"Real" sobiq o'yinchisiga qiziqmoqda
03 may 14:23
Yangiliklar


"Real" sobiq o'yinchisiga qiziqmoqda
"Real" "Milan"ning 27 yoshli chap qanot himoyachisi Teo Ernandesga jiddiy qiziqish bildirmoqda.
Franciyalik futbolchi "qaymoqranglilar"ning barcha talablariga javob beradi. U tajribaga ega va Ispaniya chempionatiga oson moslashadi. Bundan tashqari, uning "Milan" bilan shartnomasi 2026 yilning yozida tugaydi, shuning uchun futbolchini maqbul narxda sotib olish mumkin bo'ladi.
Teo Ernandes Madridning "Atletiko" klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2017 yildan 2019 yilgacha "Real"da o'ynagan.
Himoyachi joriy mavsum barcha musobaqalarda 46 ta o'yinda maydonga tushib, beshta gol urdi va oltita golli uzatmani amalga oshirdi. Transfermarkt malumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 40 million evroni tashkil qilmoqda.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar