"Ufa" Oston O'runov uchun qancha to'laydi?
21 fev 2021 01:11
Yangiliklar


"Ufa" Oston O'runov uchun qancha to'laydi?
Yurtdoshimizning "Spartak"dan "Ufa"ga o'tishi bo'yicha tafsilotlar malum bo'ldi.
"Ufa" "Spartak" yarim himoyachisi Oston O'runovni sotib olish huquqi bilan ijaraga oldi.
Metaratings.ru xabariga ko'ra, "Ufa" futbolchining 11 o'yinlik ijarasi uchun 5,5 million rubl to'laydi. O'runov maydonga tushgan har bir o'yinda (kamida 45 daqiqa o'ynasa) bu miqdor 400 ming rubldan kamayib boradi. Agar o'yinchi jarohat olsa, ushbu shart hisobga o'tmaydi.
O'runovning "Ufa"dagi yillik maoshi 600 ming evroni tashkil qiladi. Bundan tashqari, klub futbolchini 3 million evroga to'liq sotib olish huquqiga ega bo'ladi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar