Uli Xyoness: "Bavariya" tayyor emas"
16 apr 2019 21:16
Yangiliklar


Uli Xyoness: "Bavariya" tayyor emas"
"Bavariya" prezidenti Uli Xyoness jamoasi PSJ hujumchisi Kilian Mbappega qiziqayotgani haqidagi mish-mishlarga to'xtalib o'tdi.
Uning so'zlariga ko'ra, myunxenliklar bir futbolchi uchun katta pul sarflashga tayyor emaslar.
"Men Mbappeni darxol sotiblgan bo'lardim. U o'zgacha o'yinchi. Lekin, bizda u uchun pul yo'q. "Bavariya" bir futbolchi uchun 100 million evrodan ko'p sarflashga tayyor emas. Bu yil emas. Bir necha yil oldin hatto 80 million evroga o'yinchi xarid qilishni tasavvur ham qilolmasdim", - dedi Xyoness.
"Bavariya" allaqachon "Atletiko" himoyachisi Lyuka Ernandesni 80 mln evroga sotiblib ulgurdi. Himoyachi yozda Myunxenga ko'chib o'tadi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar