Ukraina JCH saralashida yutmadi ham, yutqazmadi ham

Mirjalol Normatov
2 sen 2021, 00:14
Ukraina termasi JCH-2022 saralashi doirasida Qozog'iston termasi bilan durang o'ynadi.

Shu orqali ukrainaliklar saralashdagi to'rtinchi o'yinda ham durang o'ynadi. Bunga qadar Fransiya, Finlyandiya va Qozog'istonga qarshi bahslarda 1:1 hisobi qayd etilgandi.

Navbatdagi uchrashuvda Aleksandr Petrakov shogirdlari Fransiyani qabul qiladi. Bahs 4 sentyabr kuni bo'lib o'tadi.

O'xshash yangiliklar


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: championat.asia