So’nggi yangiliklar

01:46Бундеслига. Тен Хагсиз қолган "Байер" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  0 01:01Саудия Арабистони. "Насаф"га қарши ўйин олдидан "Ал Аҳли"да дуранг  1 00:33ФИФА 2026 йилдан ўз тақвимида ўзгартиришлар киритади  0 00:15"Милан" учун Аллегри қайси жамоаларни бошқаришни рад қилгани маълум қилинди  1 23:51"Манчестер Сити" Льюис билан шартномани узайтирди  2 23:40Суперлига. "Сўғдиёна" — ОКМК 4:1  0 23:31Антонио Рюдигер 3 ойга сафдан чиқди  4 23:08Футзал. Ўзбекистон термаси Японияга қарши ўйнайди  0 22:51"Бешиктош" Жотани таркибига қўшиб олди  0 22:32Миржалол Қосимов: "Пароканда ўйин намойиш қилдик"  3 22:16Иван Бошкович: "Биринчи бўлимда футболдаги барча жабҳа бўйича рақибдан устун келдик"  9 21:46Люпчо Дориев: "Керакли вақтда голлар урдик"  8 21:27Суперлига. "Навбаҳор" – "Сурхон" ўйинида ҳисоб очилмади  36 21:13Тарихда шу кун. Қосимов "Ливерпуль"ни доғда қолдирганига 30 йил бўлди  5 20:57Мартинелли "Арсенал"даги рақобат ҳақида гапирди  0

Alisher Salimov: "Xoh OKMK bo'lsin, xoh "Nasaf", g'alaba uchun maydonga tushamiz" Yangiliklar

Alisher Salimov: "Xoh OKMK bo'lsin, xoh "Nasaf", g'alaba uchun maydonga tushamiz"

Superliganing 8-turidan o'rin olgan "Bunyodkor" – "Qo'qon-1912" (1:2) uchrashuvidan so'ng mehmonlar himoyachisi Alisher Salimov o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Yaxshi o'yin bo'ldi. To'g'ri, birinchi bo'lib darvozamizdan to'p olib chiqdik, shunga qaramay, bo'shashmadik, g'alabaga ishongandik. Toshkentga 3 ochko ilinjida tashrif buyurgandik va uddaladik.

O'tkazib yuborilgan golda mening ham aybim bor. Maydonda harakat qilgan futbolchida xato uchrashi tabiiy hol. Shunday paytda ruhiy tushkunlikka tushib qolmasligi kerak. Jamoadoshlarimga rahmat, ular goldan keyin dalda berib turishdi. Ularning yordami bilan ruhiy bosimni engib o'tdim. 

Bu yilgi jamoamiz kuchli futbolchilardan tashkil topgan. Maqsadimiz – kamida kuchli beshlikka kirish. Oldinda qiyin o'yinlar kutib turibdi, biroq raqibga qarab o'tirmagan holda har o'yinda g'alaba uchun maydonga tushamiz. Xoh OKMK bo'lsin, hoh "Nasaf", uch ochko uchun harakat qilamiz", dedi 25 yoshli futbolchi.

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика