Eshitdik-da! "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvi bosh hakamiga "qizil kartochka" ko'rsatildi
Narzulla Saydullayev
13 avg 2025, 12:01
Superliganing 18-turidan o'rin olgan "Dinamo" - "Paxtakor" uchrashuvida Temur To'xtasinov boshchiligidagi hakamlar brigadasi ishladi.
Championat.asia sayti ma'lumotiga ko'ra, To'xtasinov o'yin davomida "Dinamo" darvozasi tomon penalti belgilamagani uchun past baho olgan va ma'lum muddatga Superligadan chetlatilgan.
Hozircha O'zFHM bu borada rasmiy xabar bergani yo'q.