Ulug'bek Bakaev "Buxoro"dagi faoliyatini davom ettiradimi?
02 may 2025 12:39
Yangiliklar
Ulug'bek Bakaev "Buxoro"dagi faoliyatini davom ettiradimi?
Bu haqda klub matbuot xizmati malum qildi.
"So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevning taqdiri borasida ko'plab xabarlar tarqaldi. "Buxoro" ushbu holat bo'yicha quyidagilarni malum qiladi.
Jamoamizning turnir jadvalidagi hozirgi holati muxlislarimizni xavotirga solayotgani bor gap. Shu o'rinda, chempionatdagi o'yinlar hali oldinda ekanligi va yaqin taqibchilar bilan oradagi farq katta emasligini inobatga olib, jamoamiz rahbariyati Ulug'bek Istamovichga ishonishda davom etadi. Bundan tashqari, klub va murabbiylar shtabi o'rtasidagi munosabatlar ijobiy ko'rinishda ekanligini malum qilamiz.
3 may kuniga belgilangan "Mashal"ga qarshi o'yinda jamoamizni Ulug'bek Bakaev tayyorlamoqda. Vakillarimiz mazkur bahsda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushadi", – deyiladi klub rasmiy munosabatida.
Avvalroq mutaxassis Superliga 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Buxoro" (3:0) bellashuvidan keyin rahbariyatdan istefo so'ragan edi.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Breaking! Бозоров, Алибоев, Рўзиев ва Холмуродов терма жамоадан чақирув олди
Манба: Абдуқодир Ҳусанов — Осиёнинг 2025 йилдаги энг яхши ёш футболчиси!
АПЛ. Дуранглар оқшоми: байрамдан кейин жамоалар ғолиб бўлишни исташмади
Расман: "Челси" ва Энцо Мареска ўзаро келишув асосида ҳамкорликни тўхтатди
Fikrlar