"Ufa"ning uch futbolchisida koronavirus borligi gumon qilinmoqda
12 iyu 2020 15:45
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/580666_original.jpg)
![](/upload/storage/580666_220.jpg)
"Ufa"ning uch futbolchisida koronavirus borligi gumon qilinmoqda
RPLning 27-turi doirasida "Rostov"ga qarshi o'yindan keyin "Ufa"ning kamida 3 futbolchisi koronavirusga chalingan bo'lishi mumkin.
"O'yindan oldin barchaning testi manfiy natija bergandi. Biroq hafta yakunida topshirilgan testlarda musbat natijalar ham bor. Kamida 3 futbolchi koronavirusga chalinganlikda gumon qilinmoqda. Kasallanganlar kutilganidan ham ko'proq bo'lishi mumkin", deb yozadi RKB nashri.
Oldinroq "Ufa" klubi bosh direktori bir futbolchida koronavirus aniqlanganini aytgandi, biroq nom sir tutilgandi. O'sha futbolchi "Rostov"ga qarshi bahsda ishtirok etmaganligi malum qilingandi.
Qayd etish kerak, Oston O'runov harakat qilayotgan "Ufa" bir necha soatlardan keyin Moskvada "Lokomotiv"ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar
22:50
Parij-2024. O'zbekiston - Ispaniya 1:2, SHomurodov tarixiy gol urdi, Nematov penaltini qaytardi 5
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar