Ulug'bek Bakaev "Buxoro"dagi faoliyatini davom ettiradimi?

Sherzod Nurmatov
2 may 2025, 12:39
"Buxoro" bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaev jamoadagi faoliyatini davom ettiradi.

Bu haqda klub matbuot xizmati ma'lum qildi.

"So'ngi paytlarda ijtimoiy tarmoqlar orqali jamoamiz bosh murabbiyi Ulug'bek Bakaevning taqdiri borasida ko'plab xabarlar tarqaldi. "Buxoro" ushbu holat bo'yicha quyidagilarni ma'lum qiladi.

Jamoamizning turnir jadvalidagi hozirgi holati muxlislarimizni xavotirga solayotgani bor gap. Shu o'rinda, chempionatdagi o'yinlar hali oldinda ekanligi va yaqin taqibchilar bilan oradagi farq katta emasligini inobatga olib, jamoamiz rahbariyati Ulug'bek Istamovichga ishonishda davom etadi. Bundan tashqari, klub va murabbiylar shtabi o'rtasidagi munosabatlar ijobiy ko'rinishda ekanligini ma'lum qilamiz. 

3 may kuniga belgilangan "Mashal"ga qarshi o'yinda jamoamizni Ulug'bek Bakaev tayyorlamoqda. Vakillarimiz mazkur bahsda faqat va faqat g'alaba uchun maydonga tushadi", – deyiladi klub rasmiy munosabatida.

Avvalroq mutaxassis Superliga 7-turidan o'rin olgan "Navbahor" – "Buxoro" (3:0) bellashuvidan keyin rahbariyatdan iste'fo so'ragan edi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: "Бухоро" матбуот хизмати