So’nggi yangiliklar

03:01ОЧЛ. "Шанхай Порт" "Йокогама Маринос"га, "Ал Райян" эса ўз уйида "Ал Аҳли"га имкониятни бой берди  1 02:55ЕЧЛ. Дортмунддаги ўйинда дуранг қайд этилди, "Арсенал" эса кейинги босқич масаласини ҳал қилди  17 02:53ЕЧЛ. "Реал" 1/8 финалнинг дастлабки ўйинида "Атлетико"дан устун келди  96 02:10Отабек Жўрақўзиев: "Футболда ҳамма нарса бўлишини кўрсатиб қўйдик"  6 01:58Педру Морейра "Ал Ҳилол" устидан қозонилган тарихий ғалабадан сўнг нималар деди? (тўлиқ матбуот анжумани)  8 01:41Абдулла Абдуллаев: "Бундай ўйинларда руҳий тайёргарлик биринчи ўринга чиқади"  3 00:59ЕЧЛ. "Астон Вилла" 1/8 финалнинг биринчи ўйинида "Брюгге"ни меҳмонда таслим этди  4 00:52Игорь Сергеев: "Кейинги ўйин борлиги сабаб ҳисобдаги фарқни оширмоқчи эдик"  5 23:18"Реал" Лондон клубидан 70 млн фунтга баҳоланаётган ўйинчига қизиқмоқда  0 22:58Элит ОЧЛ. "Ал Ҳилол" турнирдаги илк мағлубиятини "Пахтакор" майдонида қабул қилиб олди  220 22:28"Ливерпуль" собиқ ўйинчиси Минамино яна 2 йил Францияда қолади  2 21:44Расман: Ўзбек телеканаллари Англия кубогини намойиш этади  26 20:25Антони "Бетис"да яна бир йил қолмоқчи. МЮ вингери Испания клубида 7 ўйинда 3+2 қайд этди  5 20:00Субименди учун АПЛдан яна икки даъвогар чиқди  1 19:54Элит ОЧЛ. "Пахтакор" - "Ал Ҳилол": Асосий таркиблар маълум  26

Ularga nimadir bo'ldimi? Anchadan beri Superligaga qo'yilmayotgan hakamlar Yangiliklar

Ularga nimadir bo'ldimi? Anchadan beri Superligaga qo'yilmayotgan hakamlar

O'zbek futbolida jamoalar, futbolchilar, murabbiylar qatori hakamlar faoliyatini ham kuzatib borishga harakat qilamiz.

Oxirgi paytlarda 12 noyabr kuni O'FAda hakamlar borasida katta yig'ilish bo'lgani bot-bot tilga olinyapti. Yig'ilish bo'lib o'tganidan va uning yopiq kechganidan xabarimiz bor, bu haqda ko'pchilik aytib ham bo'ldi. Lekin aynan nimalar bo'lgani haqida malumot olishga qiynalyapmiz. Bugungi oshkoralik zamonida majlislarning yopiq tarzda o'tishi biroz g'alatidek ko'rinmayaptimi, hatto hokimlar ham bemalol ochiq muloqot qiladigan kunlar kelgan bir paytda. 

Mayli, bu boshqa masala. Bizni qiziqtirayotgan mavzu boshqa. Etibor bergan bo'lsangiz, negadir bazi hakamlar anchadan beri Superligada ko'rinmay qoldi. Ularga nimadir bo'ldimi, mazasi joyidami, test yaxshi chiqmadimi yoki chetlatildimi - bir nima deyish qiyin. CHunki hech kim bu haqda rasmiy malumot berayotgani yo'q. 

Yana bir gapni eshitdikki, 12 noyabrdagi yig'ilishdan so'ng Hakamlar qo'mitasi rahbari Arslon Hotamov o'z lavozimidan bo'shatilibdi. Aslida-ku u kishining qachon tayinlanganidan bexabar qolib ketgandik. O'FA Bekzod Aripov qo'mitaga rahbar bo'lgani haqida xabar chop etgani yodimizda. Lekin shundan so'ng hech narsa yozmadi. Bekzod Aripov ketib, o'rniga Arslon Hotamov kelgani haqida ham lom-mim deyilmadi. Hozir qo'mitani kim boshqaryapti, buni ham bilmaymiz.

Vaqti kelsa albatta bu savol ham o'z javobini topadi. Hozircha o'yinlarga qo'yilmayotgan hakamlarga to'xtalib o'tamiz. Bazi hakamlar anchadan beri Superligada ko'rinmay qolishdi. Bular - SHerzod Qosimov, Jasur Muxtorov, Temur To'xtasinov, Rustam Lutfullin va Asiz Asimov. 


SHerzod Qosimov - oxirgi marta 19-turda ishlagan

SHerzod Qosimov oxirgi marta 19-turdan o'rin olgan "Mashal" - AGMK uchrashuvini boshqargandi. O'sha bahsda AGMK 2:0 hisobida g'alaba qozongan. SHundan beri to'rtta tur o'tdi hamki, Qosimov bironta bellashuvga tayinlangani yo'q. Bu hakam 21-turning "Buxoro" - "So'g'diyona" bahsida ishlashi kerak edi, ammo o'rniga Ahrol Risqullaev tayinlangani yodimizda. O'shanda Hakamlar qo'mitasi rahbari Arslon Hotamovga murojaat qilganimizda, "SHerzod kasal bo'lib qoldi, hammamiz issiq jonmiz" deb javob bergandi.


Jasur Muxtorov - oxirgi marta 20-turda ishlagan

Yosh hakamlardan biri Jasur Muxtorov ham mana uch turdirki o'yinlarga qo'yilmayapti. U oxirgi marta 20-turdan o'rin olgan "Mashal" - "Qo'qon-1912" uchrashuvida ishlagan. Bu bahsda qo'qonliklar 2:1 hisobida g'alaba qozongan. Qiziq, negadir bu hakam ham "Mashal" ishtirokidagi bahsni boshqarganidan so'ng ko'rinmay qoldi.


Temur To'xtasinov - oxirgi marta 20-turda ishlagan

Andijonlik hakam Temur To'xtasinov oxirgi 3 turdan beri tayinlanmadi. Bu hakam Superligada so'nggi bor "Surxon" - "Paxtakor" bellashuvini boshqargan va mazkur bahs "Paxtakor"ning 6:0 hisobdagi g'alabasi bilan yakun topgan.


Rustam Lutfullin - oxirgi marta 17-turda ishlagan

Rustam Lutfullin hali yosh, kallasi ham joyida. U taniqli sobiq hakam Noil Lutfullinning o'g'li. Lekin shu bola 17-turdan beri ko'rinmay qoldi. Rustam oxirgi marta 17-turning AGMK - "Qizilqum" bahsida ishlagan ekan. Esingizda bo'lsa, bu o'yinda "Qizilqum" futbolchisi Erkin Boydullaev chetlatilgan, AGMK esa 2:1 hisobida g'alaba qozongandi. O'yindan keyin "Qizilqum" bosh menejeri Hamidjon Aktamov "Birinchi taymda futbol o'ynadik, ikkinchi taym cirk bo'ldi" degandi.


Aziz Asimov - oxirgi marta 8-turda ishlagan

Aziz Asimov OFK hakamlaridan biri hisoblanadi. U bir necha bor OCHL bahslarini boshqargan. Lekin bu hakam 8-turdan beri o'yinlarga qo'yilmayapti. U oxirgi marta "Nasaf" - "Metallurg" bahsini boshqargan va bunda "Nasaf" 1:0 hisobida zafar quchgan. SHundan beri 15ta tur o'tibdiki, uning birorta bellashuvga qo'yilmagani g'alati.

Reyting: +17   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика