinchi taymda ham yaxshi vaziyatlarga ega bo'ldik. Dastlab o'z darvozamizdan to'p o'tkazib yubordik, so'ngra hisobni tenglashtirdik, keyinchalik yana gol urishimiz mumkin edi. Biroq mahorat bizga pand berdi. Barcha yigitlar g'alaba qozonishni xohlagandi. Futbolda sen urmasang, senga urishadi, degan jumla bejizga ishlatilmaydi. O'yin 1:1 hisobida davom etayotganda ikkita yaxshi vaziyatdan foydana olmadik, mezbonlar esa yaratilgan vaziyatdan gol urib, g'alabani o'zlari bilan olib ketishdi. SHunday ekan, "Qo'qon-1912" jamoasini g'alaba bilan tabriklayman.

- "So'g'diyona" mavsumni muvaffaqiyatli boshlagandi, ammo so'nggi o'yinlarda g'alaba qozona olmayapti... 

- Bu erda ko'p faktorlar bor: yigitlardagi ruhiy charchoq, o'zlariga bo'lgan ishonchning yo'qolishi. Ko'p vaziyatlardan foydalana olmaganimiz va ikkita yarim finalda penaltilar seriyasida mag'lub bo'lishimiz bizga og'ir tasir o'tkazdi. Buni murabbiylar shtabi va futbolchilar og'ir qabul qilishdi. O'yinlardan keyin tiklanish qiyin bo'ldi. Uchrashuv bo'yicha mag'lub bo'lsak boshqa gap edi. SHunga qaramay, hayot davom etadi, xatolar ustida ishlaymiz va klub qo'ygan vazifalarni bajarishga harakat qilishda davom etamiz.

Reyting: -16   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика