So’nggi yangiliklar

12:57"Ньюкасл" ҳимоячиси Саудия Арабистони чемпионатига ўтиши мумкин  0 12:29Расман: "Комо" ироқлик иқтидор билан шартнома имзолади  0 12:04"Андижон" янги аъзоси Абинур Нуримбет: "Келажакда Қозоғистон миллий терма жамоаси либосида майдонга тушишни истайман"  2 11:39ПСЖ Франция терма жамоаси дарвозабонига қизиқмоқда  2 11:16Хаби Алонсо Арда Гюлерни "Байер"да кўрмоқчи  2 10:50Лапорта: «Барселона» катта трансферларни амалга оширишга тайёр»  3 10:16«Акрон» Шерзод Эсановни қанчага сотиб олгани маълум  7 09:50Жоау Феликс фаолиятини АПЛда давом эттиради  4 09:47Мўъжиза рўй бермади, аммо ҳали барчаси олдинда. Ўзбекистон – Испания ўйинидан хулосалар  17 09:21Александр Хомяков: «Ёзги йиғинни қандай ўтказганимизни иккинчи давра ўйинлари кўрсатиб беради»  3 08:48«Фулад» Ўткир Юсуповни қанчага сотиб олди?  25 08:20"Футбол бола тилидан" лойиҳаси давом этади. Меҳмонимиз - 12 ёшли Арслан Шакиров  0 07:55Мадрид «отмен». Артём Довбик фаолиятини Италияда давом эттиради  4 07:29Расман. "Бунёдкор" хорватиялик ҳужумчи билан шартнома тузди  3 00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  4

UEFAning yangi prezidenti - CHeferin haqida Yangiliklar

UEFAning yangi prezidenti - CHeferin haqida

UEFAning Afinada bo'lib o'tgan navbatdan tashqari Kongressida tashkilotga yangi rahbar saylandi.

Saylov jarayonida 42ta ovoz olgan Sloveniya futbol associaciyasi (NZS) prezidenti Aleksander CHeferin g'olib chiqdi. 48 yoshli funkcioner asosiy raqobatchisi - Gollandiya futbol federaciyasining 68 yoshli rahbari Mixael van Praag (13ta ovoz)dan yaqqol o'zib ketdi.

Ha, Greciya poytaxtida ko'hna qita futbolining yangi yo'lboshchisi masalasiga oydinlik kiritildi. Aleksander CHeferin UEFAning hisob bo'yicha 7-prezidentidir. Saylovlargacha UEFA rahbari vazifasini vaqtincha bajarib turgan ispaniyalik Anxel Mariya Vilyar ham prezidentlikka o'z nomzodini qo'ygandi. Ammo keyinchalik saylovlarda ishtirok etmaslikka qaror qilib, tegishli hujjatlarini qaytarib oldi.

CHeferin qita futboli tasarrufini o'z qo'liga olish orqali o'z-o'zidan FIFA vice-prezidentiga aylandi. Etiborlisi, Aleksander o'z o'tmishdoshlaridan farqli o'laroq, hattoki, quyi divizion jamoalarida ham futbol o'ynamagan, yoshlik yillarini huquqshunoslik yo'nalishida puxta bilim olish va advokatlik muassasasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritishga bag'ishlagan. Lyublyanalik huquqshunos shuning barobarida professional sportchilar hamda klublar manfaatlarini himoya qilish orqali yuksak nufuzga erishdi. CHeferinning futboldagi faoliyati 2006 yili boshlangan. O'shanda u Sloveniyaning taniqli futzal jamoasi - Litiya bilan hamkorlikni yo'lga qo'ygandi. Uddaburon boshqaruvchi shuningdek, 2006-2011 yillarda poytaxtning Olimpiya futbol klubi rahbariyatidan ham o'rin oldi. 2011 yilga kelib esa, mamlakat futbol associaciyasi prezidenti lavozimiga saylandi. 2015 yilgi saylovlarda yana g'olib chiqib, o'z vakolatini uzaytirdi. CHeferin o'z mamlakati futbol uyushmasida prezidentlik ishidan tashqari, UEFA huquqshunoslik qo'mitasi rahbari o'rinbosari vazifasini ham ado etib kelayotgandi. U shu qisqa faoliyati davomida muayyan natijalarga erishdi. Jumladan, sobiq Yugoslaviya tarkibidan ajralib chiqqan mustaqil davlatlar o'rtasidagi ziddiyatlarga barham berib, ularni yagona g'oya yo'lida birlashtirdi. Natijada shu davlatlar yangi etakchini xuddi o'z kadrlaridek ko'radigan bo'lishdi. Deylik, Afinadagi ovoz berish jarayonida faqat Sloveniya emas, balki Serbiya, Xorvatiya, Bosniya va Gercegovina, CHernogoriya va Makedoniya vakillari ham aynan CHeferinni qo'llab-quvvatlashdi. Bundan tashqari, Albaniya, Turkiya va rossiyaliklar bolqonlik nomzodga ovoz berishdi. Keyinchalik SHarqiy Evropa va Skandinaviya davlatlari vakillari ham sloveniyalik funkcioner tomoniga o'tdilar. CHeferinni shuningdek, yirik futbol mamlakatlari - Germaniya, Franciya va Italiya vakillari yoqlab chiqishdi. Faqat,  Angliya delegaciyasi  Mixael van Praag nomzodini maqul ko'rdi. Meni ajoyib tarzda qo'llab-quvvatlaganingiz uchun katta rahmat, - dedi CHeferin o'z tarafkashlariga qarata. - Bu shaxsan men uchun katta sharaf! SHu bilan birga ulkan masuliyat ham. Ushbu ishonch avvalo, o'zim, qolaversa, oilam uchun o'ta muhim.  Demoqchimanki, oilam ham, mittigina, lekin go'zal Sloveniya ham bu voqelik bilan faxrlanadi! Umid qilamanki, vaqti kelib, barchangiz men bilan chinakamiga faxrlanasiz. Tabiatan jamoaviy o'yinchiman, shoumenlik qonimda yo'q. UEFAni yanada yuksak marralarga olib chiqish yo'lida turli loyihalarni ro'yobga chiqarishga tayyorman. Asosiy rol milliy associaciyalarga tegishli bo'lishini istayman. Kelinglar, qo'lni qo'lga bergan holda, futbolimizni rivojlantiraylik, uni turli xavf-xatarlardan himoya qilaylik!

Aleksander CHeferin kim? UEFAning 60 yillik tarixida ilk marta rahbarlikni o'z qo'liga olgan SHarqiy Evropa vakili. Yangi prezident Lyublyana universitetini tamomlagan. Oilali, 3 nafar farzandning mehribon otasi. Ingliz va italyan tillarini mukammal o'zlashtirgan. UEFA prezidenti lavozimi uchun o'tkazilgan bu galgi saylovlar navbatdan tashqari bo'lgani bois, u 2019 yil martga qadar xalqaro tashkilotga rahbarlik qiladi.

CHeferin nimani istaydi? Saylovlar jarayonidan bir necha kun avval ESPN portali har ikki nomzoddan intervyu olib, Evropa futboli kelajagini qanday tasavvur etishlarini so'ragandi. Yani ularga turli savollar bilan murojaat etish barobarida o'z g'oyalariga ko'ra, o'zgartirishga muhtoj 3ta jihatni sanab o'tishlarini ham iltimos qilgandi. CHeferinning javobi quyidagicha yangradi: Birinchidan, UEFA prezidenti va Ijroiy qo'mita azolari faoliyati muddatiga taalluqli bandlar qayta ko'rib chiqilishini istardim. Har qanday kishining bitta lavozimda 20 yil yoki  bundan ham ko'proq muddatda ish yuritishi tashkilotga katta manfaat keltiradi, deb o'ylamayman. Ikkinchidan, futbol nufuziga katta putur etkazayotgan kelishilgan o'yinlar illatiga barham berishga kuchli etibor qaratmoqchiman. Uchinchidan, yirik turnirlarni qabul qilish uchun zayavka berish tartibi va mezbonni aniqlash tizimiga o'zgarish kiritish lozim, menimcha. SHuningdek, evrokubok musobaqalari final o'yinlarini tashkil etish masalasini ham qayta ko'rib chiqish zarur.Eng muhim shart shuki, bu ishlar to'la-to'kis oshkora va musaffo muhitda amalga oshirilishi lozim. Bundan tashqari, CHeferin o'zining saylovoldi dasturida futboldagi mutanosiblik, muvozanat xususida jon kuydirib gapirgandi: Oldimizda turgan eng muhim vazifa - turli musobaqalarda ishtirokchilar o'rtasida va qita futboli saviyasida mutanosiblik, muvofiqlikni vujudga keltirish! Bu borada tashkilotning har bir azosi, shuningdek, boshqa manfaatdor tomonlar nuqtai-nazarini inobatga olib ish tutmog'imiz shart!

Yangi prezidentdan nimalarni kutish mumkin? Ijroqo'm azosi lavozimi uchun ajratilgan muddatni ko'rib chiqish - muhim masalalardan biridir. Lekin CHeferindan undanda muhimroq muammolarga echim topish talab etiladi. Sir emaski, butun yoz davomida qitaning top-klublari o'ziga xos super-liga tashkil etish niyatida ekanliklari xususidagi gap-so'zlar rosa qaynadi. Hattoki,  yangi musobaqaning bosh homiysi sifatida Xitoyning eng badavlat kishilaridan biri Van Czyanlin tilga olindi. Avgustda esa ECHLga doir islohotlar elon qilindi va unga ko'ra, etakchi chempionatlarga ko'proq o'rin ajratilishi malum bo'ldi. Bu o'zgarishlar ko'pchilikning noroziligiga olib keldi - go'yoki, ushbu islohot badavlat va qashshoq klublar o'rtasidagi tafovutni yanada oshirib, oxir-oqibat, UEFAning parchalanishiga olib kelar ekan. Darvoqe, bu yangilikka Mishel Platinining  o'z lavozimidan chetlatilishi oqibatida UEFA boshqaruvida yuzaga kelgan bo'shliq davrida qo'l urildi. SHu bois, CHeferinning ayni masala xususidagi fikr-mulohazalari ko'pchilikni qiziqtirishi tabiiy. Sloveniya vakili ESPN muxbiriga bergan intervyusida ana shu dolzarb mavzuga ham malum darajada oydinlik kiritdi. Ha, CHeferin ECHLdagi yangi islohotlarga qarshi. CHunki u kichik davlatlar haq-huquqlarini poymol qilishi aniq. SHaxsiy fikrimcha, ECHLning amaldagi tizimi eng adolatlisi edi. Biroq o'zgarishlar masalasida qaror qabul qilib bo'lindi. Endi ortga yo'l yo'q. Oldin ko'raylikchi, yangi tizim qanday natijalar taqdim etadi? Keyin shunga qarab, obdon bosh qotiramiz. Keyin - 2019 yil. Ammo o'sha vaqtda ham CHeferin UEFA taxtida qoladimi-yo'q - bunisi malum emas.

Darvoqe, yana super-liga mavzusi. Umid qilamanki, ECHLning yangi formati super-liga g'oyasini yanchib tashlaydi - bu CHeferinning javobi. Etakchi ligalar va superklublar chindan ham, shunchalik qudratlimi? Nahotki, musobaqalarni qay tarzda tashkil etishni ularning o'zlari hal qilsalar? Nahang-klublar doimo ko'proq daromad olishga intiladilar, bunga erishish uchun turli o'zgarishlarni o'ylab topadilar. Biroq Evropa futbolidagi muvozanatga putur etkazmaslik lozim. Maqsadim bitta, biz shunday echim topaylikki, undan barcha birdek minnatdor bo'lsin! - dedi Aleksander.

Xullas, UEFA yangi prezidentining shiori - SHaffoflik, meyordan chiqib ketmaslik, ehtiyotkorlik va mutanosiblik. To'g'ri, bejiz Platini maslakdoshlaridan biri sifatida etirof etilmayotgan CHeferinga yangi lavozimda oson bo'lmasligi tayin. CHunki u kichik klublar va endigina oyoqqa turayotgan zaif chempionatlarni qudratli nahanglar xurujidan himoya qilishi shart. Lekin shu bilan birga o'z nafsini qondirish uchun hech kimni ayab o'tirmaydigan o'sha nahanglarni mazali taomlar bilan etarli miqdorda taminlab turish ham uning bosh vazifasidir. Bu esa tabiiyki, o'ta mushkul masala... Nima bo'lgan taqdirda ham, Aleksander CHeferinga yangi ishida samara va omad tilash maqsadga mufoviq.

UEFAning BARCHA PREZIDENTLARI

1. Ebbe SHVARC (Daniya) - 1954-1962 yillar

2. Gustav Viderker (SHveycariya) - 1962-1972 yillar

3. Armelio Franki (Italiya) -  1972-1983 yillar

4. Jak Jorj (Franciya) -  1983-1990 yillar

5. Lennart Yuxansson (SHveciya) -  1990-2007 yillar

6. Mishel Platini (Franciya) -  2007-2015 yillar

7. Aleksander CHeferin (Sloveniya) - 2016-...

S. RAHMONOV tayyorladi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика