So’nggi yangiliklar

08:34"Андижон"нинг етакчиларидан бири Москвада операция қилинди   2 08:07“Челси“ ушбу натижага эришган тарихдаги илк жамоа  2 07:41Саудия Пролигасининг энг яхши футболчиси аниқланди  0 07:15Пролига. Бугун Олмалиқда ўйин бор  0 01:55"Челси" "Бетис"ни йирик ҳисобда мағлуб қилиб, Конференциялар лигасида ғолиб чиқди!  41 01:45U21 биринчилиги. "Сўғдиёна" "Бухоро"ни, "Навбаҳор" "Қўқон-1912"ни йирик ҳисобда мағлуб қилди ва бошқа натижалар (ЖАДВАЛ)  4 01:01Килиан Мбаппе "Реал"даги биринчи мавсумини баҳолади  4 23:31Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Францияга қарши ўйин олдидан йиғинларни бошлади  1 22:47“CAFA U-17 Championship 2025”. Ўзбекистон ўсмирлари Эронга қарши фантастик камбэк қайд этиб, финалга йўл олишди!  12 22:24Ямал "Барса" сафида 2031 йилгача ўйнайди! Супер юлдузнинг янги шартномаси ҳақида (мутолаа учун)  10 21:49"Барселона" Рэшфордни ўз таркибига қўшиб олишни истамоқда. Футболчи ҳам рози  2 21:25Лаутаро Мартинес "Барселона"га қарши жароҳат билан ўйнаганини айтиб берди  2 21:02Миллий терма жамоа Жаҳон чемпионати йўлидаги охирги йиғинни бошлади  7 20:42"Ман Юнайтед" Малайзиядаги йиғинда Жануби-Шарқий Осиё юлдузлар жамоасига ютқазди  2 20:20Марадона мухлислари футболчининг ўлимида айбланаётган шифокорга ҳужум қилишди  3

UFF VA PFL ko'magida yangi liga tashkil etilmoqda Yangiliklar

UFF VA PFL ko'magida yangi liga tashkil etilmoqda

O'zini kiberfutbolda sinab ko'rmoqchi bo'lganlar va bu borada o'zini kuchli deb hisoblaydiganlar uchun ajoyib yangilik.

O'zbekiston futbol federaciyasi (UFF) hamda Professional futbol ligasi (PFL) ko'magida kiberfutbol bo'yicha Professional kiberfutbol ligasi (PKFL) tashkil etilmoqda. Bu liga O'zbekiston tarixida yangi formatdagi ilk chempionat bo'lib, PS4 (PlayStation 4) bo'yicha FIFA17 o'yinida 18 yosh va undan katta bo'lgan mamlakatimizning har bir fuqarosi qatnashishi mumkin. Bu turnirda 2 ta liga tashkil etiladi. Oliy liga va birinchi liga.


Bu ligalarda ishtirok etish huquqini qo'lga kiritish uchun saralash bahslarida qatnashish kerak. Saralash ikki bosqichdan iborat bo'ladi: Viloyatlararo va Respublika Grand finali. Viloyatlardagi saralashlarda g'olib bo'lganlar Respublika Grand finaliga yo'l olishadi. Grand finalda kuchli 16 talikka kirgan ishtirokchilar avtomatik ravishda Oliy ligada qatnashish huquqini qo'lga kiritishadi. Kuchli 32 talikka kirgan qolgan 16 ishtirokchi esa birinchi liga ishtirokchisiga aylanadi.

Ushbu turnirga futbol bo'yicha O'zbekiston chempionatida ishtirok etayotgan klublar rahbariyatlarini ham taklif etamiz. Har bir klub bir kiberfutbolchini tanlashi mumkin. O'sha o'yinchi PFKLda jamoa nomidan ishtirok etadi va har bir o'yinni klub formasida o'ynaydi. 




Loyiha UFF va PFL rasmiy qo'llab-quvvatlashi asosida "Virtual Football" kompaniyasi tomonidan tashkil etilmoqda.

Ikkala liga o'yinlari professional futbol kabi 7-8 oy davom etishi va televideniya hamda barcha OAVlarda yoritib borilishi rejalashtirilgan.


Saralash bahslari sentyabr oyida boshlanadi. Oliy liga va birinchi liga o'yinlariga oktyabr oyida start beriladi.

Ushbu loyihadan maqsad O'zbekiston futboli rivojiga hissa qo'shish orqali yoshlarning bo'sh vaqtini maroqli va mazmunli o'tkazishga yordam berish. SHu bilan birga kirebfutbol bo'yicha O'zbekiston bayrog'ini jahon arenalarida baland ko'tarish.


Murojaat uchun telefonlar: +998 71 245-52-92

                                                  +998 94 606-73-33

                                                  +998 90 168-52-91

Musobaqa ucff.uz sayti orqali batafsil yoritilib boriladi.

Reyting: +24   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика