Ugo Sanches: "Van Bastenning 3ta "Oltin to'pi"dan bitta yoki ikkitasi meniki bo'lishi kerak edi"
13 jan 2016 14:47
Yangiliklar
Ugo Sanches: "Van Bastenning 3ta "Oltin to'pi"dan bitta yoki ikkitasi meniki bo'lishi kerak edi"
"Real" va Meksika terma jamoasi sobiq hujumchisi Ugo Sanches Marko van Bastenning "Oltin to'pi" unga tegishli ekanligini aytdi.
"Fikrimcha, van Bastenning 3 ta "Oltin to'pi"dan bitta yoki ikkitasi meniki bo'lishi kerak edi, ammo men va Diego Maradona bu sovrinni qo'lga kirita olmas edik" - deydi Sanches.
"Oltin to'p" sovrini 1956 yildan 2009 yilgacha Evropaning eng yaxshi futbolchisiga topshirilgan. Avvaliga evropalik jurnalistlar Evropa klublarida to'p tepadigan evropalik futbolchilarga ovoz berishi kerak edi. 1995 yildan qoidalar o'zgardi va sovrinni Evropa klubida o'ynaydigan har qanday mamlakat futbolchisi olishi mumkin edi. 2010 yildan boshlab "Oltin to'p" va "FIFA yil futbolchisi" sovrini birlashtirildi.
Fikrlar